255
1
paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda
murakkab vazifalarni hal qilish, fanda esa tub burilishlar davrida
yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, kompyuter viruslariga qarshi
himoya tizimini yaratish shunday muammolardan hisoblanadi.
Meditsina sohasida rak kasalligini davolash, avtomobilsozlikda
yoqilg‘ini tejovchi vositalarni ixtiro qilish, ekologiya bilan bog'liq
muammolar va boshqa sohalarga oid muammolar mavjud. Hozir
gi kunda bu muammolarni hal qilish uchun mavjud qonun va
prinsiplarning yetarli emasligi, fanda yangi izlanishlar olib bo-
rishni talab qilmoqda.
Ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ich
ki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi
vaqtda matematikada to‘plam nazariyasi bilan bog‘liq muammo
larni hal qilish zaruriyati bunga misoldir.
Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan
qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi
yoki ana shu ilmiy tasavvurlar yetarli darajada tizimga solin-
maganligi, yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.
Mana shundan kelib chiqib,
muammoli vaziyat
bilish taraq
qiyotining turli bosqich va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bi
lish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini
o‘zgartirishning obyektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.
Muammoni qo‘yish va hal etish.
Muammo
— javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va ye-
chish usuli noma’lum bo‘lgan savoldir.
Shuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud
bilimlarni qayta ishlash, ba’zi hollarda esa, hatto, ular doirasi-
dan chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirib
topishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surish va
muhokama qilish xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz
ehtiyojlari belgilab beradi.
Ko‘lamiga ko‘ra shaxsiy, hududiy, bir davlat yoki bir necha
davlat miqyosidagi va umuminsoniyat muammolarini ajratish
mumkin. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur
shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat.
To‘g‘ri qo‘yilgan savol muammoning yarim yechimi hisoblanadi.
256
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasav-
vur qilishning o‘zi yetarli emas. H ar qanday muammoning yechi-
mi ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak. Buning uchun muammoni
hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra
bilish muhim ahamiyatga ega.
M uamm olarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bi-
lim lari va qobiliyati m uhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Odatda,
ko‘p hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu
sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur
bilim li olimlar tom onidan ilgari suriladi hamda ular ba’zan
uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy
m a’naviyatimizga yot g‘oyalarning yoshlar ongiga salbiy ta ’siri
muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida ko‘rish
m umkin. M a’lumki, OAV, Internetdagi ayrim m a’lum otlar en-
digina m a’naviy olami shakllanayotgan, shaxsiy tajribasi haqi-
qatni yolg‘on, uydirmadan farqlashga yetarli bo‘lmagan yosh-
larda hayotiy tushunchalarning shakllanishiga salbiy ta ’sir
ko‘rsatmoqda. Yosh avlod m a’naviy olamining daxlsizligini
asrash jam iyatim iz oldida turgan m uammolardan biridir. Bu
muammo faylasuflar, gum anitar fan vakillari tom onidan tadqiq
etilmoqda.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil tomondan yon-
dashish mumkin bolganligi uchun ham hal qilinishi lozim
bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mum
kin. Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari
bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun
ham juziy xususiyatga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir-biri bilan
bog‘lanib ketgan mana shunday juziy muammolar hal qilingan-
dan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish
imkoniyati vujudga keladi.
Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ularni ye-
chishdan kam ahamiyatga ega emas. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish
uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida, jamiyat hayotida tutgan
o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal qilishning metod-
larini topish zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli
xil muammolar ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni
257
bildiradi. Muammoni tanlash ma’lum bir darajada tadqiqotning
umumiy yo‘nalishi va xususiyatlarini belgilab beradi.
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehti-
yojlariga bog‘liq. Chunki faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning
ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari o‘rtasidagi
ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqla
nadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.
Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vu
judga keladi va uning yordamida hal qilinadi. Ba’zi hollarda esa
muammo mavjud nazariyani o'zgartirish va muammoni yechishga
moslashtirishni talab qiladi.
Muammoni yechish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt
va hodisalar aniqlanadi;
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilib,
ularga baho beriladi;
d) muammoni hal qilish turi, maqsadi, olingan natijani tek-
shirish yollari belgilab olinadi;
e) muammoning negizi bilan uni yechish uchun ilgari surilgan
g‘oyaIar o'rtasidagi aloqaning xususiyatlari ko‘rsatiladi.
Bu ishlar amalga oshirilgandan keyin bevosita muammoni ye
chishga kirishiladi.
Barcha muammoning yechilishi nisbiy xususiyatga ega.
Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to la yechimini
topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan hodisaning barcha tomon-
larini qamrab olib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish
davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lib, u
mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi.
Ba’zi hollarda muammolaming yechimini uzoq vaqtgacha
topib bo‘lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rganish bilan
bogiiq muammo hozirgacha to la hal bolm agan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas,
degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vosita-
lar yordamida yechib bolm aslikni ko‘rsatadi xolos, va shu tariqa
yechishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak,
muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |