A toshmatov, sh sh. Magzumova



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

Davolash
maxsus zahmga qarshi dori vositalari, shuningdek, penitsillin 
bilan o‘tkaziladi. Penitsillinning kursli miqdori — 10000000 ED. Biyoxinol 
(vismuta preparati) mushak ichiga 2 ml.dan kunora yoki 3 ml.dan har 3 
kunda yuboriladi. Preparat qabul qilinishidan oldin qizdirilib, chayqatiladi. 
Bitta davolash kursiga — 50 ml. to ‘g‘ri keladi. N ovarsenol aynan 
yuborilishidan oldin tayyorlanadi, vena ichiga juda sekin jo'natiladi, dori 
miqdori asta-sekin oshirib boriladi: 0,15 dan 0,6 g gacha (erkaklar uchun) 
va 0,45 g (ayollar uchun). Bitta kursga — 4,5 — 5 g dori moddasi to ‘g‘ri 
keladi. Vismut preparatlari tayinlanganda og‘iz bo‘shlig‘i holatini nazorat 
qilish lozim, chunki bunda stom atitlar rivojlanishi mumkin. Buyraklarda 
kuzatilishi mumkin bo'lgan ehtim oliy asoratlar munosabati bilan siydik 
takroriy tekshirilib turiladi.
Maxsus davolashdan tashqari, bir vaqtning o ‘zida umumquwatlovchi 
davolash o ‘tkaziladi.
Progressiv falajlik zahm bilan kasallanish ko‘rsatkichlarining keskin 
pasayishi va faol davolash tadbirlari joriy etilishi munosabati bilan bu
93


kasallik hozirda kam uchraydi. Kasallik ancha kech — zahm yuqtirilganidan 
10-15 yil o ‘tib, rivojlanadi. Agar bosh miya zahm kasalligida qon tomirlar 
va bosh miya pardalari birlamchi zararlansa, progressiv falajlikda asosan 
bosh miya parenximasi birlamchi zararlanadi. Kasallik klinikasida bosh 
miya pardalari va qon tomirlarida yallig'lanish jarayonlari kuzatilsa-da, 
asab to'qimalarining (hujayra va tolalar) degenerativ, atrofik o'zgarishlari 
oldingi o ‘ringa chiqadi. Progressiv falajlik ko‘pincha erkaklarda kuzatilib, 
u bilan, odatda, 40-50 yoshlardagi kishilar kasallanadi. Kasallik- 
ning kelib chiqishida moyillik yaratuvchi omillar: surunkali alkogol 
intoksikatsiyasi, infeksiyalar, bosh miya travmalari katta o ‘rin tutadi. 
Ko'pincha zahm kasalligidan davolanishdan qochib yuigan yoki oxirigacha 
davolanmagan shaxslar kasallanadi.
Progressiv falajlikning klinik belgilari o'ziga xos xususiyatlarga ega. 
Ruhiy faoliyatning u yoki bu buzilishlari ustunlik qilishiga qarab, kasallik- 
ning 4 ta shakli ajratiladi: oddiy (dement), maniakal (ekspansiv), depressiv 
va ajitirlangan. Barcha shakllari uchun umumiy belgi, bu — ruhiyatning 
progressiyalanuvchi parchalanishi, o ‘sib boruvchi aqli zaiflikdir.
Progressiv falajlik kechishida 3ta bosqich ajratiladi. Birinchi — 
nevrastenik (nevrozsimon) bosqich uchun o ‘ta toliquvchanlik, mehnatga 
qiziqishning pasayib borishi, o'sib boruvchi holsizlik, uyqu buzilishlari, 
bosh og'riqlari xos. Shu bosqichning o'zida maxsus shaxs o ‘zgarishlari 
paydo b o ‘ladi. Bem orlar o'zlarini to ‘xtatolmaydigan, sinik, m aqtan- 
choq, pala-partish bo‘lib qoladilar. T o‘g‘ri tashxis qo'yish uchun qon 
va likvomi tahlili, musbat Argayl-Roberson sindromi, pay reflekslarining 
oshishi (ikkala tom onda) ni aniqlash yordam beradi.
Avj olish davrida shaxs o ‘zgarishlari o ‘sib boradi, u yoki bu produktiv 
psixopatologik simptomatika kuzatiladi; boshqa tarafdan, organik aqli 
zaiflik belgilari to ‘xtovsiz o ‘sib boradi.
Oddiy (dement)
shaklida atrofdagilaiga butun qiziqishlaming yo'qolishi, 
faoliyatsizlik, beg‘amlik, tanqidning yo‘qolishi kuzatiladi. Oldingi o'ringa 
total demensiyaning yaqqol klinikasi chiqadi.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish