Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida kreditlash mexanizmi
Bugungi kunda respublikamizda qishloq xo'jaligi korxonalarining samarali faoliyat ko'rsatishi va qo'shimcha moliyaviy mablag' bilan ta’minlashda kreditlash mexanizmi muhim ahamiyatga ega.
Xo'jalikni kreditlash, asosan:
—davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo'jaligi mah- sulotlari paxta va g'alla yetishtirish bo'yicha hisob-kitoblar uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi maxsus jamg'ar- ma hisobidan;
suv ta’minoti, o'simliklar kasalligi, hasharot va zararkunandalarga qarshi kurashish, chorva mollarini davolash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish masalalari Respublika budjeti hisobidan;
—xo‘jaliklami ishlab chiqarish-moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish vositalari, texnika vositalari va aylanma mablag'larni sotib olish uchun tijorat banklarining o'z mablag'i va budjetdan tashqari jamg'armalar hisobidan;
—turli tadbirlar yoki maqsadlar uchun mamlakatamiz, shuningdek, chet el tashkilotlari ajratadigan mablag'lar va grantlar hisobidan;
qishloq xo'jaligi texnika vositalarini lizing asosida xarid qilinishi uchun lizing kompaniyasi tomonidan ajratiladigan mablag'lar;
hamkorlikda korxona va tashkilotlarning maqsadli zayom, kredit yoki bo'nak mablag'lari hisobidan;
xo'jalik subyektlari a’zo bo'lgan kredit uyushmalari hisobidan ajratiladigan mablag'larxo'jaliklarning shaxsiy mablagiari hisobidan amalga oshiriladi.
Xo'jaliklarni tijorat banklari orqali kreditlash yo'li bugungi kunda respublikamizda katta o'rinni egallaydi. Qishloq xo'jaligini kreditlash, asosan: «Agrobank», «Mikrokreditbank», «Turonbank», «Savdogar- bank», «Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki», «Asaka bank», «Ipoteka banki», «O'zsanoatqurilish banki» va shunga o'xshash 30 dan ortiq boshqa turli tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.
Fermer xo'jaliklarini qo'llab-quwatlash jamg'armasi kredit liniyalari tomonidan yo'naltirilgan investitsiyaviy loyihalar turlari:
dehqon va fermer xo'jaliklarining o'z ishlab chiqarishini rivojlan- tirish va kengaytirish, shu jumladan:
qishloq xo'jaligi texnikasini sotib olish;
fermerlik inshootlarini qurish;
—chorva mollar, yosh chorva moUari, parranda, yem-xashak va oinuxta yem, veterinariya dori-darmonlari, o'simliklar, o'simliklami kimyoviy himoya qilish vositalari, mineral o'g'it, urug'lik, ko'chatlar sotib olish;
qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash;
qishloq joylarida eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni ustuvor ravishda tashkil qilishdan iborat.
Fermer xo'jaliklari jamg'armalari mablag'lari hisobidan imtiyozli kredit olishlari uchun quyidagi hujjatlar to'plamini topshirishlari lozim:
respublika fermer xo'jaliklarini qo'llab-quwatlash jamg'armasi kredit liniyasidan imtiyozli kredit olish haqida ariza;
biznes-reja;
davlat soliq xizmatining joylardagi mahalliy tashkiloti tomonidan tasdiqlangan so'nggi hisobot davri bo'yicha (shakl 1) buxgalterlik balansi hisoboti;
debitor va kreditoriik qarzlari haqida (shakl 2 a) ma’lumotnoma;
—moliyaviy yakunlar haqida (shakl 2) hisobot.
Shuningdek, fermer bankka kreditning qaytarilishini ta’minlovchi quyidagi hujjatlami taqdim etadi:
mulkni garovga qo'yish;
bank yoki sug'urta tashkilotining kafolat xati;
qarz oluvchiga nisbatan uchinchi shaxsni notarial idorasi tomonidan tasdiqlangan kafolat xati;
sug'urta kompaniyasining qarz oluvchi tomonidan qarzni to'lay olmaslik xavfini sug'urtalash haqidagi sug'urta polisi;
—mahalla, qishloq, ovul yig'ini tomonidan berilgan kafolat xati.
Taqdim etilgan bu hujjatlar Nizom bo'yicha belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilishi, ya’ni:
o'zining tizimidagi bo'limlari va tijorat bo'limlari bo'lmagan, shuningdek, xususiy banklar uchun 10 ish kuni;
—respublika bosh banklari uchun ariza berilgan kundan e’tiboran 20 ish kuni belgilangan.
Qishloq xo‘jaligida lizing va undan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |