Umumiy xulosalar
Fortepiano mashg‘ulotlarini olib borish jarayonida bilamizki avvalo eshitish tizimi tekshirib olinadi va hotira, tafakkur jarayonlarining qanchalik aktiv ekanligi aniqlab olinadi. Har ikki o‘quvchida bu jarayon qo‘llandi va ijobiy baholanib, tajriba metodlari qo‘llandi.
Tajriba sinovida bo‘lgan o‘quvchilarning birida qo‘llangan noodatiy uslublarga asosan darsni musiqiy eshitishni rivojlantirishdan boshlashni ma`qul deb topdim. Vaholanki eshitib hotirada saqlab qolish fortepiano mashg‘ulotlarining rivojlanishida ijobiy ta`sir ko‘rsatuvchi usul hisoblanadi. Fortepianoning har bir oktavasidagi tovushlar birinchi chalib olinadi va shu tovushlar solfedjio qilib kuylanadi. Bu paytta o‘quvchining qo‘l shakliga e`tibor berish muhim hisoblanadi. O‘quvchining qo‘l joylashuvi to‘g‘ri rivojlanishi uchun barmoqlar ustiga biron bir jihoz, element qo‘yiladi va shu asnoda ijro qilinadi. Bu usul barboqlar qisilishining oldini olishga va kuchni to‘g‘ri taqsimlab, barmoqning to‘gri harakatlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari barmoqlarning mayin harakatini ta`minlash uchun tana haroratidagi tekis taxtacha solingan suvda ijro etish kuchni va chiroyli harakatni ta`minlaydi. Barmoqlarning chiroyli ijrosiga erishish uchun mayda detallar bilan ishlash ham katta yordam beradi. Har bir barmoqni birin ketin bosh barmoqqa birlashtirgan holda kichik detallar tosh, munchoqlar, turli xil kichik jihozlardan foydalanib ularni bir joydan ikkinchi bir joyga o‘tkazish orqali barmoqlarning kerakli shakldagi ustanovkasiga erishish mumkin.
Fotepiano mashg‘ulotlarida diqqatni jamlash muhim hisoblanadi. Shu sababli ortiqcha shovqinlarsiz har bir klavishni tebranish holati tugamaguncha eshitib turish ham diqqatni va eshitib eslab qolish faoliyatini rivojlantiradi. Ushbu aytilgan metodlar o‘quvchida qo‘llash jarayonida uning o‘zlashtirishda qiyin bo‘lgan jarayonlarini yaxshilashga yordam berdi. Fortepiano cholg‘usini ijro etish ikki baravar ko‘p kuch sarf etishni talab etadi. Ya`ni bunda odatiy yumushlarni bajarish mas`uliyati bir qo‘lda ishlatilagan va miyaning faqat shu buyruqqa asoslanganidan kelib chiqib, bu cholg‘u asbobini ikkita qo‘lga baravar mas`uliyat berilishi orqali miyaning ikki baravar tez va yaxshiroq ishlashini tushunish mumkin. Fortipano cholg‘usini ijro etish bir necha faoliyat turlarini bir vaqtta ishlashiga majbur etadi. Ko‘rish, eshitish, ikki qo‘l ishlatilishi, e`tiborni har ikkisiga qarata olish, diqqat, tafakkur, hotira, analiz sintez kabi ko‘plab faoliyat turlarini bir vaqtta amalga oshirishga undaydi. Bu esa o‘z o‘rnida o‘quvchining odattagi tengdoshlariga qaraganda ikki baravar rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Har bir mayda detallar bilan o‘quvchi faoliyatini rivojlantirish an`anaviy usullardan ancha samaraliroq hisoblanadi. Tajriba ko‘zatuvlarida bo‘lgan ya`na bir ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchi ustida ishlashda qo‘llangan noodatiy metodlar uning ijro mahoratiga erishishiga yordam berdi. Bunda asosan bolaning eshitish va tana sezgilariga tayaniladi. Yuqorida aytib o‘tilgan metodlar o‘z amaliy ijobini ko‘rsatti.
Do'stlaringiz bilan baham: |