Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish masalalarini o'rganishda intensivlik va intensivlashtirish darajasi, intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi tushunchalarini bir-birdan ajrata bilish lozim.
Intensivlik — bu qishloq xo'jaligi va uning ayrim tarmoqlarini ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarish vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligini aks ettiradi.
Intensivlashtirish darajasi — qishloq xo'jaligi va uning ayrim tarmog'ini xolisona o'sish sur’ati darajasini o'zida aks ettiradi.
Intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi ekin maydoni birligi hamda chorva moli boshi hisobiga o'sishni o'zida aks ettiradi.
Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish darajasi natural va qiymat ko'rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Natural ko'rsatkich yordamida xo'jalikdagi tarmoqlar va ulami bir-birlari bilan qanchalik bog'langanligi hamda ayrim tarmoqchalar va ekin turlari bo'yicha qancha mahsulot yetishtirilganligini aniqlash mumkin.
Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish darajasini o'zida aks ettiruvchi natural ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat: Yer maydoniga to'g'ri keladigan energetika quwati. Bu ko'rsatkich har 100 gektar yer maydoniga .qancha texnika vositalari, avtomashina va boshqa qishloq xo'jalik mashinalari to'g'ri kelishini ko'rsatadi;
Har gektar ekinzorga to'g'ri keladigan mineral va mahalliy o'g it. Bu ko'rsatkich yeming iqtisodiy unumdorlik darajasiga ta’sir etish ko'lamini ifoda etadi;
Yer fondida ekin maydonlari hissasini ko'paytirish. Bu ko'rsatkich yerdan qay darajada foydalanilayotganligini ko'rsatadi;
Sug'orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarning umumiy yer maydoniga nisbati. Bu ko'rsatkich tuproqning iqtisodiy unumdorligi o'sish darajasini ifodalaydi.
Chorvachilikning intensiv rivojlanganligini aks ettiradigan ko'rsat- kichlarning asosiylari quyidagilardan iborat: Har bosh qishloq xo'jaligi hayvoniga to'g'ri keladigan qiymat Re'rinishdagi jonli va buyumlashgan mehnat sarfi. Har bir bosh hayvon hisobiga qancha ko'p ishlab chiqarish vositalari va bevosita mehnat xarajatlari to'g'ri kelsa, qoidaga muvofiq undan olinadigan mahsulot miqdori ham shuncha yuqori bo'ladi.
Har bosh qishloq xo'jaligi hayvoniga to'g'ri keladigan ozuqa. Chorva mollarini ilmiy ratsion asosida oziqlantirish mahsuldorlikning ortishiga olib keladi;
Chorvachilikni yuritish madaniyatini ko'tarish: maxsus qulay- liklarga ega bo'lgan chorva binolarini barpo etish, ish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish, sanitariyavagigiyena sharoit- larini yaxshilash va boshqarish;
Chorvachilikda naslchilik bilan bog'liq ishlarni yaxshilash. Chorva mollarining nasli qancha zotdor bo'lsa, ulardan olinadigan mahsulot miqdori ham shuncha sifatli bo'ladi;
Mutaxassislaming malakasini oshirish mehnat unumdorligining o'sishiga ta’sir etadi.
Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish darajasini o'zida aks etti- mvchi qiymat ko'rsatkichi sarflangan mehnat va mablag' evaziga qancha so'mlik qo'shimcha mahsulot yetishtirilganligini ko'rsatadi.
Qishloq xo'jaligini intensiv rivojlanish darajasini o'zida aks etti- ruvchi qiymat ko'rsatkichlari quyidagilardan iborat: Bir gektar yer maydoniga to'g'ri kelgan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va joriy ishlab chiqarish (amortizatsiyadan tashqari). Bu ko'rsatkich quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
Intensivlik darajasi ko'rsatkichi qishloq xo'jaligining qay darajada intensiv rivojlanganligini o'zida aks ettiradi; Bir gektar yer hisobiga to'g'ri kelgan asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymati. Bu ko'rsatkich har gektar yer maydoni hisobiga qancha ishlab chiqarish vositalari to'g'ri kelishini o'zida aks ettiradi;
Bir gektar yer hisobiga to'g'ri kelgan joriy ishlab chiqarish xarajatlari. Bu ko'rsatkich har gektar yer va har bir qishloq xo'jalik hayvonlaridan olingan mahsulot uchun bevosita sarflangan xarajatlar miqdorini o'zida ifoda etadi;
Bir gektar yer hisobiga to'g'ri kelgan jonli mehnat sarfi. Bu ko'rsatkich mahsulot yetishtirishda sarflanayotgan jonli mehnat hissasini ko'rsatadi.
Shunday qilib, intensivlashtirishning natural va qiymat ko'rsatkichlari yordamida intensivlashning iqtisodiy samaradorlik darajasini aniqlash mumkin. Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy