A. Taniyev innovatsion iqtisodiyot darslik


Innovatsion loyihalarni boshqarish



Download 0,97 Mb.
bet111/141
Sana19.11.2022
Hajmi0,97 Mb.
#868378
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141
Bog'liq
3 чи Таниев Инновацион иытисодиёт 2020

Innovatsion loyihalarni boshqarish


Buyurtmalar portfeli shakllanishi va innovatsion ishlanmalarni rejalashtirishning asosli turlarini tanlash masalasi korxona (tashkilot) maqsadlariga erishish nuqtai nazaridan ham, ilmiy faoliyat nuqtai nazaridan ham yangilik kiritish tadqiqotlari va ishlanmalarini boshqarishda muhim o‘ringa ega. Ammo muhim va g‘oyat mushkul vazifa – bu rejalashtirilgan innovatsion ishlarni amalga oshirishni tashkil qilish, ya’ni loyihalarni boshqarishdir. Har qanday innovatsion loyiha muvaffaqiyati texnik-ekspluatatsion va bozor afzalliklaridan kabi, loyihani boshqarish sifatiga ham bog‘liq. Shu sababli ko‘pincha buyurtmalar portfelini shakllantirishda loyihalar nafaqat potensial samaradorlik jihatidan, balki shu potensialni amalga oshirish uchun samarali boshqarish imkoniyatlari nuqtai nazaridan baholanadi.
Rejalashtirish va boshqarish o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Rejalar (istiqbolli va yillik) loyihalar qay tarzda rivojlanishini aks ettirib, loyihaga qo‘yilgan samara qanday erishilishi to‘g‘risida axborot beradi, va kelgusida loyihani boshqarish uchun boshqaruv qarorlari va harakatlarini oldindan belgilab beradi. Rejalashtirish parametrlari, shu tariqa, innovatsion loyihani boshqarish uchun ma’lum asosni ta’minlaydi. Yangilik kiritishni muvaffaqiyatli boshqarish uchun lozim bo‘lgan uchta asosiy parametr ajratiladi:

  1. innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan aniqlangan ehtiyojlar;

  2. ularni bajarish uchun lozim bo‘lgan ilmiy-texnik kadrlar tarkibi va tuzilmasini aniqlash;

  3. tadqiqot va ishlanmalar o‘tkazish uchun moliya resurslari mavjudligi.

Bundan kelib chiqadiki, loyihani boshqarishning bosh vazifasi – ushbu uchta parametrni birlashtirishdir. Ko‘rsatilgan parametrlardan tashqari, innovatsion loyihani boshqarishning asosini qo‘shimcha ta’minlaydigan boshqa ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • loyihalar samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari;

  • loyihalar tanlovi to‘g‘risidagi qaror asoslangan baho va taxminlar.

Innovatsiyalarni boshqarish doim o‘zgaradigan sharoitlarda amalga oshiriladi, bu esa innovatsion ishlar rejasini uzluksiz ko‘rib chiqishni talab qiladi. Shu bois innovatsion loyihani boshqarish ish rejasida keskin o‘zgarishlarsiz tez-tez yangilanishlarga imkon berish uchun moslashuvchan bo‘lishi kerak.
Loyihani boshqarish hozirgi vaqtda vujudga kelgan vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumot bilan uning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi to‘g‘risidagi oldindan belgilangan tasavvurni (buyurtmalar portfelini shakllantirishda, loyihani ishlab chiqishda) taqqoslashda asoslangan. O‘lchangan yutuqlar (ko‘rsatkichlar va h.k.) va rejalashtirilgan ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar vujudga kelsa, bu esa ko‘pincha bo‘ladi, ma’lum choralar ko‘riladi. Bunday choralarga moliya resurslarini qayta taqsimlash, loyihalarni bajarish tartibi, buyurtmalar portfelini qisman qayta ko‘rish, kadrlar tuzilmasining o‘zgarishi kiradi. Shu sababli ishonchli va o‘z vaqtidagi axborot innovatsion loyihani samarali boshqarish uchun nihoyatda muhimdir.
Innovatsion loyihani boshqarishda quyidagi aniq ishlar amalga oshiriladi:

  • har bir masalani hal etishda va har bir bosqichni bajarishda xarajatlar darajasi va ishlar davomiyligi bo‘yicha yutuqlar baholanadi;

  • bajarilishi ko‘zda tutilgan grafikdan chiqib ketgan vazifalar aniqlanib, loyiha ustida ishlashning umumiy borishi uchun ularning oqibatlari ehtimoli baholanadi;

  • innovatsion loyihani rejalashtirilgan moliyaviy va moddiy xarajatlarga va uni tugatish sanasiga nisbatan ishlab chiqish o‘lchanadi;

  • loyihalar va ularning alohida bosqichlari samaradorligi aniqlashtiriladi.

Innovatsion loyihalarni boshqarish turli metodlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Quyidagi boshqarish metodlari qo‘llaniladi:

  1. maqsadlarga ko‘ra;

  2. xarajatlarga ko‘ra (xarajatlarni nazorat qilish usuli);

  3. og‘ishlarga ko‘ra.

Maqsadlarga ko‘ra boshqarish shu bilan xarakterlanadiki, maqsadlar qo‘yilishi korxona yoki tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish asosi sifatida ko‘rib chiqiladi. Birinchi navbatda aniq ifoda etilgan maqsadlar fiksatsiyasi ta’minlanadi. Ushbu maqsadlar aniq, haqiqiy bo‘lishi, va korxona yoki tashkilot rivojlanishining umumiy vazifalarini amalga oshirishga samarali yordam berishi lozim. So‘ng maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qiladigan omillar va ularni amalga oshirish uchun yordam beradigan aniq chora-tadbirlar belgilanadi. Ushbu chora-tadbirlar tashkiliy, kadrlar bo‘yicha (masalan, xodimlarni qayta tayyorlash) va iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Erishilgan natijalar muntazam baholanadi. Mazkur usul samaradorligi korxona va loyihalar rahbarlari tomonidan xodimlar bilan hamkorlikda ifodalangan maqsadlar innovatsion loyiha ustida ishni yaxshilashga va uni natijalarini o‘lchashga imkon beradigan omil va mezonlardir. Maqsadlarga ko‘ra boshqarish metodlari realizatsiyasi ko‘p kuch va vaqt talab etadi.
Xarajatlarni nazorat qilish usuli (xarajatlarga ko‘ra boshqarish) innovatsion loyiha byudjetini tuzish bilan amalga oshiriladi. Loyiha byudjetini tuzish ko‘p jihatdan uni ishlab chiqishga yondashuv bilan belgilanadi. Analitik, sintetik va aralash yondashuvlar qo‘llaniladi. Qayd etish lozimki, buyurtmalar portfelining katta qismi nisbatan doimiy qiymatni talab etadi, u o‘tgan yillar natijalari bo‘yicha aniqlanib, vujudga keladigan aniq vaziyatga qarab tuzatiladi. Byudjetni tuzishga bo‘lgan aralash yondashuvni talab etadigan yangi innovatsion loyihalar paydo bo‘lishi mumkin. Byudjetning bu qismi alohida ko‘rib chiqiladi.
Byudjet innovatsion loyihani moliyaviy nazorat qilish uchun asosiy hujjatdir. U umumiy xarajatlarni nazorat qilish uchun maqsadga muvofiq va samarali, va ma’lum miqdorda moliyaviy mablag‘lar innovatsion loyihani amalga oshirish uchun ishlatilishiga kafolatdir. Xarajatlarga ko‘ra boshqarishni qo‘llashda nazorat va haqiqiy xarajatlarning byudjet tuzishda ko‘zda tutilgan xarajatlar bilan taqqoslanishi nazarda tutiladi. Loyiha byudjeti bir
yilga tuzilib, uni ijrosini tekshirish esa yarim yilda bir marta yoki har kvartalda amalga oshiriladi. Xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlar bir oyda bir marta tuziladi, bu esa rahbarga innovatsion loyiha byudjetining sarflangan mablag‘larini kuzatish imkonini beradi. Xarajatlari byudjetga to‘g‘ri kelmaydigan innovatsion loyiha astoydil tekshiriladi. Innovatsion ishlanmalar natijalari faqat ularni bajarishga sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida belgilanmaydi, shuning uchun xarajatlarni nazorat qilish usuli cheklangan qo‘llanilish sohasiga ega.
Og‘ishlarga ko‘ra boshqarish usuli mohiyati boshqarishning oliy darajasidagi rahbarlar faqat loyiha ustida rejalashtirilgan ish borishidan katta og‘ishlar to‘g‘risidagina xabardor etiladi. Rejadan chiqqan barcha boshqa og‘ishlar innovatsion loyihani boshqarishning tegishli darajasida ko‘rib chiqiladi. Og‘ishlarga ko‘ra boshqarishda quyi darajadagi (bo‘lim, sektor va guruhlar) rahbarlar ular qabul qilgan tezkor qarorlar oqibatlari uchun to‘liq javobgardir. Innovatsion loyihani boshqarishning ushbu usuli bitta katta imtiyozi bilan ajralib turadi: rahbar vaqtini faqat hal qilishda tajriba va bilimlari eng samarali bo‘lgan masalalarga sarflaydi.
Innovatsion loyihalarni samarali boshqarish barcha ushbu usullarni kompleksli qo‘llash bilan erishiladi.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish