Respublikada sifatli donyetishtirish davlat tomonidan rag‘batlantiriladi.
Yumshoq bug'doy doni I-sinfga qabul qilinsa, uningxaridnarxi 5-sinf donining xarid narxiga nisbatan 98 %, 4-sinfga nisbatan 55 %, 3-sinfga nisbatan 34 % sifat uchun ustama haq to'lanadi. Sababi, yuqori sifatli bug‘doyning 100 kg
unidan 115 kg non, sifatipastroq bug‘doynikidan 91 kg non olinadi. Sifatli bug'doy unidan 20—25 % sifatipastroq bug'doy uniga qo'shilsa, sifatipastroq bug'doy uni ham non yopishgayaroqli bo ‘ladi. Shuning uchun yuqori sifatli bug'doy doniga jahon bozorida talab katta.
Donchilikning qo'shimcha mahsulotlari (somon, poxol, poya va h.k.)dan chorva ozuqasi, to'shama, organik o‘g‘it, qog‘oz va boshqa sanoat tarmoqlarida xomashyo sifatida foydalanish ham yuqori iqtisodiy samara beradi. Donchilikning asosiy va qo'shimcha mahsulotlarini ko'paytirish va sotishni tashkil etish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholini arzon oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun qulay sharoit yaratadi. O'zbekiston tabiiy iqlim sharoitida kuzgi g'alla ekilgan maydonlarda ikkinchi ekin sifatida chorva ozuqasi, kartoshka va sabzavotlar yetishtirib mahsulotlar olish mumkin.
Donchilikni intensiv rivojlantirish yer, suv va boshqa resurslar potensialidan samarali foydalanishga sharoit yaratadi. Tarixiy davrlarda O'zbekistonda donchilikning rivojlanish darajasi bozor iqtisodiyoti hamda mustaqil rivojlanish talablariga to'la javob bermagan.
O'zbekistonda 15—20 turdagi madaniy g'alla ekinlari 2,5—3 ming yillardan buyon ekiladi. Mustaqillik davrlarigacha jami qishloq xo'jaligi ekinlarining 70 foizi don ekinlari bo'lgan. Mamlakat bo'yicha don ekinlarining 60,6 foizi bug'doy, 17,7 foizi arpa, 10,4 foizi sholi ekiniga to'g'ri kelgan. Don ekinlarining, shu jumladan, asosiy ekinlaming o'rtacha hosildorligi past bo'lgan. Masalan, barcha turdagi don ekinlarining o'rtacha hosildorligi 6,65 s ga, shu jumladan: bug'doy
— 6 s ga, sholi — 13 s ga, makka — 10,2 s ga bo'lgan.
Hosildorlikka kompleks omillar ta’sir etgan, albatta yerni ekishga tayyorlashda omochdan foydalanilgan, mineral o'g'itlar solinmagan, bug'doy ekinining asosiy qismi kam sug'oriladigan yoki lalmikor maydonlarda yetishtirilgan. Yuqorida ko'rsatilgan davrda g'allachilikda asosan ekstensiv omiidan foydalanilgan. Mustaqillik davrlarigacha aholi jon boshiga 236 kg don, shu jumladan, 118 kg bug'doy, 4,8 kg guruch ishlab chiqarilgan. Binobarin, respublikaning o'z don mahsulotlari hisobiga aholini don mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishi boshqa tarixiy davrlarga nisbatan yuqori darajada bo'lgan.
Sohani rivojlantirishda moddiy-texnik ta’minot masalasiga eng ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralayotgani sababli qishloq xo'jaligiga importga 1149 dona VT—150 va T—4A rusumidagi zanjirli va 459 ta MXM—140 rusumli haydov traktorlari hamda 386 ta yuqori unumli CLASS kompaniyasining «Dominator—130» rusumli don o'rish kombaynlari olib kelindi. Lizing asosida qishloq xo'jalik korxonalariga jami 48,9 mlrd so'mlik 3459 dona turli xildagi texnikalar yetkazib berildi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish bilan bog'liq barcha tadbirlar shartnoma asosida tashkil etilmoqda. Jami 6 mln 611 ming tonnadan ziyod g‘alla ishlab chiqarilib, uning 2 mln 812,8 ming tonnasi, 112,5 foiz (2533,2 ming tonna) davlatga sotildi, bunda 293,5 ming tonna urug‘lik donni tashkil etdi. Bunda barcha toifa maydonlarida gektariga o‘rtacha hosildorlik 45,4 sentnerni, shu jumladan, sug‘oriladigan maydonlarda 51,2 sentnerni tashkil qildi.
G'allachilik bo'yicha jami 1 trln 294,8 mlrd so‘m daromad olinishiga va 24,7 foiz rentabellikka erishildi.
Respublika bo'yicha ishlab chiqarilgan g'allaning 80—85 foizini bug‘doy tashkil qiladi. Aholining talabiga yarasha bu mahsulotlar respublikada ishlab chiqariladi. Chorva hayvonlarining to‘yimli don ozuqalariga bo'lgan talabining 30-40 foizi respublikada ishlab chiqariladi, qolgan qismi esa paxta kunjarasi, sheluxasi va boshqa qo'shimcha sanoat mahsulotlari bilan to'ldiriladi.
Barqaror yuqori hosil olish kompleks texnologik ishlarni sifatli va qisqa muddatlarda bajarishni talab etadi.
Rejalashtirilgan hosilga, tuproqning agrokimyoviy ko'rsatkichlariga, o'simlikning nam bilan ta’minlanish darajasiga qarab mineral va organik o‘g‘itlardan foydalanish miqdori aniqlanadi. O'zbekiston sharoitida sug'oriladigan yerlarda 1 tonna bug'doy va shunga muvofiq somon hosili olish uchun, tumanlashtirilgan navlarga 34-37 kg azot, 11—12 kg fosfor, 23-25 kg kaliy solinadi. Odatda, ulardan foydalanish darajasi ob-havo, tuproq sharoiti, navning biologik xususiyati, ekish muddati, tup qalinligi va boshqa omillarga bog'liq holda o'zgarishi mumkin.
Bug'doydan yuqori hosil olishning real imkoniyatlaridan biri almashlab ekishdir. Kuzgi bug'doyni ikki yildan ortiq joylashtirish, dalada begona o'tlaming, kasalliklaming hamda zararkunandalarning ko'payishiga, tuproq unumdorligining, binobarin, hosildorlikning pasayishiga va don sifatining buzilishiga olib keladi. Ayniqsa, kuzgi bug'doy urug'lik uchun ekilganda uni boshoqli don ekinlaridan keyin joylashtirishga yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Kuzgi bug'doy uchun beda va boshqa chorva ozuqa ekinlari, kartoshka, sabzavot va dukkakli don ekinlari samarali o'tmishdosh hisoblanadi. Ayni paytda shu ekinlar uchun kuzda ekilgan bug'doy ham, o'z navbatida, o'tmishdosh ekindir.
Uzoq muddatlarda bug'doy-g'o'za almashlab ekishning joriy etilishi tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladi, natijada me’yordan ortiqcha mineral o'g'itlardan foydalanishga zaruriyat tug'iladi, yerning ekologik holati yomonlashadi.
Kuzgi bug'doy hosilini oshirish ilg‘or sug'orish rejimidan foydalanishga bevosita bog'liq. Tuproqda nam to'plash maqsadida o'tkazila- digan sug'orishni yerni haydashdan oldin amalga oshirish yuqori samara beradi.
Bunday dalalarda ekilgan urug'lar qisqa vaqtda bir tekis unib chiqadi, o'simlikning yer ustki qismi hamda ildiz qismi mustahkam rivojlanadi va natijada hosildorlikning oshishiga oiib keladi.
Amaliyotda tuproqda nam to'plash uchun sug'orish urug' ekilgan- dan keyin o'tkaziladi. Bunday dalalarda, odatda, tuproq yoriladi, ildizlar uziladi, o'simlikning rivojlanishi susayadi, natijada hosildorlik pasayadi, o'simlikning suvga bo'lgan talabi uning hayotini dastlabki kunlaridanoq paydo bo'ladi. Suvga bo'lgan eng ko'p talab naychalash, boshoqlash fazalariga to'g'ri keladi.
O'simlikning suvga talabini barqaror ta’minlash uchun tuproqning namlik sig'imi 70—80 foizdan kam bo'lmasligi kerak. Buning uchun, ya’ni tuproqda nam to'plash uchun sug'orish gektariga 1200 m3, o'sish davrida 700—750 m3 hajmida 3-4 marta sug'orishni o'tkazish tavsiya etiladi. Pishish oldidan gektariga 250—300 m3 hajmida yengil sug'orishni o'tkazish hosilni oshirishga qulay sharoit yaratadi.
Ekish oldidan nam to'plash va o'simlikni o'sish davrida sug'orishning jo'yaklar orqali amalga oshirilishi, o'qariqlar oralig'i 100 m dan oshmaganda ham yuqori hosil olish imkoniyatini beradi.
Kuzgi bug'doy 1 t don hosil qilishi uchun o'rtacha 700 —1000 m3 suv sarflaydi. Suv bilan ta’minlanish optimallashib borishi bilan 1 t don hosil olish uchun sarflangan suv miqdori ham kamayib boradi, natijada sug'oriladigan g'allachilik samaradorligi ko'tariladi.
Yuqori hosil olish omillaridan yana biri uni qisqa muddatlarda yig'ib- terib olishdir. Masalan, kuzgi bug'doy pishib yetilgach, 8—12 kunda o'rib- yanchib olinishi zarur. Agar uning muddati kechiktirilsa hosilning bir qismi nobud bo'ladi (dalalarda qolib ketadi). Ayrim xo'jaliklarda nobud bo'lgan hosil sifatli sug'orish va o'g'itlashdan olinadigan qo'shimcha hosildan ham ko'p bo'ladi va tarmoqning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hosilni yig'ishtirishda kombaynlardan guruh usulida foydalanish samarali hisoblanadi. Ang'iz ekinlari tuprog'ini tayyorlash eng qulay muddatlarda o'tkaziladi, ularni ekish muddati qisqaradi va hosildorligi oshadi. Demak, yuqori hosil yaratish uchun barcha texnologik jarayon- lar o'z vaqtida va sifatli o'tkazilishi zarur. Chunki, samaradorlik hosilni yaratish, yig'ib olish bilan bevosita bog'liqdir.
Ma’lumki, g‘allachilikning iqtisodiy samaradorligi 1 s mahsulotning to‘Iiq tannarxi va uni sotish bahosi hamda rentabellik ko'rsatkichlari asosida baholanadi. G'allachilikda ishlatiladigan asosiy va aylanma vositalarga ko'tara hamda chakana baholarning oshishi, nominal brutto, mehnat haqqi fondi, undan hisoblanadigan ajratmalar, soliqlar va to'lovlar hajmining
ko'payishi hisobiga barcha turdagi 1 s g'allaning tannarxi qishloq xo'jalik korxonalarida oshishi sodir bo'ladi.
1 s g'alla tannarxi va uni sotish bahosining o'sishi o'rtasida muta- nosiblikning saqlanmasligi oqibatida tannarxga kiritilgan xarajatlaming rentabelligi ko'pchilik korxonalarda past darajada bo'lishi yoki zarar bilan ishlashi kuzatiladi.
Korxonalarda g'allachilikda mehnatni tashkil etish va unga haq to'lash, moddiy manfaatdorlik va javobgarlik tamoyillaridan foydalanish samaradorligi kuchaytiriladi.
Donchilikda aniqlanadigan samaradorlik ko'rsatkichlari bozor iqtisodiyoti qonunlari mexanizmlari va kategoriyalaridan oqilona foyda- lanish talablariga to'laroq javob berishi lozim. Buning uchun, mavjud real imkoniyatlardan oqilona foydalanishni tezlashtirish bozor iqtisodiyoti sharoitidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, tovar mahsulotlarining sotish baholarini erkin va shartnoma asosida tashkil topishiga, g'allakorlarning mehnat natijalariga qarab haq to'lanishiga erishish zarur.
Paxtachilik iqtisodiyoti va boshqaruvi
Yeryuzida 80gayaqin. O'zbekistonda esa 40 gayaqin texnik ekinlar ekiladi. Ularning ichida g'o'za asosiy ekin hisoblanadi. G'o'zayetishtirishdanpaxta xomashyosi va g'o ‘zapoya olinadi. Paxtaxomashyosini birlamchi qayta ishlash jarayonida undan paxta tolasi va chigit olinadi.
Paxtachilik universal tarmoqqa aylanib bormoqda. Uning asosiy mahsulotlari paxta xomashyosi va poyasini qayta ishlash jarayonida *1200 dan ortiq sanoat mahsulotlari olinadi. O'zbekiston to'qimachilik
sanoati xomashyosi balansida paxta tolasi 70 foizni, o'simlik yog'- moy sanoati balansida — chigit 90 foizni tashkil etadi. Paxta tolasini jahon bozorida sotish jarayonida 0‘zbekistonning valuta fondi ko‘- payadi, yangi texnika va texnologiya sotib olish imkoniyati mustah- kamlanadi hamda iqtisodiy taraqqiyot tezlashadi.
O'zbekiston paxtachiligida istiqbol vazifa uning yalpi hajmini keskin kamaytirmaslik, sifatini yaxshilash, asosiy qismini mintaqada qayta ishlash hisoblanadi. Paxtachilik va u bilan bog'liq bo'lgan xalq xo'jaligi tarmoqlarini intensiv rivojlantirish, mavjud mehnat, yer, suv va boshqa moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi, respublika iqtisodiyotining barqaror o'sishiga real sharoit yaratadi.
O'zbekistonda unumdor yer, ayniqsa, suv resurslari chegaralangan. Mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, birinchi navbatda, har bir gektardagi paxtadan olinadigan hosildorlikni oshirish hisobiga erishiladi.
Hosildorlikni oshirish agrotexnologik jarayonlarni sifatli va qisqa muddatlarda bajarish bilan bog'liq. Tarmoqni tashkil etishning barcha davrlarida va istiqbolida ham yuqori hosil olish uchun paxtachilikning xususiyatlarini hisobga olib, dastawal almashlab ekishni ilmiy asosda amalga oshirish lozim. Uzoq yillar g'o'za va beda almashlab ekish tavsiya etilgan edi. Natijada tuproq unumdorligi saqlanadi, ekin maydonlari begona o'tlardan va kasalliklardan himoya etiladi, ulaming sho'rlanish darajasi pasayadi. Mustaqil rivojlanish yillarida g'o'za- don, g'o'za-yem-xashak va boshqa ekinlar bilan almashlab ekish ham amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotlarning natijalariga ko'ra, bir tonna paxta yetishtirish uchun o'rta hisobda 50-60 kg azot, 15—20 kg fosfor, 50-60 kg kaliy sarflanadi. Ular organik o'g'itlar bilan birga qo'llanilganda, mineral o'g'itlarning iqtisodiy samaradorligi ancha yuqori bo'ladi. Paxta ekiladigan maydonlarda har 3-4 yilda bir marta 20-30 tonna go'ng solish yaxshi samara beradi. G'o'zani oziqlantirishda mineral o'g'itlarga chirigan va elangan go'ng aralashtiriladi. Bunda 1 kg ammiakli selitraga 2-2,5 kg, 1 kg superfosfatga 6-7 kg, 1 kg ammofosga 1,5-2 kg go'ng qo'shish yuqori samara beradi. Organik o'g'itlar paxtachilikning barcha mikroelementlarga bo'lgan talabni qondirishni ham kuchaytiradi.
Paxta xomashyosining iqtisodiy samaradorligi uni sotish bahola- rining tashkil topish darajasiga bevosita bog'liq. Bu mahsulotning davlat iqtisodiyotidagi ahamiyati hisobga olinib, ko'tara xarid baholari- da sotiladi. Uni belgilashda biologik navlarning tola tiplari va sanoat 225 15 — Samatov, G‘. A. va boshq.
assortimenti asos qilib olinadi. Uning darajasiga jahon bozorida tashkil
topadigan o‘rta baholar ham ta’sir etadi. O'zbekistonning mustaqil rivojlanish yillarida paxta xomashyosining o'rtacha bahosi oshib bormoqda.
Sabzavotchilik, bog‘dorchilik iqtisodiyoti va boshqaruvi
Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin tumi o‘z ichiga oladi, shundan 40 ga yaqini XX asrdan boshlab O'zbekistonda ekiladi. Ular morfologik va biologik belgilari, hosildorligi, sotish baholari bo'yicha keskin farq qiladi. Shuning uchun sabzavotchilikning rivojlanish darajasi, ayniqsa, ularni tahlil qilish va baholash o'ta murak- kab hisoblanadi. Yer yuzida, shu jumladan, O'zbekistonda madaniy ekinlardan sabzi, sholg'om, lavlagi 2 ming yildan, piyoz va bodring 4 ming yildan beri ekiladi. Sabzavotchilikning biologik xususiyatlarini hisobga olib, ochiq va yopiq maydonlarda o'stirish usullari qo'llaniladi. Ko'pchilik sab- zavotlar nisbatan sermehnat resurslar poten- sialiga, ayniqsa, quyosh nuriga va suvga talab- chan ekinlar tarkibiga kiradi. Bu tarmoqni intensiv rivojlantirish mehnat, sug'oriladigan yer va boshqa resurslardan foydalanish sama- radorligini oshiradi. Ko'pchilik ekinlardan 2 marta hosil olish imkoniyati tarmoqning samaradorligini keskin oshiradi.
Ko'pchilik ho'l sabzavotlar, biokimyoviy jihatidan tarkibida suv ko'p bo'lgan mahsulotlar guruhiga kiradi. Sarimsoq tarkibida 64— 65 foiz, sabzida 85—86 foiz, pomidorda 93— 94 foiz, bodringda 95—96 foiz suv mavjud. Shuningdek, bu sabzavotlar tarkibida oqsil kam bo'ladi. Mos ravishda, sarimsoq tarkibida 6—7 foiz, sabzida 1,1—1,2 foiz, pomidorda 1,0—
1, 1 foiz, bodringda 1,0 foiz oqsil moddalari mavjud.
Ularda yuqori darajada kaloriya ham hosil bo'lmaydi. Sabzidan — 502, pomidordan — 215, bodringdan — 14 kaloriya, 1 kg sarimsoqdan 1325—1330 kaloriya issiqlik ajraladi. Ko'pchilik ho‘l sabzavotlarda kletchatka ham kam hosil bo‘ladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, sabzavot mahsulotlari inson organizmi uchun o'ta zarur bo'lgan biologik aktiv moddalar, vitaminlar, fermentlar, mineral tuzlarga boydir.
Ba’zi sabzavotlar, ayniqsa piyoz, sarimsoq, shivit, petrushka va turp tarkibida fitotsidlar ko'pdir. Ular iste’mol qilinganda odam orga- nizmini turli xil infeksiyalardan tozalaydi, yuqumli kasalliklardan himoya qiladi.
Ko'pchilik sabzavotlar tarkibidagi har xil vitaminlar, kisiotalar, efir moylari, xushbo'y moddalar ishtahani ocliadi, yog' va oqsilli mahsulotlarni inson organizmida to'laroq hazm bo'lishiga yordam beradi. Tarkibida С vitamini ko'proq bo'lgan sabzavotlami iste’mol qilish otganizmni kam qonlilikdan muhofaza qiladi, aterosklerozni susaytiradi.
Sabzavot mahsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar
kraxmal, saxaroza, glukoza, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil etadi.
Sabzavotlarning inson salomatligiga bevosita ta’sirini hisobga olib O'zbekistonda aholi jon boshiga yil mobaynida quyidagi hajmda sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etilgan: Jami — 110—115 kg, shu jumladan, pomidor — 25 kg, bosh piyoz — 18 kg, sabzi — 18 kg, karam
20 kg, lavlagi — 5 kg, bodring — 5 kg, sarimsoq — 5 kg, boshqa sabzavotlar — 14 kg, ko'kat sabzavotlar — 5 kg.
Sabzavotlarni ho'l iste’mol etish uning samaradorligini keskin oshiradi. Biroq, sabzavotlar tarkibida ko'p suv bo'lishi va eruvchan uglevodlaming borligi uchun ular uzoq muddatlarga saqlansa, nobud- garchilik ko'payadi va sifat belgilari pasayadi. Shuning uchun ularni uzoq joylarga tashishda qiyinchilik yuzaga keladi, konservalash zaruriyati tug'iladi. Sabzavotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni sotishning yuqori samaradorligini hisobga olib, uni istiqbolda ko'paytirish imkoniyatlaridan to'laroq va tezroq foydalanish dolzarb muammolardan biridir.
Oxirgi yillarda sabzavotchilik tarmog'i asosiy mahsulotlarining rentabellik darajasi shaharlar atrofida joylashgan xo'jaliklarda, bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga mos ravishda o'zgarmoqda. Bu yutuq- qa, odatda, erkin va shartnoma baholarining ko'tarilishi hisobiga erishilmoqda. Sabzavotlarning suvga talabchanligi, ildiz sistemalarining tuproqda yuza joylashishi va kam rivojlanganini hisobga olib, uni o'z vaqtida va belgilangan me’yorda sug'orishni tashkil etish, masalan, bosh piyoz 18— 20 marta 500—600 m kub hajmida; sarimsoq 7—10 marta 500—600 m kub hajmida; pomidor 15—16 marta 600—700 m kub hajmida; bodring 12—14 marta 550—600 m kub hajmida muddatlarda sug'orilsa, hosildorlik yuqori va sifatli bo'ladi. Sabzavot ekinlari tabiiy va sun’iy unumdorligi yuqori maydonlarga joylashtirilishi lozim.
Kuchli sho'rlangan yerlarda hosildorlik keskin pasayib ketadi. Sabzavot ekinlari tuproqdan hosil bilan birga ko'p miqdorda ozuqa moddalarini olib chiqishini, o'simliklaming o'sish va rivojlanish davrida ozuqa moddalariga bo'lgan talabning keskin tafovutini hisobga olib, ularni oziqlantirish ilmiy asoslangan miqdorlarda va muddatlarda amalga oshirilishi zarur. Sabzavotchilikda mineral o'g'itlar bilan mahalliy o'g'itlar (chirigan go'ng, sideratlar) birga qo'llanilsa, ularning samaradorligi yuqori bo'ladi. Sabzavot ekinlarining oziqlanishida molibden, marganesh, bor, mis, rax, kobalt kabi mikroelementlardan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Ulardan foydalanish ekinlar hosildorligini 15—20 foizga oshiradi, sifatini yaxshilaydi, kasalliklarga chidamliligini orttiradi. Ayrim sabzavotlar ko'chat shaklida ekiladi. Ularni o'z vaqtida tayyorlash va sifatini ko'tarish maqsadida yopiq maydon sabzavotchiligini tashkil etish zarur.
Sabzavot ekinlarini boshqa, ularga mos ekinlar bilan almashlab ekishni amalga oshirish lozim, ilg'or xo'jaliklar tajribasi shuni ko'rsata- diki, bedapoyadan bo'shagan yerlar polizlar, shuningdek, dukkaklilar, karam, piyoz uchun eng samarali o'tmishdosh hisoblanadi. Sabzavot ekinlari ko'pi bilan 3—4 yilda oralatib ekilishi kerak. Sabzavot ekinlarining hosildorligi va sifatini oshirish uchun eng muhim omil davlat standard reyestridan o'tkazilgan sifatli, toza, sog'lom unuvchanligi yuqori nav, elita, 1-sinf urug'larini ekish maqsadga muvofiqdir.
Tovar mahsulotlarini erkin va shartnoma, bozor iqtisodiyotining qiymat, talab va taklif qonunlari talablari asosida tashkil topgan baholarda sotish dehqonchilik tarmog'ining rivojlanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |