A samatov, I. B. Rustamova


Lizing operatsiyalari subyektlarining vazifalari



Download 0,77 Mb.
bet160/228
Sana07.07.2021
Hajmi0,77 Mb.
#111702
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   228
Bog'liq
Кишлок хужалиги иктисодиёти ва менежменти 4

Lizing operatsiyalari subyektlarining vazifalari

Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida agrosanoat majmuasida lizing operatsiyalarining amalga oshirilishida faol ishtirok etuvchi mazkur subyektlarning har biriga lizing operatsiyalari mohiyaudan kelib chiqib, quyidagi vazifalar yuklatilgan:

Lizing kompaniyasiga:

— Respublikada qishloq xo'jaligi texnikasi lizingi siyosatini olib borish va uni takomillashtirish bo'yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish;

— o'zining mintaqaviy shoxobchalari orqali lizing oluvchilar (mashina- traktor parklari hududiy birlashmasi, muqobil mashina-traktor parki, fermer xo'jaligi bilan o'rnatilgan tartibda moliyaviy lizing shartnomalarini tuzish;

—jamg'arma mablag'lariga bo'lgan o'z ehtiyojini aniqlash;

—jamg'arma bilan moliyaviy resurslar ajratish, «Agrobank» bilan moliya agenti tamoyillarini va «O'zagrosug'urta» kompaniyasi bilan sug'urta agenti tamoyillarini bajarish yuzasidan tegishli shartnomalami tuzish;

—jamg'armaning kafolat xatlari asosida zarur texnika vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan mashinasozlik korxonalariga buyurtmalar berish va ularni yetkazib berishga doir shartnomalami tuzish;

  • lizing oluvchilar tomonidan lizing to'lovlarining o'z vaqtida to'lanishini nazorat qilish;

  • «Agrobank» dagi operatsiya hisob raqamidan mashinasozlik korxonasiga navbatida chorak uchun joylashtirilgan buyurtma umumiy hajmining 30 foizi miqdorida avans pulini to'lash;

—lizing oluvchiga texnikani sug'urta polisi mavjud bo'lgandagina berish;

—texnika vositasini lizing oluvchi tomonidan qabul qilinib olingan- dan keyin mashinasozlik korxonasiga qolgan 70 foiz mablag'ni o'tkazish (uzil-kesil hisob-kitob qihsh);

  • lizing oluvchilardan olingan summaning qolgan qismini 3 kun muddatda jamg'armaning bankdagi hisob raqamiga o'tkazish;

  • jamg'arma mablag'larida maqsadli foydalanish va hisob-kitoblar tartibiga qat’iy rioya qilish.

Jamg'armaga:

—ishlab chiqariladigan texnikaga haq to'lash uchun zarar bo'lgan resurslarni shakllantirish va ulaming manbalarini (Markaziy bank, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg'armasi, «Agrobank», qishloq xo'jaligi mashinasozligi korxonalari va homiylarning mablag'lari, yagona yer solig'idan ajratmalar va boshqalar) aniqlash;

—lizing kompaniyasiga ajratilgan moliyaviy resurslar hajmi uchun kafolat xatlarini berish;

—o'z mablag'larini lizing kompaniyasiga 7 yil muddatga imtiyozli foizlarga ssuda sifatida taqdim etish va unga mablag'larni qarzga berib turish;

  • lizing kompaniyasining «Agrobank»dagi operatsiya hisob raqa­miga zarur mablag'larini o'tkazish;

  • markaziy bankdan olingan imtiyozli kreditlarni belgilangan muddatlarda «Agrobank» (lizing kompaniyasining moliyaviy agenti)ga qaytarish;

—lizing kompaniyasining barcha hisob-kitoblariga moliyaviy xizmat ko'rsatish;

  • lizing oluvchilar bilan tuzilgan lizing shartnomalari va mashina- sozlik korxonalari biian texnika vositalarini yetkazib berishga doir tuzilgan shartnomalar bo'yicha belgilangan to'lovlar va moliyaviy majburiyatlarni o'z vaqtida bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish;

  • lizing oluvchilar tomonidan lizing to'lovlari oldindan tuzilgan jadval asosida amalga oshirilmaganda uning hisob raqamiga so'zsiz bajarilishi lozim bo'lgan to'lov talablarini qo'yish va undirilgan pul mablag'larini lizing kompaniyasi operatsiya hisob raqamiga o'tkazish.

Lizing oluvchilarga:

  • lizing bo'yicha yetkazib beriladigan texnika vositalariga bo'lgan o'z ehtiyojlarini aniqlash va ular asosida tuzilgan buyurtmalami lizing kompaniyasining mintaqaviy shoxobchalariga topshirish;

  • o'rnatilgan tartib asosida lizingga olinadigan texnika bo'yicha hujjatlami tayyorlash va lizing kompaniyasining mintaqaviy shoxob- chalariga topshirish;

—texnika vositasi qiymatining 15 foizini o'z mablag'lari hisobidan avans tariqasida to'lash;

  • lizingga olinadigan texnikani o'z mablag'lari hisobidan sug'ur- talash;

—texnika qiymatining qolgan 85 foizini va lizing bo'yicha foizlarni 7 yil mobaynida to'lash yuzasidan moliyaviy lizing shartnomalarini tuzish;

  • jadvalda belgilab qo'yilgan lizing to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirish;

  • lizingga olingan mashina va mexanizmlami texnik talablarga rioya qilgan holda ishlatish hamda ularni buzilishidan va talon-taroj boiishidan saqlash.

Bulardan tashqari, maxsus jamg'arma uchun 7 yilga mo'ljallangan imtiyozli kreditlarni ajratishni markaziy bankka, texnik jihatdan puxta va pishiq mashinalami ishlab chiqarish va ularni lizing oluvchilarga yetkazib berishni mashinasozlik korxonalariga, lizingga olinayotgan texnikani sug'urtalash «O'zagrosug'urta» kompaniyasiga yuklatilgan vazifalardir. Fermer xo'jaliklari uchun lizingning ustunliklari

Uskunalarga ega bolishning boshqa turlariga nisbatan (to'lovni kechiktirib amalga oshirish, bank krediti va h.) lizing bir qator muhim ustunliklarga ega:

  1. Lizingda, to‘g‘ridan to'g'ri xarid qilishdan farqli ravishda, uskuna sotib olish uchun katta miqdordagi aylanma mablag1 larini ishlab chiqarishdan ajratgan holda jalb etish talab qilinmaydi. Uskunadan foydalanish uchun lizing to‘lovlari vaqt bo'yicha, taxminan uskuna qoplanishi muddatiga teng bo'lgan, muddatga (lizing shartnomasi muddati) cho'ziladi. Uskunadan foydalanish uchun to‘lovlar undan foydalanish muddatiga muvofiq bo'ladi va korxona daromad olishidan boshlab to'lanadi. Lizing muddatlari, odatda, uskuna qoplanishi muddatiga teng bo'ladi.

  2. Lizingga qarzni to'lash grafigini tuzish borasida katta egiluv- chanlik xosdir. Uskunani ekspluatatsiyaga tushirishga qadar korxona hech qanday to'lovlarni amalga oshirmaydi, shuningdek, lizing to'lovlari grafigida to'liq quwatga o'tish sur’atlari va ishlab chiqarishning mavsumiyligini ham aks ettirish mumkin.

  3. Lizingda uskuna, tomonlarning kelishuviga ko'ra, lizing kom- paniyasi yoki lizing oluvchi balansida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi mumkin. Bu lizing oluvchiga o'z faoliyati tuzilmasini shakllantirishda ko'proq imkoniyat beradi.

  4. Lizingga beriladigan uskunalarga nisbatan tezlashtirilgan («3» koeffitsientgacha) amortizatsiyani qo'llash imkoniyati. Bu soliqqa tortish maqsadida uskuna qiymatini uch marotaba tezroq xarajatlarga chiqarib tashlash va mulk solig'ini uch martaga kamaytirish, mulkdan foydalanish rentabelligini oshirish yoki lizing shartnomasi muddati tugagandan so'ng lizing obyektini bozor bahosida sotib daromad olish imkonini beradi.

  5. Lizing bitimini moliyalashtirish uchun kredit resurslarini izlash lizing kompaniyasi zimmasiga yuklatiladi.

  6. Investitsiyaviy operatsiyalami amalga oshirishda mijozga texnik yordam ko'rsatish.

  7. Lizing obyekti asosiy ta’minot sifatida xizmat qiladi. Lizing obyektining likvidligi yetarlicha bo'lmagan va lizing bitimi yetarlicha ta’minlanmagan bo'lsa, lizing kompaniyasi qo'shimcha ta’minot talab qilishi mumkin.

  8. Pul mablag'lari chiquvchi oqimning kamayishi. Uskunani xarid qilish bilan bog'liq barcha xarajatlar to'la hajmda tannarxga kiritiladi. Bu soliqqa tortiladigan bazani ancha kamaytiradi va aylanma vositalarni saqlab qoladi.

  9. Lizing korxonaga bir martalik kichik xarajatlar bilan zamonaviy uskuna va texnikalami yetarlicha hajmda olish imkoniyatini beradi. Sir emaski, o‘z ishlab chiqarishini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash istagida bo'lgan ko‘pgina o'zbek korxonalari uni xarid qilish uchun mablag'lar yetishmasligi muammosiga duch keladilar, yuqori texnologik uskunalami ishlab chiqaruvchi korxonalar esa o'z mahsulotini sotish borasida qiyinchilik sezadilar. Moliyaviy vositachi sifatida xizmat qiluvchi lizing kompaniyasi turli xildagi uskunalar xaridori va yetkazib beruvchilarga samarali faoliyat yuritish imkonini yaratadi. Bunda ishlab chiqarishga jalb etilgan mablag'larni jamlash zaruriyati umuman paydo bo'lmaydi.

  10. Lizing o'z va qarz kapitalining optimal nisbatiga erishish imkonini beradi.

  11. Lizing korxonaga, vaqt oralig'i mobaynida o'z pul oqimlarini aniq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish