To‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
►
1900-yildan 1910-yilgacha CO
2
miqdori taxminan ortib borgan, bu vaqtda tempera-
tura pasayib borgan;
►
1980-yildan 1983-yilgacha karbonat angidrid gazining miqdori kamayib borgan,
temperatura esa ko‘tarilgan;
►
1980-yillarda temperatura deyarli o‘zgarmagan, birinchi grafikdagi ko‘rsatkichlar esa
ortgan;
►
1950- va 1980-yillar oralig‘ida temperatura ko‘tarilmagan, havoga chiqarilgan CO
2
miqdori esa ortib borgan;
►
1940-yildan 1975-yilgacha temperatura deyarli o‘zgarmagan, havoga chiqarilgan
CO
2
ning miqdori esa keskin ortgan;
►
1940-yilda temperatura 1920-yildagiga nisbatan ancha yuqori, ammo havoga chiqa-
rilgan karbonat angidrid gazining miqdori esa bir xil bo‘lgan.
Agar javobda yillar to‘g‘ri keltirilsa-yu, ammo izoh berilmagan bo‘lsa, javob qisman qabul
qilinadi. Bunday javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
►
1930-1933;
►
1910-yilgacha.
Birgina yil yozilib (vaqt oralig‘i emas), to‘g‘ri izoh berilgan bo‘lsa, javob qisman qabul qili-
nadi (1 ball). Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:
►
1980-yilda havoga chiqarilgan chiqindilar miqdori kamaygan, temperatura esa orta
boshlagan.
– 53 –
Anvarning xulosasini tasdiqlamaydigan javob berilgan, vaqt oralig‘i noto‘g‘ri ko‘rsatilgan
bo‘lsa, javob qisman qabul qilinadi. Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:
►
1950-yildan 1960-yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida temperatura pasayib borgan, havo-
ga chiqarilgan karbonat angidrid miqdori ortgan.
Ikkita egri chiziq o‘rtasidagi farqli jihatlar ko‘rsatilgan, ammo vaqt oralig‘i tilga olinmagan
bo‘lsa, javob qisman qabul qilinadi. Bunday javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
►
havoga chiqarilgan CO
2
ning miqdori kamayib borgan bir vaqtda temperatura ko‘ta-
rilgan;
►
avvallari chiqindilar kam chiqarilsa-da, ajralib chiqsa-da, temperatura yuqori bo‘lgan;
►
boshlanishida temperatura ancha yuqori bo‘lsa-da, havoga chiqarilayotgan karbonat
angidrid gazining miqdori nihoyatda kam bo‘lgan.
Grafiklardagi farqlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ammo izohlar yetarli bo‘lmasa, javob qisman qa-
bul qilinadi.
Javobda grafikning notekis ekanligi qayd etilgan, ammo aniq fikr bo‘lmasa, javob qabul
qilinmaydi. Bunday javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
►
u biroz yuqoriga va pastga ketadi;
►
u 1930-yilda biroz pasaygan.
Noaniq vaqt oralig‘i yoki hech qanday izohlarsiz biror yil ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki javob yo‘q
bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi. Bunday javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
►
o‘rtalarida;
►
1910.
Mazkur savol orqali o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
kompetensiyasi baholanadi.
3-savol
Anvar Yer atmosferasi o‘rtacha temperaturasining ko‘tarilishi at-
mosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi miqdorining or-
tishiga bog‘liq, degan xulosada qat’iy turib oldi. Valida esa Anvar
shoshib xulosa chiqargan, deb hisoblaydi. Valida: «Yakuniy xulosa
chiqarishdan avval issiqxona samarasiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa
omillar o‘zgarishsiz qolganiga ishonch hosil qilish kerak», – deydi.
Valida nazarda tutayotgan omillardan birini yozing.
____________________________________________________________________
________________________________________________________________
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar yuqorida keltirilgan har ikkala grafikda
ifodalangan ma’lumotlarni talqin qilishlari, ularni o‘zaro taqqoslashlari zarur. Ular karbonat
angidrid gazining atmosferaga chiqarilishi bilan Yer atmosferasi o‘rtacha temperaturasining
ko‘tarilishi aks etgan grafiklardagi bir-biridan farq qiladigan qismlarni anglashlari kerak, bu
esa Yer atmosferasi o‘rtacha temperaturasining ko‘tarilishi har doim ham atmosferaga chiqa-
rilayotgan karbonat angidrid gazi miqdoriga bog‘liq bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
– 54 –
Do'stlaringiz bilan baham: |