A team of politicians


Умавийлар халифалигининг ташқи сиёсати ва дипломатияси



Download 0,8 Mb.
bet49/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

44. Умавийлар халифалигининг ташқи сиёсати ва дипломатияси.
Xalifalikdagi inqiroz va birinchi fuqarolar urushi. Alining xalifaligi ichki isyonlar avj olgan pallaga to‘g‘ri keldi. Uning xalifaligi davrida islom birligi siyosiy jihatdan parchalanadi. Mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Ali xalifa etib saylangan bo‘lsada, Abu Sufiyonning o‘g‘li Shom voliysi Muoviya uni tan olishni istamadi, Damashqda o‘zini xalifa deb e’lon qildi. Ali taxt uchun kurashda g‘alaba qozonolmadi. 657-yil iyulda Frot daryosi yaqinidagi Siffinda bo‘lgan jangda Ali yengildi. Ali va Muoviya birbirlarining xalifaliklarini tan oldi. Shunday qilib, xalifalik uning davrida ikki mustaqil qismga - Kufa va Shom xalifaligiga ajralib ketdi. Ali tarafdorlaridan bir qismi (keyinchalik ular havorijlar-xorijiylar deb ataldi) uning bunday xarakatlaridan norozi bo‘ldi va unga qarshi suiqasd uyushtirdi. Kufada masjidda u xorijiy Abdurahmon tomonidan o‘ldirildi. Ali tarafdorlari keyinchalik islomdagi ikki asosiy oqimdan biri bo‘lgan shi’alik (arabcha «shi’a» - guruh, bu o‘rinda «Ali tarafdorlari» mazmunida) oqimini tashkil etgan. Ali shi’alarning birinchi imomi va shi’a imomlari shajarasini boshlab beruvchi xisoblanadi. Shi’alarda Ali avlodlaridan 12 imom, ba’zi firqalarda 7 imom e’tirof etilgan. Shi’alar sunniylarning xalifalaridan hech birini e’tirof etmaydi, o‘z imomlarinigina diniy rahnamo deb taniydi. Shi’alikka mansub bo‘lgan ayrim kichik firqalarda, masalan, ismoiliylar firqasida, Alini xudo darajasiga ko‘tarishga va uni ilohiylashtirishga xarakat qilingan. 661-yil Ali o‘ldirilganidan keyin, uning tarafdorlari Hasanni Iroqda xalifa deb e’lon qildi va Muoviya hokimiyatiga qarshi kurashni yangidan boshlashga da’vat etdi. Lekin Hasan Muoviya bilan muzokaralar olib borib, hokimiyat da’vosidan voz kechib, Madinaga ko‘chib ketdi. Ummaviylarning ichki siyosati va ikkinchi fuqarolar urushi. Ummaviylar hokimiyatga kelgandan so‘ng poytaxtni Damashqqa ko‘chirdi. Ummaviylar davrida qator ma’muriy harbiy o‘zgarishlar amalga oshirildi: xalifalik lavozimi nasliy merosga aylantirildi, davlat xazinasi va davlat devonxonasi tashkil etildi, arab tili davlat tili deb e’lon qilindi, yangi oltin, kumush va mis tanga chiqarildi, harbiy-dengiz floti tashkil etildi. Ummaviylar tashqi siyosati. VII asr oxiri-VIII asrning boshlariga kelib fuqarolar urushiga chek qo‘yilgandan so‘ng, ummaviylar bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. 667-yili arablar Xalkedon shahrini ishg‘ol etib, Vizantiyani xavf ostida qoldirdi va Sitsiliyani vayron qildi. 698-yili vizantiyaliklar Karfagendan tamoman haydab chiqarildi. VIII asrning boshiga kelib arablar Gibraltar bo‘g‘ozi hududlariga kirib keldi. 711-yilda Afrika noibligining sarkardasi Tariq ibn Ziyod 7 minglik qo‘shini bilan yarim orolga kelib joylashdi. Shu vaqtdan boshlab bu yer Gibraltar (Tariq tog‘i; arabchada Jebel Tariq) nomini oladi. 711-yilning 19iyulida Tariq Afrikadan yordamchi kuch olib, 12 minglik qo‘shin bilan 25 minglik qo‘shinga ega bo‘lgan vestgotlar qiroli Rodrigoni mag‘lubiyatga uchratdi. Jangda vestgotlarning oxirgi qiroli halok bo‘ldi. 712-yilda Toledo taslim etildi. Shu tariqa 711-715-yillarda Ispaniya hududlari egallandi. Reyn bo‘yi tizma tog‘larini oshib o‘tib, arab qo‘shinlari 725-yilda janubiy Fransiya tomon xarakatlandi. 732-yilda Puate yaqinida Karl Martell tomonidan arablar ustidan qozonilgan g‘alaba, arab qo‘shinining shimolga keyingi xarakatini to‘xtatib qo‘ydi. Arablar muntazam ravishda Bosfor va Marmar dengizi hududlariga hujum qilib, ikki marta Konstantinopolni (673-677 va 717) qamal qilgan bo‘lsada, uni hududlarni bosib ololmadi. 741-yilda Akroin jangida mag‘lubiyatidan keyin arablar Kichik Osiyoga yurishlarini to‘xtatdi. O‘rta Osiyoga qilgan yurishlari natijasida 705-715-yillarda Xorazm, Farg‘ona va Movoraunnahr hududlari egallandi. Xitoy bilan 751-yildagi jangdan so‘ng, arablar O‘rta Osiyo bilan cheklanib qoldi. 712-yilda Hindistonga bostirib kirdi. Muhammad ibn Qosim as-Saqafiy tomonidan Sind viloyati (hozirgi Pokistonning janubi) bosib olindi. Daybun (Qora chi) porti va Kiyrun (Haydarobod) shahri Muhammad ibn Qosim qo‘liga o‘tdi. Shimolda Multon hududlarigacha yetib borishdi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish