A team of politicians


Европа интеграциясининг асосий йўналишлари ва босқичлари



Download 0,8 Mb.
bet94/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

93. Европа интеграциясининг асосий йўналишлари ва босқичлари.

  1. Европа интеграциясининг асосий йўналишлари ва босқичлари.

G‘arb davlatlarining iqtisodiy sohada birlashish jarayoni G‘arbning XX asr ikkinchi yarmidan keyingi taraqqiyotining yana bir o‘ziga xos xusu- siyati edi. Urushdan keyingi ahvol Yevropa davlatlarini iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etishga undadi. 1951-yilda Yevropaning olti davlati (Bel- giya, Italiya, Luksemburg, Gollandiya, GFR va Fransiya) ko‘mir va po‘lat bo‘yicha Yevropa uyushmasini tuzdilar. 1957-yilda esa u «Yevropa iqtisodiy hamjamiyati»ga aylantirildi. (U «Umumiy bozor» deb ham ataladi.) 1993-yilMaastrixt shartnomasi bilan Yevropa hamjamiyati (Yevropa Ittifoqi) deb atala boshladi. 1957-yilda imzolangan Rim shartnomasiga ko‘ra, bu olti davlat o‘zaro savdoda boj to‘siqlarini tugatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yagona bozorini vujudga keltirishga qaror qildilar. 1973—1995-yillar oralig‘ida Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973), Yunoniston (1981); Portugaliya va Ispaniya(1986); Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya (1995); 2004-yilda Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya, 2007-yilda Bolgariya va Ruminiya ushbu hamjamiyatga a’zo bo‘lib kirdilar. Yevropa Ittifoqi a’zolarining soni 2007-yilda 27 taga yetdi. Bu davlatlarda 500 mln ga yaqin kishilar yashaydi. Norvegiyada bu masalada 2 marta umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi, lekin u hali Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lganicha yo‘q. Nomzodlar: Makedoniya, Xorvatiya. 1990-yildan boshlab sarmoya, tovar va ishchi kuchlarining YEIH doirasida erkin harakat qilishiga xalaqit qiluvchi barcha to‘siqlar olib tashlandi. 1993- yilda Yevropani birlashtirish yo‘lida yana bir katta qadam qo‘yildi. Shu yilning dekabr oyida Gollandiyaning Maastrixtshahrida YEIH ning 12 a’zosi yagona Yevropani vujudga keltirish to‘g‘risida shartnomalar imzoladilar.
Shartnomalar quyidagi 3 guruhdan iborat edi:
— Yevropaning yagona pulini (Yevro) joriy etish;
— Yevropa siyosiy ittifoqini shakllantirish;
— Yevropa Komissiyasini tasdiqlash.
Yevropa siyosiy ittifoqi kengashi dastlabki bosqichda G‘arbiy Yevropa
davlatlarining tashqi va mudofaa siyosati masalalarini muvofiqlashtirishga,
bu sohalarda yagona yo‘nalish asoslarini ishlab chiqishga, kelgusida esa yagona
tashqi va harbiy siyosat yuritishiga xizmat qilishi ko‘zda tutildi. Hozirda raisi
N. Sarkozi. Yevropa Komissiyasi YEH a’zolari bo‘lgan davlatlarning sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohasidagi siyosatlarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi muassasa vazifasini o‘tashi lozim edi. YEH a’zolari bo‘lgan davlatlar hukumatlari bu sohalar bo‘yicha vakolatlarini Yevropa Komissiyasiga topshirishi belgilab qo‘yildi. To‘g‘ri, barcha shartnomalar ham amalda ularning yaratuvchilari o‘ylagan darajada bajarilayotgani yo‘q. Biroq, eng asosiysi, yagona Yevropani bunyod etish borasida tarixiy ishlar amalga oshirildi. 1999-yilning dekabr oyida YEHning a’zolari (ularning soni 15 ta) qurolli kuchlarni tuzish haqida qaror qabul qildilar. Uning vazifasi — harbiy inqirozlar yuz bergan hududlarda tinchlikni saqlashdan iborat, deb belgilandi.Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 2002-yil 1-yanvardan yangi pul birligi — «yevro» muomalaga kiritildi. Yevropa Ittifoqining asosini sobiq Yevropa iqtisodiy uyushmasi, Yevratom, Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (2002- yildan o‘z faoliyatini to‘xtatdi) tashkilotlari tashkil etadi. 2007-yil Lissabon bitimiga ko‘ra, murakkab tizim tugatiladi va xalqaro huquq subyekti bo‘lgan Yevropa Ittifoqi yagona statusga ega bo‘ladi. Shuningdek, 2007-yilda Yevropa liderlari Fransiya, Italiya va Ispaniya yangi O‘rtayer dengizi ittifoqi tashkiloti tuzilganligini e’lon qildilar.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish