Suv havzalarining ifloslanish sabablari va asosiy sanoat sohalari.
Reja:
Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar.
Chuchuk suv muammosi.
Suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish. Ifloslangan suvlarni tozalash usullari.
O‘rta Osiyoda va O‘zbekistonda suv resurslaridan foydalanish.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Suv tabiatda keng tarqalgan bebaxo boylik bo‘lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik xujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo‘lgan va evolyusion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko‘p xujayrali organizmlar kelib chiqqan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashay olmaydi, chunki undagi to‘qimalarning asosiy qismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan kishilarning organizmida gavda og‘irligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilarda va keksalarda bu ko‘rsatkich biroz pastroq bo‘ladi. Odam tanasidagi suvning 70% xujayra protoplazmasini, 23% to‘qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa kon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bip yula 10% ga kamayishi odamni og‘ir axvolga solib qo‘yadi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini xalok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko‘pdir. U, masalan, meduzada gavda og‘irligining 99,7% ni tashkil qiladi.
Mana shu ma’lumotlapniig uzigina «suv-hayot manbaidir» degan iboraning qanchalik xaqqoniyligini ko‘rsatib turibdi. Odam organizmi o‘z hayotiy jarayonlarini amalga oshirishi uchun sutkasida o‘rtacha 2,5 l. suvni qabul qiladi va uni o‘z to‘qimalaridan o‘tkazib, chiqarib yuboradi. Jumladan, 400 m litr suv nafas chiqarish jarayonida suv bug‘i holatida chiqariladi. Organizmdagi ko‘proq suv (1,5 litrga yaqin) siydik va xojat bilan chiqariladi, qolgani ter bezlari orqali chiqariladi.
Odam va hayvon organizm bir qism suvni endogen yo‘l bilan o‘zi ishlab chiqaradi. Masalan, organizmdagi 100g. yog‘ning parchalanishida 107 ml, 100g. uglevod parchalanishda esa 55 ml suv ajraladi. Qurg‘oqchilik sharoitiga moslashgan hayvonlarning suvsizlikka chidab yashay olishi ana shu endogen suvlarning ajralishiga asoslangan. Shuning uchun ham sahrodagi hayvonlar - tuya, yumronqoziq, ko`rsichqonlar uzoq muddat suv ichmasdan yashay oladi, avstraliya sichqonlari esa umr bo‘yi suv ichmasdan endogen suv hisobida yashaydi.
Tirik organizmlarda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar suvning ishtirokida suyuqlik muhitida kechadi. Chunonchi, qabul qilingan ozuqa mahsulotlari xamda kislorodning parchalanishi va ularning to‘qimalarga yetkazib berilishi hamda to‘qimalarda hosil bo‘lgan chiqindilarning tashqi muhitga chiqarib tashlanishi kabi murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlar suv yordamida amalga oshadi.
Yerda hayotning asosi yashil o‘simliklarda kechadigan fotosintez jarayonidir. Bu jarayonda suv asosiy xomashyo vazifasini o‘taydi Fotosintezda quyosh nuri ta’sirida suv vodorod va kislorodga ajraladi. Ajralgan kislorod erkin molekula holda tabiatga chiqariladi, vodorod esa karbonat angidrid bilan birikib, katta ichki energiya zahiraga ega bo‘lgan organik birikmalarni hosil qiladi. Shu asnoda tirik mavjudotlar uchun oziqlanish va nafas olish sharoiti yaratiladi.
Chuchuk suv tanqisligining asosiy sababi qishloq xo‘jaligida, sanoat va turmushda suv sarfining o‘sib borayotganligidagina emas. balkim shu bilan bir vaqtda ochiq suv havzalariga tashlanayotgan sanoat va turmush oqava suvlari miqdorining tobora ko‘payib borayotganligidadir, ya’ni suvlarning tobora ko‘p ifloslanayotganligidadir.
Suvning ifloslanish darajasi ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda yuqori bo‘lib, ba’zi joylarda suvlarni tozalash masalasi chinakam «milliy masala»ga aylanib bormoqda. Germaniyada oqava suvlarning yarmidan ko‘pi, AQSH da esa uchdan bir qismi to‘liq tozalanmay daryo va ko‘llarga quyiladi. Yaponiya, Angliya, Gollandiya, Belgiya va Frantsiyaning ko‘pgina tumanlarida, shuningdek, Skandinaviya mamlakatlarida ham daryo va ko‘llar suvi yuqori darajada ifloslangan. Eng iflos daryolardan biri Yevropaning yirik suv arteriyasi hisoblangan Reyn daryosidir. Bu daryo bo‘yida joylashgan sanoat korxonalarining oqava suvlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryoga tushadi. Bu suvlar miqdori yiliga taxminan 60 mln. m. kubni tashkil qiladi. Shuning uchun bu daryoda baliq ham yashay olmaydi, cho‘milish esa qat’iyan taqiqlab qo‘yilgan. Shunday fikrni Missisipi daryosi haqida ham aytish mumkin. Bir paytlar zilol suv oqqan bu daryo hozirgi vaqtda «Amerikaning oqova suvlari zovuri»ga aylanib qolgan. Suvi o‘ta ifloslangan daryolarning umumiy uzunligi Angliyada 1,5 ming km, AQSH hududida esa 2 ming km.dan ziyod. Vashington yaqinidan oqib o‘tadigan Potomak daryosi tubida yotgan iflos cho‘kindilar qatlamining qalinligi 3 metrdan ortiq.
Chuchuk suv tabiatdagi biologik jarayonlarning asosini tashkil qilibgina kolmay, undan xalq xo‘jaligining turli sohalarida, kishilariing kundalik turmushida keng foydalaniladi. Sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi v a kommunal sohalarni suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Zamonaviy korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga sarflanayotgan suv miqdori ishlab chiqarilayotgan mahsulot og‘irligiga nisbatan yuzlab va minglab marta ko‘pdir. Masalan, 1 tonna po‘lat ishlab chiqarishga 250 tonna suv ishlatiladi, qog‘oz ishlab chiqarish ham taxminan shuncha suvni talab qiladi, 1 tonna alyuminiy ishlab chiqarish uchun 1500 tonna, 1 tonna nikelga 4000 tonna, 1 tonna sintetik tolaga 5000 tonna suv sarflanadi. Sanoat da ishlatiladigan suv asosan texnologik uskunalarni sovutishga ketadi. Atom elektrostansiyasida ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun reaktorlarni sovutishga 3 mln. litr suv sarflanadi.
Dehqonchilik mahsulotlari etishtirish ayniqsa ko‘p miqdorda chuchuk suvni talab qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda turli xildagi o‘simliklar 1 kg. quruq massa hosil qilish uchun 150-1000 m3. gacha suv sarflaydi; 1 tonna bug‘doy olish uchun 1500 tonna, 1 tonna sholiga 8000-10000 tonna, 1 tonna paxtaga esa 10000 tonnagacha suv sarflanadi.
Yer sharida sug‘oriladigan yerlar maydoni 220 mln. gektar bo‘lib, har bir gektarni sug‘orishga yilida o‘rtacha 12-14 ming. m. kub suv sarflanadi. Masalan, 1 gektar makkajo‘xori uchun vegetatsiya davomida 3 mln. litr suv sarflanadi, 1 gektar karamga 8 mln litr, 1 gektar sholiga esa 20 mln. litrgacha suv sarflanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda erlarning sho‘rini yuvishda ham anchagina suv sarflanadi. Hisoblarga ko‘ra dunyo dehqonchiligi uchun suvning yillik sarfi o‘rtacha 2,8 ming km.kub bo‘lib, bu suv daryolardan va yer ostidan olinadi. Bu ko‘rsatkich Yer sharidagi daryolar yillik oqimining 7% dan ortiqdir.
Chuchuk suv zahiralardan kommunal maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Dunyo miqyosida olib qaraladigan bo‘lsa, bu maqsadlarda sutkasiga odam boshiga 220-230 litr suv sarflanadi, shundan 5% eb-ichishga, qolgani yuvish va yuvinish ishlariga sarf bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich markazlashgan suv quvurlari bilan ta’minlagan shaharlarda (280 litr) qishloq joylariga (50-60 litr) qaraganda ancha yuqori bo‘ladi.
Aholining kundalik turmushi uchun suv sarfi dunyoning rivojlangan kapitalistik mamlakatlarida nisbatan ko‘p. Bu borada AQSH yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu mamlakatda jami aholining 99% markaziy quvurlar suvidan bahramand qilingan bo‘lib, sutkalik suv sarfi shaharlarda jon boshiga 330 litr, qishloqda esa 250 litrni tashkil qiladi.
Xalq xo‘jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto‘xtov o‘sishi chuchuk suv zahiralaridan tobora ko‘proq foydalanishni taqozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda nafaqat yer usti chuchuk suvlari, balkim yer osti suv zahiralari ham ko‘plab shplatilmoqda. Bu zahiralar ba’zi mamlakatlarda ularning hosil bo‘lishiga qaraganda tezroq sarflanayapti. Masalan, AQSH da yer osti suv zahiralarining miqdori 1910 yilda 490 km. kub bo‘lgan bo‘lsa, 1959 yilda 62 km.kubga tushib qoldi. Bu mamlakatning Kaliforniya, Arizona va Texas shtatlarida yer osti suvlarining zahirasi hozirgi kunda qariyb tugadi. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Avstriya va Daniyada aholining suvga bo‘lgan extiyoji to‘liq ravishda, Gollandiyada extiyojning 80% va Germaniyada uning 40% yer osti suvlari hisobiga qondirilmoqda.
Hisoblarga ko`ra chuchuk suv zahiralaridan foydalanish bo‘yicha oldingi o‘rinda qishloq xo`jaligi (66%), undan keyin sanoat va energetika (27%), oxirgi o‘rinda aholining kommunal extiyojlari (7%) turadi.
Dunyo miqyosida sanoat ishlab chiqarishi va energetikaga yilida 1000 km. kub suv sarflanadi. Issiqlik va atom elektr stansiyalarining agregatlarini sovutishda ham juda ko‘p suv ketadi. Masalan, quvvati 2,5 mln. kvt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi agregatlarini sovutish uchun Dnepr daryosi o‘rta qismining yoz faslidagi o‘rtacha suv miqdori (90-100 m. kub/sek.) ga teng suv sarflanadi. Xolbuki dunyoda bunga o‘xshash yuzlab elektr stansiyalari to‘la quvvat bilan ishlamoqda. Sayyoramiz aholisining kundalik turmush extiyojlariga sutkasida 7 mln. tonna suv sarflanmoqda.
Shunday qilib, xalq xo‘jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto‘xtov o‘sib borishi bilan ularga sarflanadigan suv miqdori ham ko‘paymoqda. Buning ustiga daryolar bo‘yidagi o‘rmon va to‘qayzorlarning yo‘qotilishi, o‘tloq va botqoqlarning quritib o‘zlashtirilishi bilan daryolarning suv saqlash qobiliyati pasayib ketdi. Buning oqibatida, bir tomondan, ularning suvi tez oqib o‘tib dengiz va okeanlarga quyilayapti va nihoyat, yalang‘och sohillardan suvning havoga bug‘lanishi tezlashayapti, Shuning uchun ham, garchi quruqlikdagi suv zahiralari tabiatda aylanib turishi tufayli to‘xtovsiz tiklanib tursada, hozirgi kunda ba’zi joylarda chuchuk suv tanqisligi keskinlashib bormoqda. Chunki bu joylarda suvning sarflanish tezligi tiklanish tezligidan jadallab ketdi. Bu hol ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Yevropaning qator rivojlangan mamlakatlarida, jumladan Angliya, Germaniya, Fransiya, AQSH va Kanadada sanoat va turmush extiyojlari uchun toza suv etishmay qolayotir. Ba’zi joylarda chuchuk suv xatto eksport predmetiga aylandi. Masalan, Gonkkong chuchuk suvni quvurlar orqali Xitoydan oladi. Jazoyir mamlakati ham tashib keltiriladigan suv hisobiga kun kechirmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon Bankining ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda Yer shari aholisining 40% joylashgan 80 ta mamlakatda ichimlik suvining tanqisligi sezilmoqda. Ayniqsa 1 mlrd. aholini qamrab olgan rivojlanayotgan mamlakatlarda kishilar toza ichimlik suvi etishmasligidan jiddiy qiynalmoqdalar. Bu mamlakatlarda yetarlicha tozalanmagan suvni iste’mol qilish oqibatida turli kasalliklarga chalinib, har yili taxminai 10 mln kishi hayotdan ko‘z yumadi.
Bunday tashvishli signallar jahon jamoatchiligini xushyorlikka undaydi, kishilar tasavvurida «bitmas-tuganmas» bo‘lib ko‘ringan chuchuk suv zahiralarining hisob-kitobi borligidan, unga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘lish, ularni isrof qilish va ifloslash global masshtabda suv tanqisligini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogoh qiladi.
Hozirgi kunda okean va dengizlar suvining ifloslanishi ham oshib bormoqda. Chunki ularga daryo suvi bilan oqib kelib tushayotgan turli xildagi tuzlar, og‘ir metallar va radioktiv moddalar miqdori ko‘payib bormoqda. Bundan tashqari okean va dengizlarning bag‘rida zaharli moddalarning ko‘mib tashlanishi, suv tagida yadro qurollarining portlatilishi, suvga neft va neft mahsulotlari to‘qilishi ham gidrosferani jiddiy ifloslamoqda. Masalan, bundan 60 yil ilgari Boltiq dengizi ostita 7 ming tonna mishyak mustaxkam konteynerlarga solinib ko‘mib tashlangan edi. Xolbuki miqdori uncha ko‘p bo‘lmagan bu mishyak butun dunyo aholisini zaharlashga etadi. Hozirgi kunda konteynerlar devori zaiflashib, ichidagi zaharli moddaning suvga chiqish xavfi bor.
Okean va dengiz suvlarining neft mahsulotlari bilan ifloslanish ko‘lami ham katta. Hisoblarga ko‘ra 1 l.benzin 100 litr suvni, 2 litr neft 200 ming litr suvni ifloslaydi. Suvga to‘qilgan 1 tonna neft 12 km/kv maydon suvining ustida plyonka hosil qiladi. Xolbuki okeanlar suviga har yili o‘rtacha 10 mln. tonna neft va neft mahsulotlari to‘qiladi. Buning ko‘p qismi turli sabablarga ko‘ra xalokatga uchragan tankerlarga to‘g‘ri keladi. 1968 yilda Angliya va Fransiya oralig‘ida xalokatga uchragan birgina «Torri-kanon» tankeridan okean suviga 119 ming tonna neft quyildi. Buning oqibatida 500 km/kv maydon suvining usti 20 mm qalinlikdagi plyonka bilan qoplandi.
1969 yilda Kaliforniyaning Santa-Barbara shahri yaqinida dengiz tubida qazilayotgan skvajina avariyaga uchragan va undan ikki xafta davomida sutkasiga 100 ming litr neft otilib chiqib dengiz suviga qo‘shilgan. Bu va bunga o‘xshash holatlar dengiz va okeanlarda ba’zan sodir bo‘lib turadi. Bu esa ularda yashovchi ko‘pgina hayvonlarning yoppasiga zaharlanishiga va qirilib ketishga olib keladi. Ma’lumotlarga qaraganda dengiz va okeanlarning Angliyaga tutash qirg‘oqlarida yilida 250 ming atrofida suv kushlari nobud bo‘ladi, okean suvlarining ifloslanishi oqibatida har yili Antarktida suvlarida minglab pingvinlar va tyulenlar xalok bo‘ladi.
Okeanlar suvining ayniqsa radioaktiv moddalar bilan ifloslanish yomon oqibatlarga olib keladi. 1954 yilda AQSH tomonidan Tinch okeanida sinab ko‘rilgan vodorod bombasining portlatilishi 25,6 ming km/kv maydondagi suvni va undagi barcha tirik organizmlarni nurlantirdi. Eng yomoni nurlangan baliqlarning uzoq rayonlarga suzib ketishi va ovqatlanish zanjiri orqali bu kasallikning boshqa hayvonlar va inson organizmiga o‘tishidir.
Ichki suv havzalarshing ifloslanishiga, asosan, sanoatdan va aholining maishiy turmushidan chiqayotgan oqova suvlarning yetarlicha tozalanmasdan daryo va ko‘llarga tashlanishi sabab bo‘lmoqda. Keyingi 30 yil mobaynida kishilar tabiatdan insoniyat tarixi davomida olganidan ko‘ra uch baravar ko‘p boyliklarni olib o‘zlashtirdi va shunga muvofiq chiqindilar miqdori ham keskin ko‘payib ketdi. Dunyo miqyosida yiliga aholi jon boshiga 1 tonnadan ko‘proq chiqindi to‘g‘ri keladi va bu chiqindining bir qismi suvga tushadi. Dunyo aholisining uchdan ikki qismi daryo va ko‘llar yaqinida, qolgani esa dengizlar yaqinida yashamoqda. Tabiiy-ki, ular o‘z turmushidan chiqqan oqova suvlarni qisman tozalab, yaqin masofadagi tabiiy suvlarga tashlaydilar.
Hozirgi kunda kishilar 8-9 mln. turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarshnni o‘zlashtirganlar. Bular orasida tabiatda uzoq vaqt parchalanmaydigan kimyoviy zaharlar, radioaktiv moddalar va plastmassa mahsulotlari bor-ki, ular butun biosferani va shu jumladan gidrosferani ifloslovchi jiddiy maibalardan bo‘lib qolmoqdalar. Kundalik turmushdan chiqadigan oqova suvlardagi chiqindilar tarkibi bir-biriga o‘xshash bo‘ladi va ularni tozalash birmuncha oson. Lekin sanoat oqovalarining chiqindilar tarkibi juda xilma-xil bo‘lib, ularni tozalash ancha qimmatga tushadigan murakkab jarayondir. Sanoatdan chiqadigan oqova suvlar miqdori ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ko‘p. AQSH sanoati 50 km.kub, Germaniya sanoati esa 10 km.kub oqova suv chiqaradi. Bu miqdordagi oqovani tozalab ulgurish mushkul ish, shuning uchun ham, aytib o‘tilganidek, AQSHda jami oqova suvlarning uchdan bir qismi, Germaniyada esa yarmidan ko‘pi ifloslangan holicha suv havzasiga tashlanadi.
Keyingi yillarda ko‘llar suvida antropogen evtrofikatsiyasi hodisasi keng tarqalmoqda. Bu hodisaning mohiyati shundaki, bunda kundalik turmushdan chiqqan oqova suvlardagi biogen moddalar, ayniqsa azot va fosfor birikmalari kam xarakat kul suvlariga tushib to‘planadi va undagi gidrokimyoviy hamda gidrobiologik rejimni buzadi. Oqibatda suv tarkibida ko‘k-yashil suv o‘tlari ko‘payib, kislorod kamaya boradi. Chunki, kislorodning ko‘p qismi bakteriyalar tomonidan organik qoldiqlarni parchalashga, ya’ni suv utlarining chirishiga sarflanadi. Suvda chirindining miqdori ko‘payib, oksidlanish-tiklanish jarayoni buziladi va anaerob holat vujudga keladi. Bunda suvning rangi buzilib ko‘karadi va qo‘lansa xidga ega bo‘ladi, chunki unda olitingugurt, ammiak, fenol, indol, skotol kabi zaharli moddalar to‘planadi. Bunday suvlar foydalanishga yaroqsiz bo‘lib, ularda xatto baliq xam yashay olmaydi.
Suvlarning termal ifloslanishi ham uni yaroksiz holga keltiradi. Termal ifloslanishni elektr stansiyalarida agregatlarni sovutishga ishlatilgan suvlar keltirib chiqaradi. Bunday suvlarda harorat sovutish uchun olingan suvnikidan 8-12° yuqori bo‘ladi. Iliq suvlarining oqmas havzaga tashlanishi evtrofikatsiya jarayonini odatdagidan ko‘ra tezlashtiradi. Shunga ko‘ra suvlarning termal ifloslanishi ayniqsa energetika sohasi rivojlangan mamlakatlarda ko‘proq uchraydi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra suvlarning ifloslanishi oqibatida aholi o‘rtasida kelib chiqayotgan yuqumli kasalliklar miqdor va sifat jihatidan tobora ko‘payib bormoqda. Tibbiy statistika tasdiqlashicha odamlarda sodir bo‘layotgan jami kasalliklarning 30% ichimlik suvining sifati yomonligidan kelib chiqmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 80% gachani tashkil qiladi. BMT va Jahon banki bergan ma’lumotlarga ko‘ra sifatsiz suvni iste’mol qilish oqibatida Sayyoramizda yilida 50 mln. kishi suv iflosligidan kasallanadi va uning beshdan bir qismi hayotdan ko‘z yumadi. Bunday noxush jarayonning oldini olish, uning rivojlanishga yul bermaslik maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2003 yilni jahonda «Chuchuk suv yili» deb e’lon qildi. Hozirgi vaqtda Yer yuzida ishlab chiqilayotgan elektr energiyasining 23% gidroelektrostansiyalar xissasiga to‘g‘ri keladi. Suv resurslarining turli mintaqalarda turlicha joylashishiga ko‘ra qurg‘oqchil mamlakatlarda energetikaning bu sohasi rivojlanmagan. Rossiyada 20% dan ko‘proq elektr quvvati GES larda olinadi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 8,5-13 % (4,0 - 6,5 mlrd. KVt/s).
Gidroenergetika - energetika sohasida nisbatan ekologik xavfsiz va toza hisoblanadi. Ammo bu sohaning ham ekologik vaziyatga ta’siri sezilarli darajada. Gidroelektrostansiyaning turbinalarini xarakatga keltiruvchi kuch - bu suv oqimidir. Uzluksiz suv oqimini tashkil qilish esa suv omborlari ko‘rish va ularda suv to‘plashni taqozo qiladi.
Suv omborlarining tabiiy muhitga ta’siri nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |