I
Gipoteza (faraz) — bilimlarning mavjud bo‘lish va taraqqiy etish
shakli.
Muammoni hal etish jarayonida m a’lum
bir gipotezalar
ilgari suriladi va asoslanadi.
Gipoteza (faraz)
— o‘rganilayotgan
hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiruvchi asosli tax-
min tarzidagi bilim shaklidir.
Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza
shaklida vujudga keladi va shu ma’noda
u bilimlarning mavjud
bo‘lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. Chin,
ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar,
masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment nati-
jalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular
turli xil taxminlar, farazlar shaklida mavjud bo‘ladi.
Gipotezani qurish o‘rganilayotgan
hodisani tushuntiruvchi
taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo‘ladi. U qayd etilgan
faktlar, ular uchun xarakterli bo‘lgan qonuniyatlar haqidagi mu
lohazalar yoki mulohazalar tizimi tarzida bo‘ladi. Uni ifoda qi-
luvchi asosiy gap mulohazalar sistemasini hosil qiluvchi element,
deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da, odatda, gipotezaning
bosh g‘oyasida aks etadi. Muhokama
jarayoni uning negizida,
atrofida quriladi va ma’lum bir ishchi gipotezalar — vaqtinchalik,
mo‘ljalni to‘g‘ri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari
surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq
qilinishiga olib keladi.
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehti-
moliy xulosa chiqarish hisoblanadi.
Shuningdek, gipoteza ba’zi
hollarda qat’iy xulosa chiqarish shakllarida ham
ilgari surilishi
mumkin.
Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni
tahlil qilish, qayta ishlash,
tartibga keltirish, umumlashtirish, tal
qin etish natijasida paydo bo'ladi. Ana shuning uchun ham gipoteza
— bu har qanday taxmin emas, balki o‘zining muayyan mantiqiy
kuchiga ega mulohaza, ma’lum bir darajada asoslangan farazdir.
Ilgari
surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bos-
qichda gipotezadan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi va
ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) mu-
vofiqligi aniqlanadi.
259
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. Bu gipotezadan kelib
chiqadigan natijalarning mavjud
faktlarga nomuvofiqligini
ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, bu gipotezaning mav-
qeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning
chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bolgan holatlar
aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning
Yerning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi
Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan faktlarga zid
kelganidan keyin rad etildi.
Shuni alohida ta ’kidlash zarurki, o‘rganilayotgan hodisa
haqida bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi
mumkin. Gipoteza tasdiqlanmaguncha o‘zining bilishdagi aha-
miyatini yo‘qotmaydi. Rad etilsa, o‘rniga boshqa gipoteza qu-
riladi va bu hoi to gipotezalardan
birortasi tasdiqlanmaguncha,
ya’ni muammoning yechimi topilmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan
bo‘lishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juziy
gipotezalarni ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: