46. Мўғуллар давлати ва унинг ташқи сиёсати.
1206-yilda naymanlar sardori Buyuruk Temuchin qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga uchradi. Jamuxa bo‘lsa 1207-yillar atrofida o‘z safdoshlari tomonidan Temuchinga tutib berildi. Naymanlarning mag‘lubiyati va Jamuxaning asir tushishidan keyingi mo‘g‘ul xalqlari davlatini Chingizxonning ko‘chmanchi imperiyasi deb atash mumkin. «O‘rmon xalqlari» va boshqa mayda qabilalar hyech qanday mehnatsiz alohida mo‘g‘ul sardorlari bo‘lib oldilar. Rashid-addinning ma’lumotiga ko‘ra bu nomni Temuchin naymanlarni tor-mor qilgandan keyin olgan. O‘rxun yozuvlarida shunday so‘zlar bor: «Oddiy xalq qorni yemakka, egni kiyimga yolchimagan bechora xalq xoqonning mehnat va qahramonligi bilan kambag‘al edi—boy bo‘ldi, kam sonli edi, ko‘paydi». Mo‘g‘uliston hududidagi barcha kuchli raqiblarini yengib, mo‘g‘ul davlatlaridagi yagona qudratli yo‘lboshchiga aylangan Temuchin 1206-yilda Onon daryosi bo‘yida barcha mo‘g‘ul qabilalari aslzodalari ishtirokida qurultoy chaqiradi. O‘sha qurultoyda Temuchin barcha mo‘g‘ul qabilalarining xoni deb e’lon qilinadi va unga Chingizxon nomi beriladi. «Chingiz» so‘zi xitoy tilidagi Tyan szi-«osmon o‘g‘li» so‘ziga to‘g‘ri keladi. Uyg‘ur yozuvini qabul qilish mo‘g‘ul tilidagi adabiyotlarni begona tillarga tarjima qilish maqsadida ham amalga oshirilgan. Imperiyaning aristokratik qurilishi ruhidagi oddiy qonunlar va xronikalari Chingizxon yoki uning o‘g‘illari tomonidan tuzilib, qattiq sir saqlangan va faqat xon urug‘idan bo‘lganlarga hamda yaqin xizmatchilargagina ochilgan. Chingizxonning o‘z hokimiyatini o‘rnatish uchun olib borgan 20 yildan ortiqroq vaqt davomidagi to‘qnashuvlari, kurashlari uning keyingi harbiy yurishlarida qaysidir ma’noda tajriba vazifasini o‘tadi deb aytishimiz mumkin. Qolaversa, Chingizxon dastlab xon sifatida e’lon qilinganidan boshlab (1189-yilda) asta-sekinlik bilan oddiydan murakkabga qarab davlat apparatini shakllantirib bordi. 1206-yilda kelganda Chingizxon o‘z huzuridagi amaldorlarning qaysi funksiyasini boshqarish qobiliyatiga egaligi qarab lavozimlarni bo‘lib berishi endi yagona mo‘g‘ul davlatida davlatchilik tizimining shakllanib ulgurganligini isboti edi. Chingizxonning davlati o‘nlik tizim asosida shakllantirilgan harbiy feodal davlat edi. Davlatning barcha hududi va aholisi 3 ta katta okrukga – o‘ng va chap qanot hamda markazga bo‘lingan edi. Bu okruglar o‘z navbatida «tuman»larga (har birida 10 ming kishidan), tumanlar bo‘lsa «minglik», «yuzlik», «o‘nlikka» bo‘lingan edi.
XIII asrning 20-40 yillarida mo‘g‘ullarning Rus yerlariga yurishlari xudud uchun (mo‘g‘ullarning boshqa yerlaridagi bosqinchiligi singari) asoratli oqibatlarga olib keldi. Chingizxon tomonidan O‘rta Osiyodan turib yo‘llangan Jebe va Subudey boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston hududlaridan o‘tib, Shimoliy Kavkaz hududlarida paydo bo‘ldi. Bu yerda mo‘g‘ullar mahalliy aholi bo‘lgan alanlar (osetin) va ko‘chmanchi chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘lgan qipchoqlar qarshiligiga duch kelib, ular o‘rtasidagi ittifoqni xiyla bilan tarqatib, har birini alohidaalohida yengadi. Shundan so‘ng mo‘g‘ullar Azov dengiziga qo‘yiluvchi Kalka daryosi bo‘yiga yetib keldilar va bu yerda 1223-yil 31-mayda ruslar qaqshatqich mag‘lubiyati bilan tugagan mashhur Kalka jangi sodir bo‘ldi. 1227-yilda Chingizxon vafot etgach, ulug‘ xon qilib O‘qtoy saylandi. Shu yili va 1229-yili mo‘g‘ul harbiy boshliqlari qurultoylarda uyushtirilajak yangi harbiy yurishlar rejasi ishlab chiqildi. Ana shu yurishlar rejasiga muvofiq, 1229-yilda Ulug‘ xon Ko‘kday va Subedey boshchiligida 30 ming otliq askardan iborat mo‘g‘ul qo‘shinlarini Kaspiybo‘yi dashtlarini (qipchoqlar, sansinlar, bulgaldar yerlarini) egallash uchun yubordi. 1232-yilda mo‘g‘ullar Bulgariyaga yana yurish boshlaydi. 1235-yilgi qurultoy mo‘g‘ullarning keyingi yurishlariga muhim turtki berdi. Unda hali bo‘ysundirilmagan bulgarlar va Rus yerlariga Botuxon boshchiligida qo‘shin yuborishga qaror qilindi va ulus qo‘shinlaridan askarlar to‘plab berildi. 1236-yilning oxirlarida Volga Bulgariyasigacha yetib kelgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bu yerdagi bosh shahar-Bulgarni va bir qancha yirik shaharlarni egallab, vayron qildilar. Bulgarlardan tashqari Volgabo‘yi va Kamabo‘yi hududi aholisi bo‘lgan boshqirlar, mordvlar, burtaslar, sansinlarni ham mo‘g‘ullarga bo‘ysintirildilar. Shundan keyingina mo‘g‘ullarning Rus yerlariga yurishlari boshlandi. Avval boshda yuqoridagi hudularni egallanishdan ko‘zlangan asosiy maqsad qishlovni shu yerda o‘tkazish bo‘lgan. Mo‘g‘ul qo‘shinlari Rus yerlari chegarasida 4 qismga bo‘lingan. Bir qism qo‘shin Itil daryosi bo‘yidan, Rusga sharqiy tarafdan kirib, Suzdalga qarab yurgan. Janubga tomon xarakat qilgan qo‘shin bo‘lsa, Ryazanga hujum uyushtirgan. Uchinchi qism qo‘shinlari Don daryosi qarshisiga Varonej qal’asi yaqiniga kelib joylashganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |