A. Y. Pentin Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash Tabiiy yo‘nalishdagi fan



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/53
Sana20.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#828632
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
“Xalqaro-tadqiqotlarda-o‘quvchilarning-tabiiy-fanlar-bo‘yicha-savodxonligini-baholash”-nomli-metodik-qo‘llanma

“Issiqxona samarasi” matnni o‘qing va savolga 
javob bering. 
Grafiklar Anvarning xulosasini qay tarzda tasdiqlaydi?
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
Baholash mezoni 
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar karbonat angidrid gazining atmosferaga 
chiqarilishi va Yer atmosferasi o‘rtacha temperaturasi aks etgan grafiklardagi ma’lumotlar-
ni talqin qilishlari, ularni o‘zaro taqqoslashlari talab etiladi. Umuman olganda, grafiklarni 
o‘zaro taqqoslab, karbonat angidrid gazining atmosferaga chiqarilishi hamda Yer atmosfera-
sining o‘rtacha temperaturasi ko‘tarilishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rishimiz mumkin.
Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida atmosfera (o‘rtacha) temperaturasining ko‘tarilishi unga 
chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi miqdorining ortishiga bog‘liqligini qayd etishgan 
bo‘lsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball). 
To‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

atmosferaga chiqindilar chiqarilishining ortishi tufayli temperaturaning ko‘tarilishi;

chunki 1910-yildan boshlab har ikkala grafik ko‘rsatkichlari orta boshlagan;

CO
2
miqdori ortishi bilan temperatura ko‘tarilib borgan;

grafikdagi chiziqlar bir vaqtning o‘zida yuqoriga ko‘tariladi;

CO
2
havoga qanchalik ko‘p miqdorda ajralib chiqsa, temperatura shunchalik ortadi;

havoga ajralib chiqayotgan CO
2
miqdori Yer atmosferasining o‘rtacha temperatura-
siga to‘g‘ri proporsional.
Agar o‘quvchilarnig javoblarida faqatgina atmosfera (o‘rtacha) temperaturasining ko‘ta-
rilishi yoki ajralib chiqayotgan karbonat angidrid gazi miqdorining ortishi aytilgan bo‘lsa, 
javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Noto‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

temperaturaning ortib ketishi; 

CO
2
miqdorining ortib ketishi;

grafikda temperaturaning sezilarli darajada ortishini ko‘rish mumkin; 

Yerda temperatura ko‘tarilishining asosiy sababi karbonat angidrid sanaladi.
Shuningdek, javobda karbonat angidrid gazi miqdorining ortishi bilan atmosfera tempera-
turasining ko‘tarilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq ifodalanmagan bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi.

Yer temperaturasi ko‘tarilishining asosiy sababi karbonat angidrid gazi sanaladi.
Boshqa noto‘g‘ri javoblar yoki javob yo‘q bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi.
Mazkur savol o‘quvchilarning ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish 
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.


– 52 –
2-savol
Valida ismli o‘quvchi Anvarning xulosasini 
ma’ qullamadi. U ikkita grafikni o‘zaro taqqoslab, 
grafiklarning ba’zi qismlari Anvarning xulosasini 
tasdiqlamasligini aytdi.
Grafiklarning qaysi qismlari Anvarning xu-
losasini tasdiqlamaydi?
 
Misol keltiring va javobingizni izohlang.
_____________________________________________________________
______________________________________________________________
Baholash mezoni 
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar yuqorida keltirilgan har ikkala grafikda 
ifodalangan ma’lumotlarni talqin qilishlari, ularni o‘zaro taqqoslashlari talab etiladi. Ular 
karbonat angidrid gazining atmosferaga chiqarilishi bilan Yer atmosferasi o‘rtacha tempe-
raturasining ko‘tarilishi aks etgan grafiklardagi bir-biridan farq qiladigan qismlarni aniqlay 
olishlari kerak. Aynan shu qismlar Anvarning xulosasini tasdiqlamaydigan faktlardir.
Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida har ikkala grafikning bir xil qismlari bir paytda yuqoriga 
ko‘tarilmasligi yoki pastga tushmasligini qayd etishsa va tegishli izohlar berishsa, javob to‘liq 
qabul qilinadi (2 ball). 

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish