A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

 
9-rasm. Dripitek.
Driopitek maymunlar 14 mln. yil oldin yashaganlar. Ularning tishlaridagi 
emalning tuzilishi odam tishlarining emal tuzilishiga o`xshash bo`lgan. Tishlari 
orangutan tishlariga yaqin bo‘lgan. 
Driopiteklardan keyin avstralopiteklar kelib chiqqan. Bular Avstraliya 
maymunlari ma‘nosi - lotinchada ausralis – janubiy, pitheus – maymun demakdir. 
Bu atamani 1924 - yil bu maymunni topgan R. Dart fanga joriy etgan. Dart uni 
birinchi marta Janubiy Arab Respublikasidan topgan bo`lib, keyinchalik 
avstralopiteklar Janubiy va Markaziy Afrikadan ham ko`plab topilgan. 
Avstralopiteklar 9 - 5 mln. yil muqaddam yashagan deb hisoblashadi. 
Bu maymunlar yashagan epoxada Afrikaning tropik o`rmonlari shimol 
tomonga surilib, ular o`rtasini cho`l va savannalar egallaydi. Avstralopiteklar 
natijada ochiq yerda yashashga majbur bo`lganlar. Ochiq yerlarda darranda tishli 
yo`lbarslar haddan tashqari ko`p bo`lgan. Avstralopiteklar bo`yi unchalik baland 
emas, jussasi ham katta bo‘lmagan. Shuning uchun yaqinlashgan dushmanlarni 
ko`rish ular uchun nihoyatda kerak edi. Byning uchun gavdani tik ushlash zarur 
edi. Bundan tashqari tik turish ov qilish uchun ham zarur edi. Tik turib havf - 
hatarni ko`rish boshqa dashtning cho`l hayvonlari yumronqoziqlar, sug`ur 
(surka)lar uchun ham hosdir. Tik turish orqali avstralopiteklar yirtqich hayvonlarga 


67 
tosh otib yoki kaltak bilan haydash va ozuqa tashishi mumkin edi. Avstralopiteklar 
yashagan g`orlarda tuyoqli hayvonlar (antilopalar)ni suyak qoldiqlarini topilishi 
ular ov bilan shug`ullanganligi ko`rsatadi. Go`sht bilan ovqatlanush primatlar 
uchun katta ahamiyatga ega bo`lib, u organizm uchun zarur aminokislotalar 
ayniqsa lizinni o`zlashtirish imkonini tug`dirdi. Bu aminokislota faqat hayvon 
maxsulotlarida bo`lib boshqa mahsulotlarda uchramaydi. Avstralopiteklarda 
yungning asta-sekin reduksiyaga uchrashi ro`y bergan. Chunki issiq hududda yung 
tanani isitib yuborishga olib kelgan. Avstralopiteklar bosh miyyasi 600 sm
3
atrofida bo`lib, ular yaxshi chopa olmaganlar. Avstralopiteklar 5 mln yil shu 
xolatda yashaganlar. Ularni og`irligi 50kg bo`lib, gala bo`lib yashaganlar. R. Dart 
ma‘lumotiga ko‘ra Avstralopiteklar yirtqich bo`lib pavian va boshqa maymunlarni 
tutib iste‘mol qilgan degan fikrni ilgari surgan. 
10-rasm. Avstrolopitek.
Yalang`och holda tanadagi ter orqali Na
+
ioni kop ajralib ketgan. Bu 
yirtqichlikka va vegetarian ovqatlanuvchilarni osh tuzini izlashga majbur etgan. 
Avstralopiteklar tik yurishi bilan bog‘liq holda bolani oson tug`ishga qarama - 
qarshilik yuzaga keladi. Ularni tos suyagi odamlarnikiga o`xshagan bo`ladi va ikki 
oyoqlab yurishga yordam beradi. Urg`ochi maymunlar kichik boshli bolalar 
tug`ishda davom etgan. Bu davrda yirik boshli bolalar tug`ish bo`yicha 
Avstrlopiteklar o`rtasida tabiiy tanlanish ketadi. Chunki bosh miyasi nisbatan 
kattaroq tug‘ilgan bolalar keyinchalik ov qurollaridan foydalanishda va jamoa 
bo`lib ov qilishda, yirtqich hayvonlardan himoyalanishga ko`proq layoqatli bo`la 
boshlagan. Yirik boshli bolalarni tug`ish ayollarda qiyinchilik tug`diradi. Chunki 


68 
tug`ilgan bolasining miyyasi 360 - 370gr va 8 - 9 oyda esa ikki hissa ortadi va 
gorilla maymuni miyyasidan ham og`ir bo`ladi.
Hozirgi davrda Xabashistonda topilgan avstralopiteklarni suyak qoldiqlari 
yaxshi o`rganilgan. Ularning bo`yi 110 - 120 sm bo`lib, ikki oyoqlab yurgan, 
tishlari odam tishlariga o`xshash bo`lgan. Ular 3,5 - 4 mln. yil oldin yashagan.
Keyinchalik avstralopiteklar ikki tarmoqqa ajralgan. Afrika avstralopiteklari 
va bahaybat gavdali avstralopiteklar. 
1) Afrika avstralopiteklari va ular unchalik yirik bo`lmagan, ular har xil ovqatlar 
bilan ovqatlanganlar. Ular Afrikaning hamma qismida tarqalgan. Ularning ba`zilari 
Janubiy afrikani tog`li o`rmonlarida va cho`llarida, dashtlarida hozirgi odamlar 
paydo bo`lguncha yashaganlar.
1) Ikkinchi tarmoq bahaybat gavdali avstralopiteklar bo`lib, ular o`simliklar bilan 
oziqlanadi, jag‘ tishlari yirik bo‘lgan va dag`al o`simliklarni chaynashga 
muvofiqlashgan. Ular butun Afrika qit`asi bo`ylab tarqalgan, 1mln.yil oldin 
uchragan. Undan avval Afrika avstralopiteklaridan yoki uning dastlabki 
formalaridan odam avlodi ajralgan.
XX asrning 60-yillarida ko`p paleontologlar avstralopiteklarni 1 mln.yil ilgari 
yashagan degan tahminni ilgari surishgan. Shunday yosh pitekantrop va 
sinantroplarga ham hos bo`lib, ular eng qadimgi odamlar sanaladi. Binobarin 
avstralopiteklar eng qadimgi odamlar bilan yashaganligii sababli ularning ajdodi 
bo`lishi mumkin emas degan fikr keng tarqalgan edi. Ular evolyusiyaning boshi 
berk ko‘chasi degan fikr tarqalgan edi. Keyin Sharqiy Afrikada 30 - 40yillarda 
ekspeditsiya tashkil etgan paleontolog Lusis Likining tadqiqoti bu fikrning asossiz 
ekanligini ko`rsatdi. 1959 - yil L. Liki Oldovay darasi, ya`ni tog` oralig`ida 
avstralopiteklarga o`xshash maymunlarni suyak qoldiqlarini topdi va uni zinjantrop
ya‘ni sharqiy Afrikaning arabcha nomi bilan atagan. U 1,75 mln. yoshli yer 
qatlamlaridan topilgan. 1960 - yil L. Liki undan ham pastki qatlamdan (2 
mln.yoshli) maymunlarning suyak qoldiqlarini topib unga prezinjantrop, ya‘ni 
zinjantropdan oldingi deb nom berdi. U zinjantropga nisbatan ancha taraqqiy 


69 
etmagan maymun edi. Prezinjantrop suyaklari atrofidan uning tosh qurollari ham 
topilgan. Shuning uchun unga uquvli odam Xomo habilis deb nom berdi. 
Xabashistonda Omo daryosini vodiysida L. Liki va uning o`g`li Richard Liki 
1967-1971 yillarda 4 mln. yil qadimgi, 1976 - yil Keniyada Amerika ekspe-
ditsiyachilar tomonidan avstralopitekning pastki jag`ini 5,5 mln.yer qatlamidan 
topishdi. 1973-1976 yillar Xabashistonda 3,1 mln. yil oldin yashagan qadimgi yer 
qatlamidan avstralopitek oilasining to`liq skeleti topildi. 
Bu va shunga o`xshash avstralopiteklarning qadimgi vakillari uchlamchi 
davrini oxirida ya`ni bundan 5 mln. yil ilgari yashaganligidan guvohlik beradi. 
Ular uquvli odam ajdodi bo`lishi mumkin. 
Dastlabki tosh qurollar uquvli odamga tegishli bo`lib, u bundan taxminan 3 
mln. yil muqaddam yashagan prezinjantropga tegishli. U tabiatdagi tayyor tosh, 
shoxlardan qurol sifatida foydalanishni bilganlar. Zinjantrop Homo habilisni o`ljasi 
sanalgan. Uquvli odam avstralopiteklardan kam farqlangan. Miyya hajmi 650-680 
sm
3
ya‘ni Avstralopiteklar miyyasidan 150 sm
3
ortiqcha. Uning bo`yi biroz 
balandroq bo`lgan 13-150 sm. Salgina egilib yurgan.

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish