A samatov, I. B. Rustamova


Bog‘dorchilikning meva va rezavor mahsulotlari



Download 0,77 Mb.
bet167/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

Bog‘dorchilikning meva va rezavor mahsulotlari



Bog ‘dorchilik 75—80 turdagi mahsulotlar beradi, ular quyidagi guruhlarga bo ‘linadi:

  • urug'li mevalar (olma, nok, behi, do Чапа va boshqalar);

  • danakli mevalar (o ‘rik, shaftoli, olxo ‘ri, gilos va boshqalar);

  • rezavor mevalar (qulupnay, malina, smorodina va boshqalar);

  • subtropik mevalar (anor, anjir,xurmo, chilonjiyda, tutlar, zaytun va boshqalar);

sitrus mevalar (limon, mandarin, apelsin va boshqalar);

  • yong'oq, bodom, pista va boshqalar;

har xil tropik mevalar (banan, ananas va boshqalar).

Bog'dorchilikning meva va rezavor kabi asosiy mahsulotlari tarkibida inson organizmi uchun o'ta foydali bo'lgan shakar (glukoza va saxaroza)lar, aminokislotalar, oqsillar, moylar, mineral tuzlar, vitaminlar, fermentlar, kolloidiar, oshlovchi moddalar, peksin va boshqa xushbo'y moddalar mavjud. Ularni ilmiy asoslangan me’yorlarda (80—90 kg) yil davomida iste’mol qilish yuqori kaloriyali (go'sht, yog', non va boshqalar) mahsulotlarni hazm qilish darajasini yaxshilaydi. Insonlaming salomatligini mustahkamlaydi, umrini ham uzaytiradi.

Turli xil bog'dorchilik hoi mahsulotlarning biokimyoviy tarkibi va inson organizmi uchun foydalilik darajasi keskin farq qiladi. Masalan, yong'oq va pistadan boshqa mevalarda oqsil va moy juda kam. Ko'pchilik toiiq pishgan mevalarda shakar va uglevodlar ham turli darajada boiadi.

Turli xil mahsulotlaming inson organizmiga foydaliligida ham tafovutlar bor. Meva-rezavorlami ho'lligida istemol qilish eng yuqori samara beradi. Ammo, ularni hosildan hosilgacha saqlash xarajatlami ko'paytiradi, anchagina qismi buzilib qoladi va sifati pasayadi.

Bog'dorchilik mahsulotlaridan yil davomida foydalanishni amalga oshirish maqsadida ularni qayta ishlash zaruriyati tug'iladi. Ulaming anchagina qismi oziq-ovqat sanoatida qayta ishlanadi. Konserva, povidlo, jem, murabbo, marmelad, sharbat, meva suvlari va kompotlari, vino va boshqa alkogol ichimliklar hamda turli mahsulotlar tayyorlanadi.

Shakarlilik darajasi yuqori boigan mevalaming anchagina qismi quritiladi. Meva-rezavorlami qayta ishlash ularni uzoq muddatlarda saqlash, iste’mol qilish hamda uzoq masofalarga tashish xarajatlarini kamaytirishga sharoit yaratadi.

Daraxtlaming barglari chorva ozuqasi va organik o‘g‘it, shoxlati va poyalari yoqilg'i, qurilish va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi va urugiaridan moy, dorilar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.

Bog'dorchilik samaradorligi yana shundaki, ulaming ko'pchiligi uzoq (15—20 dan 80—90) yillar davomida hosil beradi. Ildizlari baquwat, chuqur joylashgan, qurg'oqchilikka birmuncha chidamli, tuproq unumdorligi nisbatan past, notekis yerlarda ham rivojlanadi. Bog'dorchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sermehnat va serdaromad hisoblanadi. Bog'dorchilikni intensiv rivojlantirish mehnat, yer, suv va boshqa resurslar potensialidan foydalanish samaradorligini oshiradi.

Madaniy bog'dorchilik O'zbekistonda taxminan milodgacha V asrlardan rivojlana boshlagan. Ammo obyektiv va subyektiv sabablarga ko'ra, uning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligidan uzoq yillar barqaror foydalanilmagan.

Istiqbolda bog'dorchilik mahsulotlarining ko'payishi, hosildorlikni gektaridan 2-3 marta oshirish hamda o'rik, nok, gilos, anjir, anor, xurmo, shotut kabi daraxtlar ekilgan serdaromad maydonlarni kengaytirish maqsadga muvofiqdir.

Bog'dorchilik tovar mahsulotlarining rentabelligi keyingi yillarda bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida tashkil topdi. Ko'pchilik xo'jaliklarda yildan yilga 1 s meva tannarxining ko'tarilishi kuzatilmoqda. Bu holat, asosan, hosildorlik va mehnat unumdorligi darajasining pastligi hamda zararkunanda va kasalliklaiga qarshi kurash xarajatlarining ko'payishi bilan bog‘liq.

Sifatliroq va serdaromad mahsulotlarni ko'proq ishlab chiqarish maqsadida quyidagi real imkoniyatlardan toiaroq foydalanish zarur:

—hosildorligi hamda tovarlik xususiyatlari yuqori mevalar maydo- nini kengaytirish, yetarli miqdorda ko'chatlar tayyorlash, ularni, asosan, kuz oylarida ekish;

— hosildorlikni oshirish uchun agrotexnologik jarayonlarni o‘z vaqtida sifatli qilib bajarish;

  • har ikki-uch yilda gektariga 20—40 tonna chirigan go'ng, har yili 120—180 kg azot, 60—90 kg fosfor, 30—45 kg kaliy mineral o‘g‘itlarini solish;

—hosilga kirgan bogiami o'rtacha 4—5 marta 600—700 m3 hisobida sug'orish; yer osti suvi 1,5—2,0 m chuqurlikda joylashgan joylarda yanvar oyida 2 marta yaxob suvini berish, qulayrog'i, tomchilab sug'orishni joriy etish;

  • kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni qisqa muddatlarda o'tkazish;

keskin kamaytirish.



—tovar mahsulotlarini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida tashkil topgan mavsumiy baholarda sotish, ularning nobud boiishini Tokchilik

Tokchilikning asosiy mahsuloti bo ‘Igan- turlixil (xo‘raki, kishmish va sharobbop) uzumlar tarkibi inson organizmi uchun о ‘ta foydali shakar (asosan, glukoza), organik kislotalar, teri oshlovchi bo ‘yoqlar, ferment- lar, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqa xushboy moddalarga boy.

Turli xil uzumlardan ilmiy asoslangan me’yorlarda (80—90 kg) yil davomida iste’mol qilish katta kaloriyali (go'sht, yog' va boshqa) mahsulotlaming hazm bo'lish darajasini yaxshilaydi, inson salomatligini mustahkamlaydi, umrini ham uzaytiradi. Uzum mahsulotlarining xalq xo'jaligidagi ahamiyati xo'raki, mayizbop va sharobbop navlari bo'yicha alohida-alohida tahlil etiladi va baholanadi.

Turli xil uzum navlarining biokimyoviy tarkibi keskin farq qiladi. Masalan, shakarlilik darajasi xo'raki navlarda 20—25 foizgacha, mayiz- boplarda 30—35 foiz, vinoboplarda 15—18 foizgacha boiadi. Ular toiiq pishganda yig‘ib olinsa, shakarlilik darajasi yanada oshadi.

Xo'raki uzumJarning asosiy qismini aholi yoz va kuz oylarida iste’mol qiladi, bir qismini maxsus omborxonalarda saqlab, kelasi yil hosili pishguncha foydalanadi.

Kishmish hamda qisman xo'raki nav uzum quritiladi, mayiz va kishmish tayyorlanadi, yil davomida aholi tomonidan iste’mol qilinadi.

Sharobbop, qisman xo‘raki va kishmish navlarini oziq-ovqat sanoat tarmoqlari qayta ishlab, sharoblar, shampan vinolar, konyaklar, murabbo, shinni, sharbat, kompot, mayonez va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Qayta ishlangan uzum mahsuloti qoldiqlaridan moy ishlab chiqariladi, chorvachilik omuxta yemlariga qo‘shiladi. Toklaming barglari va navlari chorvachilikda ozuqa, shoxlari va poyalari yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.

Toklar 50—60 yilgacha hosil beradi. Ildizlari tuproqqa chuqur joylashadi, qurg'oqchilikka birmuncha chidamli, tuproq unumdorligi nisbatan past, notekis yerlarda ham hosil beradi va h.k.

Demak, tokchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sermehnat va serdaromad hisoblanadi. Tarmoqni intensiv rivojlantirish mehnat, yer, suv va boshqa resurslar potensialidan samarali foydalanish uchun imkoniyatlar yaratadi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish