Davlat innovatsion siyosati, Innovatsion mexanizm, qo‘shma innovatsion loyiha, Innovatsiyalarning tashkiliy mexanizmi, qonunlar, qarorlar, nizomlar, innovatsion ishlanmalar, potensial iste’molchi.
Nazorat savollari
Davlat innovatsion siyosati qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini sanab o‘ting.
Innovatsion faoliyatda davlat tomonidan xalqaro aloqalar tartibga solinadimi?
Davlat tomonidan innovatsion jarayonni tartibga solishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullarini tavsiflang.
Davlat tomonidan innovatsion jarayonlarga ta’sir etishning bilvosita usullari nimalar bilan tavsiflanadi?
Innovatsion jarayonni boshqarish tizimini tavsiflang.
Innovatsion jarayonni huquqiy tartibga solish nimani bildiradi?
Innovatsiyalarni rejalashtirish mohiyati va prinsiplari
Innovatsion ishlar bo‘yicha tematik rejalar
Innovatsion loyihalar portfelini shakllantirish Innovatsion loyihalarni boshqarish
Innovatsiyalarni rejalashtirish mohiyati va prinsiplari
Innovatsiyalarni rejalashtirish – yakuniy natijalarga (daromadni oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish), resurslarni taqsimlash va innovatsiyalarni rivojlantirish va tarqatishga qadar innovatsion muammolarni hal qilish muddatini aniqlashga qaratilgan maqsadlarni tanlash jarayonidir. Innovatsiyalarni rejalashtirishda ilmiy-texnik yo‘nalishlar, ilmiy-texnik muammolar, mavzu va kichik mavzular ajratiladi.
Ilmiy-texnik yo‘nalish fundamental tadqiqotlarning yangiliklarni o‘zlashtirish va tarqatishgacha bo‘lgan barcha bosqich va davrlarni o‘z ichiga oladi. U fan va ishlab chiqarishning tegishli sohalari kuchi bilan ishlab chiqiladi. Ilmiy-texnik muammo – ilmiy-texnik tashkilotlar va bir sohadagi ishlab chiqarish korxonalari (firmalar, kompaniyalar) tomonidan hal qilinadigan vazifalarni o‘z ichiga oladigan ilmiy-texnik yo‘nalishning bir qismidir. Mavzu ilmiy-texnik muammoning bir qismi bo‘lib, bitta tashkilot miqyosida ishlab chiqiladi (bir yoki bir necha yillar davomida). Kichik mavzu – tashkilotning bir yoki bir necha bo‘linmalari miqyosida ishlab chiqiladigan ilmiy-texnik mavzu qismidir (ko‘pgina holatlarda bir yillik reja davomida).
Innovatsiyalarni rejalashtirish bir qator tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Yangilik kiritishni rejalashtirishning istiqbolli xarakterini ta’minlash muhim tamoyillardan. Ushbu tamoyilga rejalashtirish tizimi bashoratlarga asoslanib, istiqbolli, o‘rta muddatli va yillik rejalarni o‘z ichiga olgan sharoitda rioya etiladi. Ushbu tamoyilga rioya etish yirik ilmiy-texnik muammolar va innovatsion loyihalar ishlab chiqishda, yakuniy natijalar ko‘pincha
sohalar ichra va sohalararo aloqalar murakkab va o‘zaro bog‘liq bo‘lganda ayniqsa muhimdir.
Yangilik kiritishni rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili rejalashtirilayotgan ko‘rsatkichlarning axborotlarning doimiy yangilanishi (buyurtmachilar talablari, bozor sharoitlari va h.k. lar o‘zgarishi) asosida innovatsion jarayonning har bir keyingi bosqichida doimiy aniqlashtirishdan iborat. Rejalashtirishning komplekslik tamoyili innovatsion va ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish birligini ta’minlash, innovatsion ishlanmalarni amaliy qo‘llashning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va axborot oqibatlarini aniqlash, shuningdek, barcha turdagi xarajatlar va samara hisob- kitobini va o‘zaro bog‘liqligini taqozo etadi. Komplekslik tamoyiliga rioya etish innovatsion rivojlanishning rejalashtirilayotgan parametrlarini tanlashda ham zarur.
Innovatsiyalarni rejalashtirishning umumiy jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Korxona, kompaniya yoki sohaosti rivojlanishi templarining tanlangan strategiyadan kelib chiqqan holda baholash;
Yangilik kiritishda istiqbolli ehtiyojni, texnologik jarayonlar va uskunalar modernizatsiyasini takomillashtirish zaruriyatini aniqlash;
ilmiy-texnik ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash;
ilmiy-texnik (innovatsion) ishlanmalar hajmini tashkilotning mavjud resurslari va ilmiy salohiyati bilan solishtirish;
mavzu (loyiha)larni tanlash, ularni muhimligiga ko‘ra ajratish va bajarilish tartibini kuch va mablag‘larning birinchi navbatda innovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida jamlanishi zaruriyatini va bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda belgilash;
yangilik kiritishning keng istiqbolli rejasini mavzu (dastur)larni mehnat, moliyaviy va moddiy resurslar bilan ta’minlanganlikni asoslash bilan birga tuzish;
yillik mavzu rejani tuzish;
mavzuni rejalashtirish.
Ishlarning ushbu kompleksida eng muhimi - innovatsion (ilmiy-texnik) ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojni belgilashdir. Innovatsion ishlanmalarga istiqbolli ehtiyojni to‘g‘ri belgilashdan ko‘p jihatdan buyurtmalar portfelining asosliligi, yangilik kiritishning (uzoq muddatli va yillik) rejalari samaradorligi, korxonalar rivojlanishining ko‘zda tutiladigan templarini ta’minlash imkoniyati, yakuniy strategik maqsadlarga erishish bog‘liq. Chunki ilmiy-texnik ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyoj, uning shakllanishi tamoyillari va tarkibiy elementlari bog‘liq bo‘lgan asosiy omillarni aniqlash muhimdir.
Ishlab chiqarish ehtiyoji va ilmiy-texnik (innovatsion) ishlanmalarga bo‘lgan umumiy ehtiyoj mavjud. Ishlab chiqarishning innovatsion ishlanmalarga ehtiyoji deganda tashkilot faoliyatining ko‘zda tutilgan yakuniy natijalarga erishish uchun rejadagi muddatda lozim bo‘lgan ilmiy-tadqiqot, tajribaviy- konstruktorlik, loyihaviy-texnologik ishlar majmui tushuniladi. Ishlab chiqarishning innovatsion ishlanmalarga ehtiyoji asosan bozor sharoitlari bilan belgilanadi. Innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan umumiy ehtiyoj bozor sharoitlari, iste’molchilar buyurtmalari va tajriba, hamda boshqa omillar ta’sirida shakllanadi. Keyingilariga quyidagi omillar kiradi:
fan va texnika rivojlanishining ichki mantiqi, ilmiy jarayon xususiyatlari;
ilmiy-texnik xodimlarning shaxsiy sabablari (odamlarning o‘z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirishga, ijtimoiy tan olinishlari uchun o‘z imkoniyatlari va salohiyatini ko‘rsatishga bo‘lgan intilishlari) va h.k.
Innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan aniq ehtiyojlarni rejalashtirish va hisob-kitob qilish uchun umumiy ehtiyojning miqdori shakllanishiga ta’sir etadigan omillarni batafsil tasniflash lozim. Bunda iqtisodiy, ishlab chiqarish-texnik, ijtimoiy, ekologik, vaqt omillari, shuningdek, xalqaro ilimy-texnik hamkorlik omillari hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |