A team of politicians


Усмонийлар давлатининг Кичик Осиё ва Болқон яриморолидаги сиёсати



Download 0,8 Mb.
bet52/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

47. Усмонийлар давлатининг Кичик Осиё ва Болқон яриморолидаги сиёсати.
Vizantiyaning zaiflashib qolganligidan va Bolqon yarim orolidagi boshqa davlatlarning parchalanib ketganligidan foydalanib, Usmon turklari XIV asrda dastlab Kichik Osiyoda, keyin esa Bolqon yarim orolda ham keng istilochilik harakatlarini boshladilar. Usmonning vorisi – Urxon 1331 yilda Nikey shahrini, keyin esa Vizantiyaning Kichik Osiyodagi boshqa barcha erlarini bosib olganidan so‘ng, Evropada istilolar qilishga kirishdi. 1354 yili Urxon Dardanel bo‘g‘ozining Evropa qirg‘og‘idagi Gallipol shahrini bosib oldi. So‘ngra turklar Frakiyaga kirib bordilar. Bu viloyat keyingi sulton, ya’ni Murod I zamonida (1359-1389) batamom zabt etildi. Murod I 1361 yilda Frakiyaning bosh shahri – Adrianopolni bosib oldi. 1371 yilda serblar, bolgarlar valaxlar va vengrlardan iborat koalitsiya (ittifoq) Murodga qarshilik ko‘rsatishga urindi. Biroq ittifoqchilar Maritsa daryosi bo‘yidagi jangda engildilar. Shundan so‘ng Janubiy Serbiya sulton hokimiyati ostiga o‘tdi. Vizantiya imperatori sultonga o‘lpon to‘lovchiga aylandi. 1389 yil 15 iyunda Kosovo maydonida (Janubiy Serbiya) serblar va ularning ittifoqchilari turklarga qarshi hal qiluvchi jangga kirdilar. Serblarning jasorati va Murod I-ning o‘ldirilishiga qaramay, turklar g‘alabaga erishdilar. Shundan so‘ng Serbiyaning katta qismi Turkiyaga qo‘shib olindi. Turkiya davlatining kengayishi Amir Temur tomonidan vaqtinchalik to‘xtatildi. 1402 yilda Temur ulkan qo‘shin bilan Kichik Osiyoga kirib keldi. Boyazid ham katta harbiy kuchga ega edi, biroq Kichik Osiyodagi turk amirlarining bir qismi sultonga xiyonat qildi va Temur tomoniga o‘tib ketdi. Hal qiluvchi jang 1402 yil 28 iyunda Angor (hozirgi Anqara) shhri yonida bo‘lib o‘tdi va turklar to‘la mag‘lubiyatga uchradilar. Boyazid qochish paytida qo‘lga tushdi va tez orada asirlikda vafot etdi. XV asrning 20-yillarida turklar yana qaddilarini rostlab oldilar. Sulton Murod II (1421-1451) 20-yillarning boshlarida istilolarni yana qaytadan boshladi. 1422 yilda u Konstantinopolni uch marta qamal qilsa-da, ammo uni qo‘lga ololmadi. 1430 yilda Solun shahri olinib, uning barcha aholisi qullarga aylantirildi. 1444 yilda turklarga qarshi yangi salib yurishi uyushtirildi. Unda polyaklar, chexlar, vengerlar, nemislar, qisman fransuzlar va boshqa g‘arbiy evropalik ritsarlar qatnashgan edi. Varna yonidagi jangda (1444 yil 10 noyabr) ritsarlar tor-mor etildi. Shuning o‘zi bilan Konstantinopolning halokati oldindan muqarrar qilib qo‘yildi. Konstantinopol 1453 yil 29 mayda quladi. So‘nggi Vizantiya imperatori Konstantin XI (1448-1453) edi. Sulton Murod II-ning taxt vorisi – sulton Muhammad (Mexmed II) (1451-1481) Konstantinopolni zabt etdi. Muhammad (Mexmed II) 50-60 yillarda Bolqon yarim orolida Dunay bo‘yidagi Serbiyani, Bosniyani, Gersegovinani va Albaniyani zabt etdi. Bolqon yarim oroliga qo‘shni bo‘lgan Valaxiya vassal sifatida qaram qilib qo‘yildi. 70-yillarning o‘rtalarida turklar Qrimni va Tanu (Azov) shahrini bosib oldilar. Taxminan Shu paytning o‘zida Kichik Osiyoda Trapezund shahri, deyarli butun Anatoliya to Frot daryosigacha istilo qilindi. Biroq Muhammad (Mexmed II) ikki marta muvaffaqiyatsizikka ham uchradi: u Belgradni ishg‘ol qila olmadi, turklar uni 1456
yilda qamal qilgan bo‘lsalar-da, maqsadlariga erisha olmadilar; shuningdek Rodos orolini ham zabt eta olmadilar (1480 y.). Muhammad (Mexmed) II-ning nabirasi Salim I zamonida (1512-1520) turklarning istilolari yana boshlandi. Salim Eronga qarshi olib borgan g‘olibona urushi natijasida Kavkaz orti mamlakatlaridan Ozarbayjonni, Armanistonning, Gruziyaning bir qismini. Dog‘iston va Kurdistonni istilo qildi. Keyin esa Suriya va Misrni bosib oldi (1517 y.). So‘ngra, butun islom dunyosining boshchisi sifatida o‘ziga xalifa unvonini oldi. Krit, Kipr va O‘rta er dengizidagi erlarin o‘z qo‘lida saqlab qolish uchun Venetsiya Turkiya sultoniga har yili katta hiroj to‘lab turishga majbur edi. Sulton Sulaymon I Qonuniy zamonida (1520-1566) Usmoniylar imperiyasining qudrati o‘ta yuksak darajaga etdi. Sulaymon hukmronligining boshlaridayoq Belgrad va Rodosni egalladi. Shundan so‘ng u 1526 yilda Moxach yonida katta g‘alabaga erishdi, Bu erda turklar, chexlar va vengerlarning birlashgan armiyasini mag‘lubiyatga uchratdilar. Vengriyaning kattagina qismi Turkiyaning viloyati bo‘lib qoldi. Valaxiya va Moldaviya Portaga hiroj to‘laydigan davlatlarga, unga har yili juda ko‘plab pul to‘lab turadigan va mustaqil tashqi siyosat yuritish huquqidan mahrum etilgan va vassal knyazliklariga uzil-kesil aylantirilgan edi. 1529 yilda Sulaymon Venani qamal qildi, lekin uni ishg‘ol eta olmadi. Eronga qarshi yana boshlanib ketgan urushda Sulaymon Bag‘dod bilan birga Mesopotamiyani istilo qildi. Shu bilan bir paytda turklar Shimoliy Afrika bo‘ylab g‘arbga tomon siljib bordilar. Ular Tripoli va Jazoirni zabt etdilar. Sulaymon davrida Arabiston ham turklar tomonidan bosib olindi. Turkiya XVI asr xalqaro xayotida ko‘zga ko‘rinarli rol o‘ynagan. Turklar ko‘plab davlatlar bilan qizg‘in diplomatik va savdo aloqalariga ega edilar. Ushbu davlatlar qatorida Venetsiya, Genuya, Vengriya, Eron, Avstriya, Polsha, Rossiyani ta’kidlab o‘tsa bo‘ladi. Avstriya va Ispaniyada hukmronlik qilgan Gabsburglarga qarshi uzoq davom etgan shiddatli kurash Turkiyani Fransiya bilan yaqinlashtirdi. Fransiya qiroli Fransisk I Sulaymon bilan rasmiy suratda Gabsburglarga qarshi ittifoq tuzdi. 1529 yilda Sulaymonning Avstriyaga qarshi qilgan yurishi Gabsburglar va Valua sulolalari o‘rtasidagi “katta urush”ning bir bo‘g‘ini edi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish