A team of politicians


Умумевропа жараёни ва Хельсинки пакти



Download 0,8 Mb.
bet102/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

102. Умумевропа жараёни ва Хельсинки пакти.
Xalqaro munosabatlardagi bunday o‘zgarishlar Yevropa qit’asida xavfsizlik
va davlatlararo hamkorlik uchun qulay sharoit yaratdi. 1975-yilning 30-
iyul — 1-avgust kunlari Xelsinki (Finlyandiya) shahrida 35 davlat (shu
jumladan, AQSH va Kanada) rahbarlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
bo‘yicha kengash o‘tkazdilar. 1-avgust kuni kengashning Yakunlovchi akti
imzolandi. Uni imzolagan 35 davlat rahbarlari o‘z davlatlari tashqi siyosatda
quyidagi tamoyillarga amal qilishini tan oldilar:
— davlatlarning suveren tengligi, huquqlarni va o‘zgalar suverenitetini
hurmat qilish;
— kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik;
chegaralar buzilmasligi;
— davlatlarning hududiy birligi;
— nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
— ichki ishlarga aralashmaslik;
— inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmatlash;
— teng huquqlilik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zlari hal etishi;
— davlatlararo hamkorlik;
— xalqaro huquqlar bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish


103. Афғонистон масаласи ва халқаро муносабатлар.
Mana shunday sharoitda Afg‘oniston siyosiy
hayotida hech kutilmagan yangi siyosiy kuch —
tolibonlar (Alloh o‘quvchilari) paydo bo‘ldi. Ular
1994-yilning noyabr oyida kurash maydoniga
chiqdilar. Xo‘sh, tolibonlar kimlar edi o‘zi?
Ular Afg‘onistonda jamiyat hayotini sof islom asosida qayta qurish
uchun kurashga bel bog‘lagan diniy-siyosiy guruh vakillaridir. Ularning
katta qismini fuqarolar urushi davrida yetim qolgan bolalar tashkil etardi.
Sovet armiyasi Afg‘onistonga kiritilgach, ular Pokiston hududida boshpana
topgan edilar. Urush davrida Pokistonga qochib o‘tgan 5 mln afg‘on
qochoqlar farzandlarining ham ma’lum qismi tolibon guruhiga jalb
etilgan. Tolibonlar Pokiston harbiy mashq maktablarida puxta
tayyorgarlikdan o‘tganlar. Zamonaviy qurollarning deyarli barchasi bilan
mukammal muomala qila olishga o‘rgatilgan. Tolibonlar rahnamosi diniy
fanat (vahhobiy) Mulla Umar edi. U ismoiliylik va vahhobiylik vakili
edi. Tolibonlar Pokiston va Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xalqaro terrorist Usama ben Laden bilan mustahkam aloqa
bog‘ladilar. To‘xtovsiz qonli urushdan charchagan aholining katta qismi
ularni qo‘llab-quvvatladi. Tolibon qurolli kuchlari 1995-yilning yanvar
oyida hujumga o‘tdilar. Tolibonlarga qarshi kuchlar orasidagi o‘zaro
kelishmovchilik ularga qo‘l keldi. 1996-yilning oktabr oyida tolibonlar
Kobul shahrini egalladi. So‘ng ular jamiyatni to‘la islomlashtirish
siyosatini yurita boshladilar.
Dunyoviy maktablar yopildi. Ayollar paranji yopinishga, erkaklar soqol
qo‘yishga majbur etildi, qarshilik ko‘rsatganlar ayovsiz jazolandi. 1997-
yilning iyunida ular muxolifat kuchlarni (asosan tojik Ahmad Shoh Mas’ud
va o‘zbek Abdurashid Do‘stum harbiy kuchlarini) tor-mor etish yo‘lida urushni
davom ettirdi.
Mamlakat hududining 90 foizi tolibonlar nazoratiga o‘tdi. Tolibonlarga qarshi kuchlar mamlakat shimoliga siqib qo‘yildi. Ular endi birlashishga majbur bo‘ldilar. Shu tariqa Shimoliy Alyans deb atalgan
ittifoq vujudga keldi.
Afg‘onistondagi turli etnik, siyosiy-diniy kuchlar
o‘rtasida hokimiyat uchun kurash uzoq davom etdi.
1996-yilda Afg‘onistonning katta qismida tolibonlar
hokimiyati o‘rnatildi. Ular Afg‘onistonni islom davlatiga aylantirdilar. Tolibonlarga qarshi kuchlar «Shimoliy alyans» (ittifoq)ga birlashdilar. Tolibon
va Shimoliy alyans o‘rtasida qirg‘inbarot urushi olib borildi.
Pokiston va Saudiya Arabistoni tolibonlar hokimiyatini tan oldilar va
unga keng ko‘lamli yordam ko‘rsatdilar.
Afg‘onistondagi holat nafaqat bu davlatning, balki uning qo‘shnilari,
qolaversa, jahon hamjamiyatining muammosiga aylandi. Afg‘oniston hududi
ayni paytda narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasi, diniy ekstremizm va fanatizm, terrorchilik o‘lkasi bo‘lib qoldi. Binobarin, Afg‘oniston
muammosi yalpi xavfsizlikka ham jiddiy tahdid solayotgan muammoga
aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Afg‘oniston muammosini hal etishga doir qator
takliflarni ilgari surdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov
1993-yildayoq BMT e’tiborini Afg‘oniston muammosiga qaratgan edi va,
birinchi navbatda, muxolif kuchlarga qurol sotilishini taqiqlab qo‘yishni
taklif etgandi.
Shuningdek, muxolifat kuchlari buyuk davlatlar va chegaradosh davlatlar ishtirokida Afg‘oniston muammosini hal etishga qaratilgan xalqaro
uchrashuv o‘tkazishni taklif etdi. Bunday uchrashuv 1998-yilda Toshkentda
o‘tkazildi. U tarixga «6+2» guruhi uchrashuvi (Eron, Pokiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston, shuningdek, AQSH va Rossiya)
nomi bilan kirdi. Uchrashuvda Afg‘oniston muxolifat kuchlari
vakillari ham ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida Afg‘oniston muammosi
bo‘yicha Toshkent Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu hujjat «6+2» guruhiga
a’zo davlatlar hamda Afg‘onistonda nizolashayotgan ichki kuchlar uchun
tinchlikka eltuvchi xartiya vazifasini o‘tashi mumkin edi. Biroq ichki
muxolifat o‘rtasidagi nihoyatda keskin ziddiyat Toshkent Deklaratsiyasini
amalga oshirishga imkon bermadi. 2001-yil 11-sentabrda AQSHda bo‘lib
o‘tgan terrorchilik harakatidan keyin Afg‘onistonga AQSH boshchiligida
hujum boshlandi va tolibonlar ag‘darib tashlanib, Muhammad Karzay boshchiligida yangi dunyoviy hukumat tuzildi.
To‘g‘ri, Afg‘oniston muammosi tezda hal etiladiganlardan emas. Chunki
bu 20 yildan ortiq davr mobaynida to‘plangan muammodir



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish