Investitsiyalarni turkumlashtirish belgilari
1
Mablag' kiritish obyektlari bo'yicha
|
2
Investitsiyalash- dagi ishtiroki bo'yicha
|
3
Investitsiya- lash davri bo'yicha
|
4
Investisiyaviy resurslarning mulkchilik shakli bo'yicha
|
5
Mintaqaviy belgisi bo'yicha
|
IS «3
II e| - pm cr Ю s s?
N £
P -S
I 1
Л .b
Л 5Л cr
M £
O'®
3
X
1-rasm. Investitsiyalaming turli belgilar bo‘yicha turkumlanishi.
Tadbirkorlik faoliyati obyektlariga investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, investitsiyalami tahlil qihsh va rej alashtirishda, ularni 11.1 -rasmda ko'rsatilgan belgilar bo'yicha turkumlashtirish muhim hisoblanadi.
Xalq xo'jaligi tarmoqlari qatori agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida investitsiyalaming o'mi benihoya kattadir.
Birinchidan, investitsiya umumiy xarajatlaming eng asosiy unsuridir. Investitsiyalardagi o'zgarish umumiy taklifga sezilarU darajada ta’sir qiladi, bu esa, o'z navbatida, milliy ishlab chiqarish hajmiga va aholi bandligiga ta’sir ko'rsatadi.
Ikkinchidan, investitsiyalar agrosanoat majmuasi korxonalarining asosiy vositalarining yig'ilishiga olib keladi. Bunda ishlab chiqarish
quwatlarini kengaytirishga qo‘yilgan pul mablag'lari boshlang'ich bosqichda xo'jalik faoliyati natijalariga sezilarli ta’sir ko'rsatmasligi mumkin, lekin keiajakda iqtisodiy o'sish uchun kerakli manbani yaratadi.
Uchinchidan, investitsiyalardan oqilona foydalanmaslik ishlab chiqarish resurslarining «muzlab» qolishiga olib keladi, bu milliy ishlab chiqarish hajmining kamayishiga, oxiriga yetkazilmagan qurilish, moddiy resurslarning «o‘lishi»ga, moddiy boyliklar bilan ta’minlanma- gan ish haqini to'lashga, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishiga sabab bo'lishi mumkin.
Qishloq xo'jaligiga investitsiyalaming kiritilishini yo'lga qo'yish va u bosqichma-bosqich olib borilishi, investitsiyalaming o'sishi tarmoq ishlab chiqarishining samaradorligining oshishi, unda sarmoyadan olinadigan foydaning ko'payishi bilan bog'liq.
Agrosanoat majmuasi korxonalari va fermerlar foydalanishi mumkin bo'lgan investitsion resurslar manbalari
Korxona moliyaviy resurslarining barcha manbalarini quyidagi ketma- ketlikda aks ettirish mumkin:
o'z moliyaviy resurslari va ichki xo'jalik zaxiralari;
qarz moliyaviy mablag'lari;
aksiyalami sotish, pay va boshqa turdagi badallardan olinadigan, jalb qilingan moliyaviy mablag'lar;
korxonalar uyushmalari tomonidan markazlashtirilgan moliyaviy mablag'lar;
nobudjet fondlari mablag'lari;
Do'stlaringiz bilan baham: |