Barcha turdagi chorvachilik mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun quyidagi omil va imkoniyatlardan to'laroqfoydalanish zarur:
Chorva hayvonlari mahsuldorligini oshirish. Bu o‘ta dolzarb vazifani bajarish uchun ularni turli xil ozuqalarga bo'lgan talablarini ilmiy asoslangan ratsionlar bo‘yicha muntazam qondirish. Natijada zotdor hayvonlaming mahsuldorlik potensiali hamda sarflangan ozuqalar samaradorligini oshirish imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish, ko'proq, sifatliroq hamda arzonroq mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish imkoniyati yaratiladi. Chorvachilikning ozuqa bazasini mus- tahkamlash uchun yem- xashak yetishtiriladigan maydonlarni kengay- tirib, ekinlarni almashlab ekishni rivojlantirish lozim. Bunda yem- xashak ekinlari ekiladigan maydonlaming suv ta’minotiga, meliorativ holatini yaxshilashga hamda organik va mineral o‘g‘itlardan talab darajasida foydalanishga alohida ahamiyat berish zamr. Bu masalani hal etish uchun qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqarila- digan to'yimli ozuqa moddalari talab darajasida bo‘lishini, chorva mollariga shakllangan ozuqa ratsion asosida vaqtida berilishini ham tashkil etish kerak.
Chorva hayvonlarining zotdorlik belgilarini saqlash va yanada mustahkamlash maqsadida seleksiya, naslchilik ishlarini yuqori darajada tashkil etish, jumladan, sun’iy urchitish, geterozis ustunliklaridan to‘laroq foydalanish.
Qishloq xo‘jalik korxonalari, fermer, dehqon xo‘jaliklarini yuqori mahsuldor zotli chorva mollari bilan muntazam ta’minlash maqsadida yuqori mas’uliyatli naslchilik zavod va naslchilik xo'jaliklarini barpo qilish, ularni imtiyozli sharoitlardan foydalanishga imkon yaratish.
Chorvadorlaming mehnat unumdorligi va mehnat haqini barqaror oshirish uchun texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish usullaridan foydalanish; dastawal, ozuqalarni taqsimlash, sigirlami sog‘ish, qo‘y va echkilar junini qirqish, sug'orish, binolarni chorva qoldiqlaridan tozalash, ulardan foydalanish bilan bog'liq va boshqa ishlarni ilg‘or vositalar yordamida bajarish.
Hayvonlami saqlashning ilg'or usullaridan, shu jumladan, bog'lamasdan saqlash, maxsus qo'ralardan foydalanish.
Asosiy vositalardan, ayniqsa, chorva binolari va inshootlari quwatidan oqilona foydalanish.
Progressiv zooveterinariya xizmatlaridan foydalanish.
Yuqorida ko'rsatilgan masalalarning hal etilishi natijasida 241 chorvachilik tarmoqlari rivojlanib, samaradorligi yuksalishi ta’min- lanadi. 16 — Samatov, G‘. A. va boshq.
Qoramolchilik iqtisodiyoti va boshqaruvi
Qishloq xo'jalik mahsulotlari, xususan. oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va shu asosda aholining o‘sib borayotgan talabini mumkin qadar k.o'proq qondirish qishloq xo'jaligi oldida turgan eng
dolzarb vazifadir. Qoramolchilikdan olinadigan sut va go'sht juda qimmatli oziq-ovqat mahsulotidir. Ularda inson organizmi uchun zarur bo'lgan barcha ozuqa moddalari, jumladan, sifatli oqsil bor.
Kattalar ovqatida fiziologik me’yorlar bo'yicha sut va sut mahsulotlari kaloriyalarda ifodalangan ozuqa moddalarining chorak qismiga teng keladi. Mamlakat go'sht balansida mol go'shtining salmog'j yildan yilga oshib bormoqda. U kelgusida aholi iste’mol qiladigan go'shtning asosiy turi boiib qolmoqda. Sut bolalar ovqatida yanada kattaroq ahamiyatga ega.
Ammo qoramolchilikning ahamiyati bu bilan cheklanmaydi. Chorva mollarini so'yish natijasida olinadigan terilardan ko'nchilik sanoatida turli xil tovarlar ishlab chiqariladi. Tuyoq va shoxlaridan tugmalar, taroqlar va maishiy maqsadlarga mo'ljallangan boshqa predmetlar tayyorlash uchun foydalaniladi.
Qoramolchilik, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining bir tarmog'i sifatida, dehqonchilik bilan uzviy bog'langan, chunki qoramolchilik dehqonchilikni go'ng bilan ta’minlaydi. .Go'ng esa tuproq tizimini yaxshilash uchun juda qimmatli o'g'it ekanligi tan olingan. O'zbekistonda chorvachilikning, shu jumladan, qoramolchilikning rivojlanishi bilan oziq- ovqat sanoatining chorvachilik, konservalash, sut va ko'n tayyorlaydigan tarmoqlari vujudga keldi va muvaffaqiyat bilan rivojlan- moqda.
Qoramolchilikni joylashtirish va ixtisoslashtirishga qishloq xo'jalik yerlari bilan, ayniqsa, pichanzor va yaylovlar bilan ta’minlanganligi, go'sht, sut qoramolchiligining joylashuvi va ixtisoslashuvi, shahar aholisining zichligi, xo'jaliklaming ish kuchi va ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganligi, shuningdek, turli xil qishloq xo'jalik mahsu- lotlariga qo'yilgan davlat xarid narxlarining darajasi va ularga qilingan xarajatlar orasidagi nisbat kabi iqtisodiy omillar muhim ta’sir ko'rsatadi.
Qoramolchilik yo'nalishi tarmoq sifatida tegishli iqtisodiy va tabiiy sharoitlar, poda tuzilmasi, zoti, ishlab chiqarish darajasi va pirovard mahsulot nisbati bilan belgilanadi.
ta minlashi lozim.
Sigirlar *1
Poda tuzilmasi deganda, har xil jins yoki yosh guruhlardagi mollarning biror muddatdagi nisbati tushuniladi. Qoramollaming jins va yosh guruhlarga turkumlanishi 13.1-rasmda keltirilgan. Bu tuzilma brakka chiqarilgan urg'ochi mollami muntazam almashtirisnni, mahsulot miqdorini ko‘paytirish uchun podani kengaytirgan tarzda to'ldirish- ning rejalashtirilgan sur’atlari bilan muvofiq ravishda mollar sonining o‘sishini
J3
G‘unajinlar
Do'stlaringiz bilan baham: |