A. T. G‘ofurov, I. T. Azimov, U. E. Raxmatov



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/113
Sana08.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#643077
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113
Bog'liq
fayl 1454 20210811

 
 


172 
22§. 
Ibtidoiy odamlarning turmush kechirish xillari 
Tayanch tushunchalar va bilimlar: 
arxantrop, sinantrop, pitekantrop, 
paleontrop, geydelberg, neandertal, neontrop, kromanon, Homo erectus, Homo 
sapiens. Odamning kelib chiqish markazlari. Monosentrizm va polisentrizm 
Bundan taxminan 1.7 mln yil muqaddam pleystosen, ya‘ni muzliklar davri 
boshlangan. Pleystosen davridagi odam evolyutsiyasini olimlar shartli ravishda 
uch: arxantrop, paleoantrop va neoantroplarga bo‘ladilar. 
Arxantroplar 
– petikantrop - sinantroplar bo‘lib, hozirgi vaqtda 
antropologlar ularni Homo eruktus turiga kiritadilar. Arxantroplardan keyin paydo 
bo‘lgan odamlarni paleantroplar degan yig‘ma atama bilan ataydilar. Chunki u 
bilan geydelberg odami va neandertal odamini birgalikda tushunadilar. XX asrning 
60-yillaridan boshlab hozirgi zamon tipidagi odamlarni Homo sapiens sapiens, 
neandertal odamlarni Homo sapiens neandertalensis deb atala boshlangan.
Lekin bunday ajratish munozarali hisoblanadi. Chunonchi klassik neandertal 
bilan hozirgi odamlar DNKsini taqqoslash tufayli ular orasidan hozirgi irqlar 
orasidagi farqga nisbatan uch hissa ko‘p ekanligini ko‘rsatadi. Skelet tuzilishi ham 
neandertallar bilan hozirgi odamlar skeleti ancha farq qiladi. Bu esa hozirgi 
odamlarni Homo sapiens deb atash maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.
Turkan Afrikan ko‘lining g‘arbiy va sharqiy qirg‘oqlaridan topilgan 
suyaklarini tekshirgan olimlar arxantroplar bundan 1.8 mln yil ilgari paydo 
bo‘lgan, degan fikrga keldilar. 1.7-0.5 mln yil oldin yashagan arxantroplar suyak 
qoldiqlari, ayniqsa, bosh miya qutisini tekshirish natijasida ularga Homo erektus 
turi deb atashning maqbulligini ko‘rsatdi. Dastlabki yarim million yillar davomida 
arxantrop faqat Afrikada, keyinchalik yaqin Sharqda, hatto, Kavkazda ham 
topilgan. 
Ularning suyaklari Gruziyaning Djumanne degan joyidan ham topilgan. 
Bundan 1.2 mln yil oldin erectus Yava oroliga tarqalgan bo‘lib, ular 1.4 mln yil 
muqaddam Yevropaga ham tarqalgan. 


173 
1984- yil Gollandiyalik vrach Akaha Dyuegeo Yava orolining Solo daryosi 
yaqinida maymun odam - petikantropning suyak qoldiqlari miya qutisining yuqori 
qismi, keyin son suyagini topadi va unga petikantropus erektus deb nom beradi. 
Petikantroplar million yillar ortiqroq vaqtda yashagan va keyingi vaqtlar 
keng maydonda butun Afrika, janubiy Yevropa, Osiyoning kop qismida tarqalgan 
bo‘lishiga qaramay, ularning populyatsiyalari bir-biridan tabiiy to‘siqlar suv, 
tog‘lar bilan alohidalashgan holda bo‘lgan. Shunga qaramay ularning ichki 
tuzilishi bir xil bo‘lgan va morfologik jihatlari ham o‘xshash bo‘lgan. 
Erectus turiga, ya‘ni arxantroplarning ko‘pchilik vakillarining skeleti odam 
skeletiga o‘xshash. U, ayniqsa, son, yelka, bilak suyaklarining uzunligida ko‘zga 
tashlanadi. Dastlabki gominidlarga erectus tanasining kattaligi erkak va ayol 
o‘rtasida gavda tuzilishdagi hajmiga ko‘ra farqni ortganligi bilan xarakterlanadi.
Bundan tashqari erektuslarda daraxtda yashashga moslashish bo‘lmagan. 
Shu bilan birga tos suyak, umrtqasi hamda oyoq suyaklarida ba‘zi tafovutlar 
arxantroplarning qadimgilar bilan keyingilar o‘rtasida tafovutlar borligini bildiradi. 
Arxantroplar evolyutsiyasida bosh suyagi tepa qismining ko‘tarilishi hisobiga miya 
hajmi 1000 sm
3
bo‘lganligi aniqlangan. (rasm) Miya hajmining katta bo‘lishi 
xususida ikki xil fikr bor. Ba‘zi olimlar erectus evolutsiyasi davomida miya asta-
sekin ortib borgan desalar, boshqa olimlar esa arxantroplar paydo bo‘lishi 
jarayonida bosh miya sakrash yo‘li bilan keskin kattalashgan, keyinchalik 
arxantroplar miyasida paleantroplar paydo bo‘lgunga qadar ko‘zga ko‘rinarli 
o‘zgarishlar yuz bermagan deydilar. 
Miya hajmi o‘zgargan bo‘lishiga qaramay peshanasi qiya past, suyaklari 
qalin, uning kengligi neandertal va hozirgi odamlarnikidek kalla skeleti o‘rtasida 
emas, balki avstralopiteklar kalla skeletining o‘zagiga to‘g‘ri keladi. Jag‘ tishlari 
hozirgi odamlarnikidek yirik bo‘lgan.


174 
Antrapologik dalillarga ko‗ra arxantroplar har holda keyinchalik 
boshlang‘ich nutqqa ega bo‘lgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. 
Chakka, yuqorigi jag‘ va og‘iz tuzilishi bo‘yicha ular maymunlarga 
qaraganda odamlarga yaqin turadi. Arxantrop suyaklari bilan birga ko‘pgina tosh 
qurollar topilgan. Ularning ba‘zilari homo habilisning qurollariga o‘xshash, 
ba‘zilari esa anchagina takomillashgan qurol bo‘lgan.
Bu qurollar Fransiyaning Sent-Ashol joyidan ko‘plab topilgan. Lekin 
Janubiy-Sharqiy Osiyodagi joylarga erectus suyaklari topilsa ham tosh qurollar 
topilmagan. Hozirgi paytdagi ko‘pchilik antropolog olimlar har xil geografik 
arxantrop populyatsiyalardan faqat Afrika populyatsiyasi hozirgi zamon odamlari 
kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan degan fikrni quvvatlaydilar.
Boshqa olimlar polisentrizm g‘oyasini himoya qilib, hozirgi odam Afrika, 
Osiyo va Evropa erektuslaridan kelib chiqqan degan g‘oyani himoya qiladilar. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish