А. Туркманов. “Бухгалтерия ҳисoби” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 249 бет. Ғоя муаллифи: иқтисод фанлари доктори, профессор Б. Ю. Ходиев


Qo’shilgan qiymat solig’ini hisobi



Download 9,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/206
Sana04.06.2022
Hajmi9,94 Mb.
#636240
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206
Bog'liq
УУМ Маъруза машғулоти- Бухгалтерия ҳисоби (барча-2017-18)

 
3. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisobi. 
Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish 
jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini byudjet 
daromadiga olib qo’yishning bir shaklidir. 
Soliq to’lovchilar mukchilikning barcha shakllariga kiruvchi mustaqil balans va hisob-kitob 
schyotiga ega, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan korxonalar, tashkilotlar va ularning 
mustaqil bo’linmalaridir. 
Qo’shilgan qiymat solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo’yicha 
aniqlanadi: 
Sqqs = SТob *SS100 
bunda:
Sqqs - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; 


161 
SТob - soliqqa tortiladigan oborot; 
SS - qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi. Тovar (ish, xizmat)lar qo’shilgan qiymat solig’ini o’z 
ichiga olgan narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
Sqqs = Тqx SS(SS+100) 
bunda:
Тq - qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovar (ish, xizmat)lar qiymati. 
Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovar (ish, xizmat)larni sotadigan korxonalar erkin 
(shartnomaviy) narx va tarifga qo’shilg’an qiymat solig’i summasini qo’shmaydilar. 
20 foizlik mikdorlardagi stavkalar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan tovarlarni 
ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar tovarlarning sotilishi va ularga doir soliqlar summasi 
yuzasidan qo’llaniladigan stavkalar bo’yicha alohida hisobni yuritishi va hisob-kitob hujjatlarida soliq 
summalarini tovarlar turlari bo’yicha qo’llaniladigan stavkalarga qarab ko’rsatishi lozim. 
Misol: Korxona mol yetkazib beruvchilarga materiallar sotib olgani uchun qo’shilgan qiymat 
solig’ini 1700 ming so’m qiymatida to’ladi, bu avval 4410-"Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari" 
schyotida aks ettiriladi, hisobot davri oxirida ushbu summa 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha 
qarzdorlik" schyotining debetida ko’rsatiladi. 
Bu qiymatga quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: 
material sotib olinganidagi QQS summasi - 1700 ming so’m: 
D-t 4410-"Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari" - 1700 ming so’m; 
K-t 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" - 1700 ming so’m; 
hisobot davri oxirida QQS summasi 6410-schyot debetiga o’tkazildi - 1700 ming so’m: 
D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" - 1700 ming so’m; 
K-t 4410-"Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari" - 1700 ming so’m. 
Bu materiallardan shu oyda tayyor mahsulot ishlab chiqarildi: Uning qiymati - 30000 ming so’m; 
SHu jumladan qo’shilgan qiymat solig’i: 30000 x 20% : 100 = 6000 ming so’m; 
QQS bilan birga umumiy daromad 36000 so’mni tashkil etdi. Bunda quyidagi provodkalar 
beriladi: 
Sotilgan mahsulot qiymatiga: 
D-t 4010-"Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" - 30000 ming so’m. 
K-t 9010-"Realizatsiya" schyoti - 30000 ming so’m; 
Qo’shilgan qiymat solig’iga: 
D-t 4010-"Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti - 6000 ming so’m; 
K-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyoti - 6000 ming so’m. 
SHu oyda byudjetga to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’ini aniqlash uchun xaridorlardan 
olingan qo’shilgan qiymat solig’i va mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan qo’shilgan qiymat 
solig’i, ya’ni 6410-schyotning krediti bi lan debeti solishtirilib aniqlanadi. 
Byudjetga to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’i quyidagicha hisoblanadi: 6000-1700= 4300 
ming so’m. 
Bu soliq byudjetga o’tkazilganda: 
D-t 6410-"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" schyoti - 4300 ming so’m; 
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti - 4300 ming so’m. 
Тovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (paxta tolasi va lint bundan mustasno) 
oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi. Bunda qo’shilgan qiymat solig’i «0» 
stavkasi bilan solinadi va ishlab chiqarishga ketgan moddiy resurslar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i 
summasi hisobga olinadi. 
Byudjetta to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasini aniqlashda tovarlar (shplar, xizmatlar) oluvchi 
haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan) qo’shilgan qiymat 
solig’ining summasini hisobga olish xuquqiga ega, agar mazkur tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) soliq 
solinadigan oborotlar, shu jumladan nol darajali stavka qo’llaniladigan oborotlar maqsadlarida foydalanilsa, 
shuningdek soliq to’lovchining o’z ehtiyojlari uchun foydalanilsa. 
Agar korxona qo’shilgan qiymat solig’idan ozod etilgan faoliyat bilan birgaliqsa soliq solinadigan 
faoliyat ham yuritayotgan bo’lsa, ushbu faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar va uning natijalari hisob-kitobini 
alohida olib borishlari lozim. 


162 
Agar korxona yetkazib berilishi qo’pshlgan qiymat solig’i ham solinadigan, xdm solinmaydigan bir 
turdagi mahsulot shplab chiqaradigan bo’lsa, bunda xarajatlar taq-simlanishi oborotning umumiy summasidagi 
soliq solinadigan oborotning salmoqli hissasi bilan aniqlanadi. 
M i s o l. Hisobot davri uchun korxona QQSsiz 200 ming so’m summadagi oborotga ega. 200 ming 
so’mdan soliq solinadigan oborot 170 ming so’mga teng. 
Soliq solinmaydigan (ozod etilgan) oborot 30 ming so’m. 
Oborotning umumiy summasidagi soliq solinadigan oborotning salmoqli hissasi 85%ni (170 000 : 200 
000 x 100) tashkil qiladi. 
Agar mazkur hisobot davrida olingan schyot-fakturalar bo’yicha QQS summasi 35 000 so’mni tashkil 
etgan bo’lsa, bunda bu summaning faqat 85%i hisobga olinadi, yani 29 750 so’m (35 000 x 85 : 100). 
Тo’langan soliqning 5 250 (35 000 - 29 750) so’mlik qolgan summasi ishlab chiqarish xarajatlariga 
o’tkaziladi. 
Хom ashyo va materiallar oluvchi korxonalar yetkazib beruvchilarga ularning qiymati bilan birga QQSni 
to’lay-dilar. Yetkazib beruvchi tushum summasidan ushbu soliqni byudjetga o’tkazadi 
(olingan materiallar 
bo’yicha QQS hisob-kitobi tartibi 9-bob «Moddiy boyliklar, foydalanishda-gi inventar va xo’jalik jihozlari hisobshda 
aks etti-rilgan).
Byudjetga to’lanadigan qo’shilgan qiymat solig’i sotilgan tovarlar (bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan 
xizmatlar) uchun hisoblangan qo’shilgan qiymat solig’i summa-lari va olingan schyot-fakturalarga muvofiq 
yetkazib beruvchilarga to’lanadigan yoki to’langan soliq summalari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 
Aytaylik, korxona hisobot davrida yetkazib beruvchilarga 1,7 ming so’m miqdorida QQS to’ladi, bu esa 
4410-«Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (turlari bo’yicha)» schyoti debetida aks 
ettiriladi. 
Hisobot oyida 30 000 ming so’mlik mahsulot sotiddi. QQS summasi 30 000 ming so’m x 20 : 100 = 6 
000 ming so’mga teng. Umumiy aylanma QQS bilan birga 36 000 ming so’mni tashkil etadi. 
Тushum kelib tushganda quyidagi yozuv bilan qayd etiladi: 
Debet 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadi-gan schyotlar» - 36 000 ming so’m 
Kredit 9010-«Тayyor mahsulotlarni sotishdan daromad-lar» - 30 000 ming so’m 
Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» - 6 000 ming so’m; 
Mazkur hisobot davrida mol yetkazib beruvchilarga to’langan QQSni hisobdan chiqarish: 
Debet 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» - 1 700 ming so’m 
Kredit 4410-«Byudjetta soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar (turlari bo’yicha)» - 1 700 ming 
so’m. 
Byudjetga to’lanadigan QKS 6410-schyotning krediti va debeti o’rtasidagi farq sifatida hisoblanadi: 
6 000 - 1 700 = 4 300 ming so’m 
Тo’langan paytda ana shu summaga quyidagicha yozuv qayd etiladi: 
Debet 6410-«Byudjetta go’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» - 4 300 ming so’m 
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»- 4 300 ming so’m. 

Download 9,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish