A. Y. Pentin Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash Tabiiy yo‘nalishdagi fan



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/53
Sana20.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#828632
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
Bog'liq
“Xalqaro-tadqiqotlarda-o‘quvchilarning-tabiiy-fanlar-bo‘yicha-savodxonligini-baholash”-nomli-metodik-qo‘llanma

Mazkur savol o‘quvchlarning ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasini 
baholashga qaratilgan.
2-savol
Quyidagi ma’lumotlarga qanchalik darajada qiziqasiz?
Har bir qatorda faqat bitta katakni belgilang.
Juda qiziq
Qiziq 
Unchalik
qiziq emas
Qiziq 
emas
a)
O‘simliklarni genetik 
modifikatsiyalash jarayoni haqida 
bilish
1
2
3
4
b)
Gerbitsidlar ba’zi o‘simliklarga ta’sir 
ko‘rsata olmasligining sabablarini 
bilish
1
2
3
4
c)
O‘simliklarning chetdan 
changlanishi va ularni genetik 
modifikatsiyalash o‘rtasidagi farqni 
yaxshiroq tushunish
1
2
3
4
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan munosabati, ya’ni fanga 
qiziqishini aniqlashga qaratilgan.


– 61 –
O
g‘iz bo‘shlig‘ida yashovchi bakteriyalar 
tishlar kariyesining sababchisi sanaladi. 
XVIII asrdan boshlab shakarqamishdan 
shakar ishlab chiqarish ko‘lami ortishi bilan kariyes 
muam moga aylandi. 
Hozirgi kunda kariyes haqida ko‘p narsa bilamiz, 
masalan:

kariyesning sababchisi bo‘lgan bakteriyalar shakar bilan oziqlanadi;

shakar kislotaga aylanadi;

kislota tishlarning ustki qavatini zararlaydi;

tishlarni tozalash kariyesning oldini oladi.
1-savol
Tishlar kariyesida bakteriyalar qanday ahamiyatga ega?
A Bakteriyalar emal ishlab chiqaradi
B Bakteriyalar shakar ishlab chiqaradi
C Bakteriyalar minerallar ishlab chiqaradi
D Bakteriyalar kislota ishlab chiqaradi
Baholash mezoni 
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar topshiriq matnini diqqat bilan o‘qib 
tushunishlari zarur. Matnda keltirilgan ma’lumotlarni talqin qilish orqali to‘g‘ri javobni to-
pish mumkin bo‘ladi: kariyesning sababchisi bo‘lgan bakteriyalar shakar bilan oziqlanadi, 
shakar kislotaga aylanadi, kislota tishlarning ustki qavatini zararlaydi. Demak, bakteriyalar 
shakar bilan oziqlanib, kislota ishlab chiqaradi.
2.10.
TISHLAR KARIYESI
1-shakar
2-kislotа
3-emal tarkibiga kiradigan
minerallar
bakteriyalar
tishlar


– 62 –
Agar o‘quvchilar “D Bakteriyalar kislota ishlab chiqaradi” javob 
variantini belgilashsa, to‘liq qabul qilinadi (1 ball). Boshqa javoblar 
belgilansa yoki javob yo‘q bo‘lsa, qabul qilinmaydi (0 ball). 
Mazkur savol o‘quvchilarning ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin
qilish kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
2-savol
Quyidagi grafikda turli mamlakatlarda shakar iste’mol 
qilinishi va kariyeslar soni ko‘rsatilgan. Har bir mamlakat 
grafikda nuqta bilan ifodalangan.
Grafikda kel tirilgan ma’ lu motlar
quyi dagi jum la larning qaysi birini 
tasdiq laydi?
A Ba’zi mamlakatlarning aholisi boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda tishlarini ko‘proq 
tozalashadi
B Odamlar qanchalik ko‘p shakar iste’mol qilishsa, ularda kariyes bo‘lish ehtimolligi ortadi
C Oxirgi yillarda ko‘pgina mamlakatlarda kariyes bilan kasallanganlik darajasi ortgan
D Oxirgi yillarda ko‘pgina mamlakatlarda shakar iste’mol qilish ortgan
Baholash mezoni 
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar grafikda keltirilgan ma’lumotlarni talqin 
qila olishlari kerak: shakar iste’mol qilish ortishi bilan tishlarning kariyes bilan kasallanish 
ko‘rsatkichi ortib boradi.
Agar o‘quvchilar “B Odamlar qanchalik ko‘p shakar iste’mol qilishsa, ularda kariyes bo‘li-
sh ehtimolligi ortadi” javob variantini belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball), javob 
yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompe-
tensiyasini baholashga qaratilgan. 
Tu
rli
m
am
la
ka
tlar
da
b
ir n
af
ar
o
dam
hiso
bid
a ka
riyes b
ila
n ka
sa
lla
ng
an 
tish
la
rn
in
g o ‘
rt
ach
a so
ni
Shakar iste’mol qilishning o‘rtacha miqdori (kuniga bir nafar 
odamga gramm hisobida)


– 63 –
3-savol
Qaysidir mamlakatda bir nafar odamga to‘g‘ri keladigan kariyes bi-
lan kasallangan tishlarning o‘rtacha soni ancha yuqoridir.
Ushbu mamlakatda tishlar kariyesi bilan bog‘liq muammoga quy-
ida keltirilgan savollarga ilmiy tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan javob topish 
mumkinmi?
Har bir savol uchun “Ha” yoki “Yo‘q”ni aylanaga oling. 

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish