A team of politicians


partiyasi hokimiyatga keldi. Uning rahbari Zulfiqor Ali Bxutto bosh



Download 0,8 Mb.
bet96/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2


partiyasi hokimiyatga keldi. Uning rahbari Zulfiqor Ali Bxutto bosh
vazir lavozimini egalladi. Yangi hukumat harbiy holatni bekor qildi.
Sanoatning yetakchi tarmoqlarini, bank va sug‘urta kompaniyalarini milliylashtirdi

95. Корея масаласи ва халқаро муносабатлар.

  1. Корея масаласи ва халқаро муносабатлар.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Koreyaning shi-
molini SSSR, janubini esa AQSH armiyasi ishg‘ol
etdi. Germaniya bo‘linganidak, bu yerda ham bir davlat ikkiga bo‘lindi va
ikki hukumat tuzildi. 1949-yilda SSSR va AQSH Koreyadan o‘z armiyalarini
olib chiqib ketdilar. 1950-yilning 25-iyunida Shimoliy Koreya armiyasi
chegarani buzib o‘tdi va Janubiy Koreyaga hujum qildi. AQSH ushbu masa-
laning BMT da muhokama etilishiga erishdi. BMT Shimoliy Koreyani
agressor deb tan oldi va unga qarshi urush harakatlari boshlashga ruxsat etdi.
Xalqaro kuchlar 15-sentabrda Koreya yarimoroliga tashlandi va ular
Shimoliy Koreya armiyasi harakatini to‘xtatdi hamda Janubiy Koreya
hududidan surib chiqardi. Oktabr oyi oxiriga kelib esa AQSH harbiy kuchlari
Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrini egalladi. Shundan so‘ng Xitoy
Xalq Respublikasi o‘z harbiy kuchlarini Shimoliy Koreyaga yordamga yubordi.
SSSR ning ham Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq-ravshan bo‘lib
qoldi. Shundan so‘nggina AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi urush harakatlarini
to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 1953-yilda yarash bitimi imzolandi. Unga ko‘ra,
har ikki koreys davlati chegarasi urushgacha bo‘lgan holatida (38-parallel
kenglikda) tiklandi. Shu tariqa Koreya yarimorolida urush to‘xtadi. Biroq
mamlakat ikkiga bo‘linganicha qoldi. Shimoliy Koreya SSSR bilan, Janubiy
Koreya esa AQSH bilan yaqin munosabat o‘rnatdi.

96. Бандунг ва Белград конференциялари. Қўшилмаслик ҳаракати.

  1. Бандунг ва Белград конференциялари. Қўшилмаслик ҳаракати.

Shakllanayotgan qo’shilmaslik harakatining paydo bo’lishidagi muxim qadamlardan biri 1955 yil apreldagi Bandungda bo’lib o’tgan Osiyo va Afrika mamlakatlarining konferensiyasiga qo’yildi. Bandung konferensiyasi – yangi vujudga kelayotgan xalqaro kuch sifatida maydonga chiqdiki, uning tarkibida mustamlakachilik va yarim mustamlakachilik zulmidan ozod bo’lgan davlatlarning mutloqo ko’pchiligi kirdi. Umuman olganda to Bandung konferensiyasigacha mustaqillikni endigina qo’lga kiritgan Osiyoning ayrim davlatlari raxbarlari bo’lg’usida o’zaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tartibga solish muammolari bo’yicha bir necha marta yig’ilish o’tkazgan edilar. Shulardan biri 1950 yilning mayida Bagioda (Filippin) Hindiston, Pokiston, Seylon, Indoneziya, Tailand, Filippin davlat boshliqlari ishtirokidagi uchrashuv bo’ldi. 1954 yilda Kolomboda uchrashgan Hindiston, Pokiston, Birma va Seylon yetakchilari Bandungda o’tkazilishi kerak bo’lgan konferensiyaning ko’riladigan masalalarini muhokama qilib olishdi. Aslida rasman Bandung konferensiyasini chaqirish g’oyasining muallifi o’sha vaqtlardagi Indoneziya tashqi ishlar vaziri Ali Sastroamidjoyo edi.10 Konferensiya ishida jami 29 davlat ishtirok etishdi, ulardan 23 ta davlat Osiyo vakillari bo’lgan bo’lsa, Afrikadan olti davlat ishtirok etdi. Konferensiya ishtirokchilari kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo’lgan kolonializmga
qarshi kurash bo’lgan bo’lsa ham, ular keng, konstruktiv asosda xalqaro xamkorlik muammolarini muhokama qilishi, bu munosabatlarga «Pancha shila»ga tinchlik tamoyilini berishga urinishdi. Bandung konferensiyasidan bir yil oldin, 1954 yilning 29 aprelida Hindiston va XXR raxbarlarining oliy darajadagi uchrashuvida o’zaro munosabtlardagi besh tamoyil, ya’ni «Pancha shila» ishlab chiqildi. Unga ko’ra davlatlar bir – birlarining xududiy yaxlitligini va suverenitetini xurmat qilish, hujum qilmaslik, bir – birining ichki ishlariga aralashmaslik, o’zaro munosabatlarda tenglik va manfaatdorlik, tinchlikni ta’minlash tamoyillari ilgari surildi.11 Konferensiya yakunida ishtirokchi davlatlar tinchlik va hamkorlikni ta’minlash uchun Deklarasiyani qabul qilishdi, unda baralla «davlatlar bir – birlari bilan xuddi qo’shnilardek tinch-tovtuvlikda yashashlari lozimligi» uqtirilgan edi hamda quyidagi tamoyillar asosida hamkorlikni yo’lga qo’yish kerakligi belgilandi: Inson huqularini, shuningdek BMT Nizomining tamoyillari va maqsadlarini xurmat qilish; Barcha davlatlarning xududiy butunligini va suverenitetini xurmat qilish. Barcha irqlar va katta kichik millatlarning tengligini tan olish. Xar bir mamlakatning BMT Nizomiga asoslangan yakka yoki kollektiv mudofaasi huquqini xurmat qilish va xokazo.12 Bu tamoyillar 10 banddan iborat bo’lganligi uchun ham xalqaro munosabatlar tizimida tinchlikda yashashning «10 tamoyili» nomi bilan mashxur bo’ldi. Tarixda birinchi marta Osiyo va afrikaning ko’pchilikdavlatlari mushtarak maqsadlar ylida bir oraga yig’ildilar. Bandung konferensiyasi natijalari ikki qit’a mamlakatlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Garchi xalqaro munosabatlar tizimida bu kabi konferensiyalar hali o’tkazilmagan, yosh mustaqil davlatlarning xalqaro maydonda o’z so’zlarini aytish uchun qilingan ilk urunish bo’lishiga qaramasdan, ishlab chiqilgan tamoyillar hali qandaydir o’zgarishlar
kiritadigan darajadagi kuchga ega emas edi. Bandung guruxi uning barcha a’zolari qo’shilmaslik harakatiga kiradigan darajada ta’sirga ega bo’lgan tashkilotga aylana olmadi. Konferensiya tugaganidan tez fursat o’tib uning ishtirokchilari orasida harbiy – siyosiy bloklarga kirmagan va xalqaro maydonda mustaqil siyosat yuritishga intiluvchilar guruxi paydo bo’ldi. Dastlab bu guruxning yadrosini Hindiston, Misr va Yugoslaviya tashkil etdi. Ulardan oxirgisi garchi Yevropa davlati bo’lganligi uchun ham Bandung konferensiyasida ishtirok eta olmagan bo’lsa ham, ammo afro – osiyo mamlakatlari bilan diplomatik va siyosiy munosabatlarni yo’lga qo’yish va mustahkamlash harakatida edi. Yugoslaviya tamoni aksilmustamlakachilik urushini zo’r berib qo’llab – quvvatladi, xatto qator ozodlikni qo’lga kiritgan davlatlarga iqtisodiy va texnik yordam ko’rsatdi. Bandung konferensiyasidan ikki yil oldin, 1953 yilda I. Broz Tito hind gazetalaridan biriga bergan intervyusida «tinchlikni ta’minlash uchun universal progressiv harakat» tuzish kerakligini taklif etgan edi
1961 yilning sentyabrda Belgradda qo’shilmaslik harakatiga a’zo davlat boshliqlari va xukumatining birinchi konferensiyasi bo’lib o’tdi. Unda Osiyo va Afrikaning 23 davlati, shuningdek, Kuba va Yugoslaviya ishtirok etdi. Unda harakatning maqsad va vazifalari qanday bo’lishi kerakligi masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, harakat dunyoda tinchlikni ta’minlash yo’lida tuzilgan bo’lib, ayni vaqtda zamonaviy muammolarga nisbatan neytral pozisiyada bo’lmaslik yo’li tutilmoqdi. 1955 yildagi Bandung konferensiyasida ishlab chiqilgan qo’shilmaslik siyosatining asoslari to’laligichaqo’llab – quvvatlandi, ammo unga yana bir cheklov qo’shildi, ya’ni harbiy – siyosiy bloklarga nisbatan ham qo’shilmaslik.17 Qo’shilmaslik siyosati xalqaro munosabatlar tizimida muxim faktor ekanligi e’tirof etildi. 1964 yil oktyabrda Kohirada o’tgan Qo’shilmaslik harakati davlat va xukumat boshliqlarining II konferensiyasida 47, ba’zi manbalarga ko’ra 57 ta davlat vakillari ishtirok etdi. Mazkur konferensiya yakunida qabul qilingan hujjatlar mantiqan Belgrad konferensiyasi hujjatlarining davomi bo’ldi. Xususan, bu hujjatlarda «imperializm» (o’sha davr tarixiy adabiyotlarida qo’llanilgan siyosiy tushuncha, ko’pincha kapitalistik yo’nalishdagi davlatlarning siyosati sifatida sobiq sotsialistik davlatlar tarixchilari tamonidan qo’llanilgan – B.Z.) va neokolonializm xalqaro keskinlik va ziddiyatlarning asosiy manbasi ekanligi ta’kidlandi. «Konferensiya, - deb keltiriladi yakuniy deklarasiyada, - barcha xalqlarning ular uchun qaysi boshqaruv yo’li munosib bo’lsa, shuni tanlashini tantanali qo’llab - quvvatlaydi


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish