Karto shkachilik
Kartoshka foydalanish turlari jihatidan universal mahsulot hisoblanadi.
Uning tarkibida 70—80foiz suv, qolgan qismida kraxmal, oqsil, yog‘, «С» va «В» guruhi tarkibiga kiruvchi vitaminlar, shuningdek, kaliy, fosfor kabi o‘nlab boshida har xil moddalar bor.
Kartoshkadan, asosan, xushxo'r to'yimli oziq-ovqat sifatida foyda- laniladi, uni me’yor darajasida iste’mol qilish inson tomonidan iste’mol etiladigan ko'pgina mahsulotlarni yaxshi hazm bo'lishiga ham yordam beradi. Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlarida dehqonchilik oziq- ovqatlar balansi tarkibida kartoshka don mahsulotlaridan keyin ikkinchi o'rinda turadi. O'zbekistonda ham aholining kartoshkaga bo'lgan talabi va uni qondirish darajasi kuzatib borilmoqda. Kartoshkani qayta ishlash jarayonida kraxmal va spirt olinadi. Ulardan, asosan, shirinlik va alkogol ichimliklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Kartoshka tuganaklaridan 25 foizgacha kraxmal olinadi. Bir gektar kartoshka hosilidan g'alla ekinlariga nisbatan 3—4 marta ko'proq spirt olinadi. Bundan tashqari 1 tonna kartoshkadan spirt olish uchun qayta ishlash jarayonida 1500 1 barda olinadi va chorvachilikda ozuqa shaklida foydalaniladi.
Sug'oriladigan yerlarda ertagi va kechki navlaridan 2 marta hosil olish, aholining kartoshkaga bo'lgan talabini taqvim yil davomida barqaror ta’min etishga sharoit yaratadi va h.k. O'zbekistonda kar- toshkachilikni intensiv rivojlantirish yer, suv, mehnat va boshqa resurslar potensialidan foydalanish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi.
O'zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirish tarixi taxminan 130 yilga teng, uning urug'i Lotin Amerikasi mamlakatlaridan Rossiyaga, Rossiyadan O'zbekistonga keltirilgan.
Kartoshka biologik xususiyatiga ko'ra, o'rtacha harorat +20°C dan oshmagan issiqlikda samarali rivojlantiriladi. O'zbekiston iqlimi keskin kontinental va qurg'oqchil mintaqadir. Havo va tuproqning o'ta issiqligi kartoshka o'stirish uchun noqulaylik tug'diradi. Bunday sharoit fotosintezni sekinlashtiradi, oqibatda kartoshkaning tugish va ildiz sistemasini rivojlantirishga, uning hosildorligiga va sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Yoz oylarida me’yordan ortiqcha quyosh nuri hosil to'planishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Respublika olimlari sug'oriladigan maydonlarda kartoshkadan yuqori hosil olishning kompleks texnologik, seleksiya, urug'chilik va boshqa masalalarining nazariy hamda uslubiy asoslarini, binobarin tarmoqning samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratdilar.
Kartoshkachilikning jadal rivojlanishi, asosan, urug'likka ko'p jihatdan bog'liq ekanligini, respublikaning tabiiy iqlim hamda tuproq holati hosildorli xususiyatlarini inobatga olib, yuqori sifatli urug' yetishtirib beradigan maxsus urug'chilik xo'jaliklarini tashkil etish va ularni to'laqonli rivojlanishi uchun davlat tomonidan imtiyozlar berilishi taqozo etiladi. Bu maqsadga qo'shimcha sarflangan mablag' kartoshka hosildorligining oshishi hamda sifatini saqlash hisobiga to'liq qoplanadi.
So'nggi yillarda kartoshka ishlab chiqarish va sotishni yo'lga qo'yish, hosildorlikni oshirish imkoniyatlaridan foydalanish natijasida tarmoqning rentabellik darajasi ko'pchilik, ayniqsa, shaharlar atrofida joylashgan korxonalarda, bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga mos ravishda oshib bormoqda.
Bu yutuqqa, odatda, erkin va shartnoma baholarining ko'tarilishi hisobiga erishilmoqda. Ammo ko'pchilik shirkat va fermer xo'jaliklarida 1 s kartoshka o'rtacha to'liq tannarxining ko'tarilishi kuzatilmoqda. Bunday hoi, asosan, jahon bozoridan sotib olinadigan urug'lar baholarining keskin oshishi hisobiga sodir bo'lmoqda. Bundan tashqari kartoshkani ekish, qator orasini yumshatish, hosilni yig'ib olish va boshqa jarayonlar qo'l bilan ishlatiladigan vositalar bilan bajarilmoqda. Natijada tarmoqda mehnat unumdorligi past darajada qolmoqda. Kartoshkaning tannarxi kasalliklar va zararkunandalaiga qarshi kurashga sarflanadigan xarajatlar hisobiga ham oshmoqda.
So'nggi yillarda Kolorodo qo'ng'izining kartoshka paykallarida keng tarqalishi natijasida hosildorlik pasaymoqda va uning sifati yomon- lashmoqda. Zararkunandaga qarshi qimmatH ximikatlardan foydalanish kutilgan natijalarni bermayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |