A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


II bob. Fortepiano mashg’ulotlari orqali bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishning shakl, uslub va vositalari



Download 258,84 Kb.
bet25/47
Sana31.12.2021
Hajmi258,84 Kb.
#249323
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
BMI Quvvatova N2021

II bob. Fortepiano mashg’ulotlari orqali bolalarning bilish jarayonlarini rivojlantirishning shakl, uslub va vositalari.

2.1. Bo‘lg’usi musiqa o‘qituvchilarini cholg’u ijrochiligi mashg’ulotlariga tayyorlashning zamonaviy talablari.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari8

1. Umumiy qoidalar

Mazkur Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonini, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini, ular faoliyatini attestatsiyadan o‘tkazish tartib-qoidalarini tartibga soladigan boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarining bajarilishi idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha turdagi ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, ta’lim muassasalarining ehtiyojlaridan, yangi pedagogik texnologiyalarni va o‘qitishning noan’anaviy shakllarini rivojlantirishdan, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi jahon yutuqlari va an’analaridan kelib chiqib Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish davomida tuzatishlar kiritilishi va to‘ldirilishi mumkin.

Madaniyat va san`at sohasi vakillari, yosh avlod uchun ko`rilayotgan chora-tadbirlarning isboti sifatida qabul qilingan farmon va qarorlarni keltiramiz. Jumladan, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, №PQ-5040, Qabul qilingan sana 26.03.2021, Kuchga kirish sanasi 26.03.2021; Ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadli jamg'armasini tashkil etish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, №PQ-5039, Qabul qilingan sana 26.03.2021, Kuchga kirish sanasi 26.03.2021; 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, №PF-6155, Qabul qilingan sana 03.02.2021, Kuchga kirish sanasi 04.02.2021 va hokazolar.

I.V. Levitskaya va S.K. Turchak, zamonaviy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, ta'lim jarayonini insonparvarlashtirish bilan bog'liq bo‘lib, har bir bolaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydigan pedagogik sharoitlarni talab qiladi. Shu munosabat bilan, muassasaning o‘quv jarayoni uchun ijodiy muhit yaratishga qaratilgan pedagogik yordamni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. U bolaning manfaatlari atrofida qurilgan va maktabni o‘quvchilarning individual xususiyatlari va sub'ektiv ehtiyojlariga moslashtirish funktsiyasini bajaradi.

Talabalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash ikki yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin:

-umumiy guruh;

-individual va shaxsiy.

Birinchi holda, ijodiy muhitni yaratish o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi hamkorlik, ishning dialogik shakllari va o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini o‘z ichiga olgan topshiriqlardan foydalanish bilan ta'minlanadi. Ikkinchi yondashuv unga mustaqil qaror qabul qilish, ijodkorlik, ta'lim mazmuni va uslublarini tanlash erkinligini berish orqali bolaning individual rivojlanishi uchun sharoit yaratishni o‘z ichiga oladi.

Shaxs ijodkorligini rivojlantirishning taklif etilayotgan modeli quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.

1.Quyidagi shartlarning mavjudligini taxmin qiladigan ijodiy muhit.

a) fikrlash divergentsiyasini rivojlantirishga asoslangan trening;

b) pedagogik yordam;

2.Asosiy mezonlari quyidagilardan iborat ijodkor:

a) motivatsion komponent;

b) intellektual komponent;

v) hissiy tarkibiy qism;

d) kommunikativ komponent.

O‘zbekiston Respublikasining taraqqiyoti va istiqbolini ta`minlash iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib, bunday o‘zgarishlarda faol ishtirok etish uchun kasbiy soha egalaridan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, intelektual salohiyat, keng dunyoqarash va axborot kommunikatsiyalaridan ustalik bilan foydalanish malakalariga ega bo‘lishlik talab etiladi. Ana shu talablar asosida pedagog kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta`kidlaganidek: “Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanib borishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri, bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, ongli mutaxasis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz!”

Shuning uchun ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsad va vazifalarini amalga oshirishning birinchi bosqichida “Pedagog va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish” belgilangan.

Ikkinchi bosqichda ta`lim muassasalarining texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv –tarbiya jarayoni yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Shu ma’noda ilg’or pedagogik texnologiyalarni amalga joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi kasb mahoratini yanada takomillashtirish, pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etish bilan bo‘lg’usi o‘qituvchilarni mazkur faoliyatga tayyorlash bugungi kunning muhim talablaridan biridir.

Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi va uning samaradorligi, bir butunligi va muvoffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarni shu jumladan musiqa o‘qituvchilarini ham, hozirgi zamon talablari asosida puxta kasbiy tayyorgarlikga ega, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishishlariga asosiy e’tiborini qaratmoq fan va ta’lim qolaversa kadrlar tayyorlash tizimi oldiga qo‘yilayogan eng dolzarb vazifalardandir.

O‘qituvchi qanchalik bilimdon o‘z kasbini puxta egallagan va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan mahironi foydalana oladigan bo‘lsa, u kelajak avlodni ham shunchalik bilimdon har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalay oladi. Oliy pedagogik ta’limda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda va musiqiy fanlardan –musiqa o‘qitish metodikasi, musiqa nazariyasi va taxlili, xor va xorshunoslik, dirijyorlik, solfedjio kabilardan bilim va malakalari va eng muhimi o‘z tanlagan kasblariga munosabati muhim o‘rin tutadi. Bu borada musiqiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni bilim, saviya, musiqiy tayyorganrlik va kasbga munosabatlari turlicha bo‘lishini ham ta’kidlab o‘tishi joiz. Bu o‘rinda ularni uch toifaga ajratish mumkin:

Musiqa bo‘yicha bazaviy ma’lumotga ega bo‘lgan, kasbini sevadigan, kelgusida o‘qituvchi bo‘lish orzulari amalga oshishi uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqur egallashga astoydil intilib o‘qiydigan talabalar;

Musiqaga ixtidori va qobiliyati mavjud, lekin, barcha fanlarga ham astoydil qiziqavermaydigan va o‘zlarini kelajak faoliyatida zarurligini his qilmaydigan talabalar. Bular pedagogik faoliyatning turli tomonlarini puxta o‘zlashtirib ololmaydilar.

Bu toifadagi talabalar o‘quv yurtiga o‘z xoxish – istaklariga qarshi majburan kirib qolgan bo‘lib, bu ularni o‘qishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ular pedagoglik kasbida o‘qib turib kelajakda bu sohada ishlashni asosiy maqsad qilib qo‘ymaydi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘qish davomida innovatsion faoliyatga tayyorlash ularni pedagogik faoliyatga tayyorlash ishlari bilan yaxlit bir butunlikda olib borilsagina bu faoliyat samarali va maqsadga muvofiq bo‘ladi. Musiqiy ta’lim yo‘nalishida fanlar integrasiyasi shunday ko‘rinish kasb etadiki har bir fan o‘z navbatida ikkinchi, uchinchi va h.k. barcha musiqiy, amaliy – nazariy bilimlar jamlanmasini o‘zida mujassamlashtirgan holda kerakli ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishni taqozo etadi. Masalan cholg’u asbobida ijrochilik mahoratini egallash uchun musiqa nazariyasi (musiqani ifoda vositalari), solfedjio, (nota o‘qish) musiqa asarlari tahlilini, xor va xorshunoslik fanida esa vokal kuylash, nazariy savodxonlik, dirijyorlik, xor aranjirovkasi, asarlar tahlili bo‘yicha ma’lum bilimlar zahirasi talab qilinadi. Shu bois har bir fan o‘qituvchisi o‘zi dars berayotgan fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib talabalarni pedagogik texnologiya faoliyatiga tayyorlab borishi kerak bo‘ladi. Hozirgi kunda oily ta`lim tizimida bu yo‘nalishdagi ishlarni kuzatish va tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, musiqiy ta`lim yo‘nalishida faoliyat yuritayorgan professor – o‘qituvchilarni aksariyati talabalarni texnologik faoliyatga tayyorlashga o‘zini hech bir aloqasi yo‘q deb biladi. Bu ish bilan shug‘ullanishni “Pedagogika” fani yoki “Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi” fani o‘qituvchilarining ishi deb qarashadi, yoki umuman bu ishga e`tibor berishmaydi. Bunga sabab birinchidan professor – o‘qituvchilarni o‘zlarini ushbu faoliyatga tayyor emasliklari bo‘lsa, ikkinchidan bo‘lg‘usi pedagog – kadrlarni texnologik faoliyatga tayyorlab borishning ijtimoiy, siyosiy zarurat sifatidagi mohiyatini tushunmasligidir.

Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini texnologik faoliyatga tayyorlash bir fan doirasida emas, barcha fanlarni o‘qitilishida yaxlit tizim asosida tashkil etilsagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Ya`ni musiqani xor va xorshunoslik, dirijyorlik, vokal ijrochiligi, cholg‘u ijrochiligi, musiqa tarixi, musiqiy asarlar tahlili, musiqa o‘qitish metodikasi (bu fanlar talabaning kelajakdagi musiqa o‘qituvchilik faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi fanlar hisoblanadi) kabi fanlar o‘qitilishi jarayonida kasbga tayyorlash va texnologik jarayonga tayyorlash ishlari bir – biri bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilsa va tadbirlarning (mashg‘ulotlarning) har biri bosqichma – bosqich bo‘lajak o‘qituvchilarni ta`lim jarayonini mohirona ilg‘or pedagogik texnologiya asosida tashkil etishga tayyorlasagina u bir butun tizim sifatida samaradorlik kasb etadi.

Hozirgi davrda har bir o‘qituvchi egallashi lozim bo‘lgan eng muhim ko‘nikmalardan biri darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va o‘tkaza olish ko‘nikmasidir. O‘z tarkibiga ko‘ra bu ko‘nikma anchagina murakkabdir. Buning uchun:

Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va unga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun avvalo o‘quv – biluv faoliyatidan unumli foydalana bilish, talabalarni har bir fan o‘qitilishida pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olish mahoratlarini egallab borishlariga erishish zarur. Masalan, dirijyorlik mashg‘ulotlari jarayonida “Talaba treningi”, “Men dirijyor”, “Klaster”, Musiqa nazariyasi fanini o‘tishda “Aqliy hujum”, “Skarabey”, “Bahs - munozara”, “Muloqot”, “Guruh bo‘lib ishlash”, Xor va xorshunoslik asoslari mashg‘ulotlarida “Kichik guruhlar holiday ishlash”, “Individual ishlash”, “Differensial guruhlarga bo‘lish”, “Multimedia texnologiyasi”, “Konsert darsi”, Musiqa tarixi fanini o‘tishda “Muammoli vaziyat”, “Viktorina darsi”, “Savol - javob”, Cholg‘u ijrochiligi darsini o‘qitishda “Kuyni davom ettir”, “Dars sayohat”, “Konkurs darslar” texnologiyalarini qo‘llash va talabalarni bunday faoliyatga tayyorlab borish mumkin.

Pedagogik faoliyatga texnologik jihatdan talabalarni tayyorlash talaba o‘quv mashg‘ulotlari davomida egallagan va amaliy mashg‘ulotlar, pedagogik amaliyotlar davomida mustahkamlab borish lozim bo‘lgan nazariy psixologik, pedagogik va metodik bilimlarni amalda ongli, ishonchli va muvaffaqqiyatli qo‘llay olishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

Ta`lim jarayonida talabalarni innovatsion texnologik faoliyatga tayyorlab borishning asosiy metodlari quyidagilardan iborat:


  • Talabalarga ma`lum ko‘nikmalarni hosil qilishlari uchun beriladigan topshiriqlar va ularni nazariy va amaliy o‘zlashtirishining tizimli yo‘lga qo‘yilishi;

  • Pedagogik texnologiyalarni ayrim usullarini dars jarayonida pedagogik amaliyotda mustaqil mashq qilishlari;

  • O‘qituvchi doimiy ravishda talabaning pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishi va amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini kuzatib, maslahatlar berib borishi;

  • Talabalarni pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha egallagan ko‘nikma va malakalarini sinf qismida, guruh bo‘lib muhokama qilib borish;

  • Talabalarni o‘z ishini va o‘rtoqlari ishini kuzatish va tahlil qilish va unga baho berishga o‘rgatib borish;

  • Talabalar o‘rtasida turli tanlov va musobaqalar o‘tkazish ularga ijodiy mehnat namunalarini ko‘rsatish va h. k.

O‘qituvchi dars mazmuni va mavzusiga ko‘ra darsda qo‘llanadigan texnologiyani tanlaydi, bunda asosiy e`tibor, maqsad aniq natijaga erishishga qaratiladi. Albatta bu o‘rinda o‘quvchilarning bilish saviyasi, qiziqishi va intilishlari mavjud shart – sharoit hisobga olinadi. Masalan, magnitafonda musiqiy asarni eshitish, so‘ngra munozara, doira stol atrofida jamoaviy tarzda uni tahlil qilish, erkin munozara asosida asar haqida (nazariy, badiiy - matn) kerakli ma`lumotlarni o‘zlashtirish mumkin. Shuningdek, ko‘rgazmali vositalar, tarqatma materiallar, turli adabiyotlar, axborot manbalardan ijodiy foydalanish mumkin.

O‘qituvchi bilan bir qatorda o‘qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv materialining mazmuni, sinf imkoniyatini, hisobga oladi-o‘quvchilarni dars faoliyatini markaziga asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylantirish kerak.

Darsni yaxshi natijaga olib kela oladigan darajada loyihalashtirish uchun o‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir mashg‘ulot xususiyatidan o‘quvchilarning imkoniyat va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzishning o‘ziga xos murakkablik tomonlari mavjud. Buning uchun o‘qituvchi pedagogika, psixologiya xususiy metodika, informatika va axborot texnologiyalaridan habardor bo‘lishi, shuningdek, juda ko‘p metodlar, usullarni bilishi kerak bo‘ladi. Har bir darsni rang barang qiziqarli va mazmunli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Darsning texnologik xaritasini qay ko‘rinishda yoki shaklda tuzish, bu tajribali, qo‘ygan maqsadga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin o‘zida dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija o‘z ifodasini topgan bo‘lishi muhimdir. Texnologik xaritani tuzish o‘qituvchini darsni kengaytirilgan kospektini yozishdan halos etadi. Chunki bunday xaritada darsning barcha qirralari o‘z aksini topadi.

O‘qituvchi tomonidan o‘zi o‘qitayotgan fanning har bir mavzusi bo‘yicha tuzilgan texnologik xarita unda har bir mashg‘ulotni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga tushunishiga yaxlit o‘quv jarayonining boshlanishi mazmuni, maqsadidan tortib, erishiladigan natijagacha ko‘z oldiga keltirgan holda darsni tashkil qilishiga imkoniyat yaratadi.

Dars jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarni erkin fikrlashga, izlanishga har bir masalaga ijodiy yondashishi, mas`uliyatni sezish, o‘z ustida mustaqil ishlash, tahlil qilish, ilmiy – uslubiy adabiyotlardan, darsliklardan unumli foydalanishga, eng asosiysi fanga, mavzu bo‘yicha bilim va malakalarni egallashga qiziqishlarini kuchaytirishi lozim.

Dars jarayonida o‘quvchilarni nazorat qilib borish alohida jarayon bo‘lib, har bir mashg‘ulotning maqsad va mazmuniga muvofiq amalga oshiriladi. Nazoratning eng haqiqiy va to‘g‘ri, samarali shakli bu – o‘z – o‘zini nazorat qilish hisoblanadi. Bu o‘qituvchi uchun ham o‘quvchi yoki talaba uchun ham birdek zarurdir.

Har bir fanning o‘qitilishini o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgani singari musiqa o‘qituvchisining ham o‘ziga xos “sir”lari ya`ni metodi, o‘ziga xos yondashuvi, tashkil etish, uyushtirish, bolalar bilan muloqot qila olish xislatlari bo‘ladi. Bular ichida umumiy bo‘lgan xususiyatlar bu musiqa san`atiga, o‘z kasbiga muhabbat, darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarga ko‘proq bilim va tushunchalar berish, o‘tilgan mavzularni to‘liq va mukammal o‘zlashtirishga intilib, fidoiylik bilan, o‘qituvchilik faoliyatidagi hayot bilan yashash.

Rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish uchun ta'lim faoliyati uchun maxsus shart-sharoitlarni yaratish kerak, unda ta'limning barcha asosiy tamoyillari, xususan, izchillik printsipi amalga oshiriladi.

O'quv materialini ishlab chiqishda izchillik printsipi talabalarni rivojlantirishga zamonaviy yondashuvning muhim tendentsiyalaridan biridir. Kichkina talaba shunchaki obrazli tasavvurlar tizimini va aniq nazariy bilimlarni shakllantirayotgan paytda, mashg'ulotning dastlabki bosqichida ma'lumot olishda ketma-ketlik haqida o'ylash juda muhimdir. Ko'pgina boshlang'ich ta'lim qo'llanmalarida barcha o'quv materiallari mavzular, paragraflar, darslarga bo'lingan. Kerakli bilim, ko'nikma va malakalar majmuasini o'zlashtirish ketma-ketligi boshqacha bo'lishi mumkin, ammo tizim samarali mashg'ulotlar uchun zarur shart bo'lishi kerak.

Barcha zarur nazariy tushunchalarni tizimlashtirish o'qituvchiga materialning mantiqiy ketma-ketligini yaratishga yordam beradi, tushunchalar shaklida rasmiylashtirilgan zaruriy fundamental bilimlarning hajmini aniqlaydi va materialni yuqori sifatli takrorlash va mustahkamlashni tashkil etadi. O'qituvchi talaba nimani tushunganini va bilishini, hali nimani o'rganmaganligini aniq belgilashi mumkin.

O'quv natijalarini tekshirish uchun har bir talaba uchun shaxsan o'quv materialini o'zlashtirish dasturi bo'yicha maxsus o'quv kitoblari yoki an'anaviy lug'atlarni tuzish maqsadga muvofiqdir. Bunday maxsus daftar, ayniqsa, ijodiy mashqlar uchun juda zarur, chunki ko'p narsalarni tuzatish va to'ldirish kerak.

O'tkazilgan materialni va o'zlashtirish sifatini keyinchalik to'g'rilash bilan uzoq muddatli rejalashtirish o'qituvchiga ishning samaradorligini tekshirib, "teskari aloqa" ni amalga oshirishga imkon beradi.

Musiqa o‘qituvchisi o‘quv va tarbiya ishlarini barobar olib boradi. U faqat o‘z mutaxasisligi bo‘yicha keng bilimga ega bo‘lib qolmay, musiqaga oid boshqa fanlardan, adabiyot, tasviriy san`at va eng muhimi psixologiya kabi fanlardan ham yaxshi bilimga ega bo‘lishi lozim. O‘quvchilarni musiqiy, badiiy, estetik tarbiyalovchi shaxsning dunyoqarashi, fikrlash tushunchasi, o‘z kasbiga sadoqati va o‘z mahoratini uzluksiz oshirib, takomillashtirib borishi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lishi kerak.

Ta`kidlab o‘tganimizdek, musiqa o‘qituvchisi oliy ta`lim davrida cholg‘uchilik, musiqa cholg‘ularida ijro etish, vokal – kuylash, nazariy bilimlarni yaxshi egallashi kerak. Chunki, jonli ijro etilgan kuy va qo‘shiq hammadan ko‘proq, tez va emotsional ta`sir kuchiga egadir. Jonli ijro etilgan kuy va qo‘shiq o‘quvchilar e`tiborini tez jalb etadi, yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Jamoa bo‘lib kuylash vaqtida hohlagan taktni (jumlani) qaytarish imkonini beradi. Va nihoyat musiqa asbobida mahorat bilan ijro etgan, qo‘shiqni chiroyli ovozda kuylagan o‘qituvchi o‘z tarbiyalanuvchilariga musiqani har kim o‘zi ijro etishi naqadar qiziqarli ekanligini, jozibadorligini amaliyotda ko‘rsatib beradi. Musiqa o‘qituvchisi faqatgina musiqa cholg‘ularini mohirona ijro etish bilan cheklanib qolmay, balki, yaxshi tovush, dirijyorlik mahorati, jamoa bilan ishlash malakalarini yaxshi egallagan bo‘lishi uning faoliyati samaradorligini kafolatlaydi.

O‘qituvchi bulardan tashqari darslrni kuzatib borishi uning yutuq va kamchiliklarini maxsus daftarga qayd qilib, shunga yarasha keyingi darslarga tayyorgarlik ko‘rishi yaxshi samara beradi. Doimiy kuzatishlar sababli o‘qituvchining pedagogik mahorati ham o‘sib, rivojlanib boradi. U vaziyatni baholashga, o‘quvchilarning kayfiyatini, dars ularda qanday taassurot qoldirganligini, ichki his – tuyg‘ularini sezishga o‘rganadi. Kuzatish birinchi sinfdan boshlanib, yettinchi sinfga qadar “davomiylik” tamoili ostida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari pedagogik texnologiyani qo‘llash, o‘zi ijro etib berishidan tashqari har bir darsda suhbat, hikoya, tushuntirish, uqtirish, munozara kabi uslublar yordamida asarlar mazmuni, mualliflari, yaratilgan davri, janri, xarakteri, shakli, tempi, lad – tonalligi, ijrochilik xususiyatlari haqida zarur tushunchalarni berib borishi lozim.

Musiqa madaniyati darsida o‘qituvchining so‘z mahorati yuksak darajada bo‘lishi lozim. O‘qituvchining o‘rganilayotgan asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini tushuntirib berishi, o‘quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa olamiga olib kiradi. Bunday xislatlar, ko‘nikmalar, malakalarning asosiy negizi oliy ta`lim davridagi ta`limjarayonida yaratilmog‘i va o‘qituvchilik faoliyatida uzluksiz ravishda takomillashtirilib, boyitilib, rivojlantirilib borilishi pedagog – murabbiylar oldiga, kasbiy faoliyatiga qo‘yilayotgan ijtimoiy buyurtmaning asosiy mazmunini belgilaydi.

Mutaxassis tayyorlashning maqsadi, vazifalari va xususiyatlarini o‘rganish talabalarni o‘qitish hamda tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari va usullarini to‘g‘ri belgilashning eng muhim shartidir. Mana shu ishning hozirgi mavjud shakllaridan biri yosh mutaxassis shaxsining xususiyatlarini gavdalantirishdir. Bo‘lajak mutaxassisning mukammal qiyofasida, jamiyatning mana shunday mutaxassislarga ehtiyoji yaqqol ko‘rinadi, binobarin, mazkur qiyofaning o‘zi oliy o‘quv yurtidagi ta’lim-tarbiya jarayonini, o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligi tarkibini tashkil qilish va rivojlantirish dasturi bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Har bir kasb o‘ziga xos muhim sifatlariga ega bo‘lishni talabqiladi. Mana shunday sifatlarni belgilash - o‘quvchi-yoshlar shaxsini shakllantirishning muayyan maqsadlarini belgilash hisoblanadi.

Musiqa o‘qituvchisining murakkab kasbi bir necha musiqa ixtisosliklarini o‘z ichiga oladi, lekin ularning shunchaki yig‘indisidan iborat emas.

Pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviy o‘qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay turib bu soha o‘qituvchisining qiyofasini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ana shu qiyofa mutaxassisga qo‘yiladigan talablarning muayyan tizimi sifatida namoyon bo‘lib, bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi shaxsini shakllantirishning dasturi va yo‘llarini takomillashtirish imkonini beradi.

Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarni estetik, badiiy va ahloqiy tarbiyalash, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirish orqali shaxsni ma’naviy shakllantirishdaniboratdir. Shuning uchun ham musiqa tarbiyasi yosh avlodni uyg‘unlikda kamol toptirishning muhim omili sifatida namoyon bo‘ladi. Xususan, musiqa bilan shug‘ullanish badiiy anglash faoliyati bo‘ lib, bir qator omillarni o‘z ichiga oladi. U g‘oyaviy e'tiqodni shakllantiradi, ahloqiy jihatdan tarbiyalaydi, shaxsdagi qiziqishlarning psixologik maqsadi va yo‘nalishini belgilaydi. Ijtimoiy kayfiyatni vujudga keltiradi, tashkil etadi va birlashtiradi, ijtimoiy faollikni tarbiyalaydi. San’atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o‘stiradi. Aqliy kamolotni, ijtimoy faollikni, tafakkurni, o‘quvchilarda o‘ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, fikr doirasini kengaytiradi, zarur musiqiy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi, bo‘sh vaqt muammosini hal qilishda yordam beradi.

Bolalarmusiqani tushunishi uchun musiqa tilining ma’naviy va shakl yasash xususiyatlarini bilishlari, muayyan darajada rivojlangan musiqiy (tovush balandligi. Tembri, musiqaning gannonik, dinamik xususiyatlarini anglash, lad va ritmni his qilish, musiqani eslab qolish) qobiliyatga, musiqani idrok va ijro etish malakalariga ega bo‘lishlari zarur.

Musiqa o‘qituvchisining faoliyati faqat musiqa darslarini o‘tish bilan chegaralanmaydi. Uning vazifasiga musiqa kechalari hamda tanlovlami tayyorlash va o‘tkazish, madaniy sayohatlar uyushtirish, musiqa va teatr sohalaridagi yangiliklar bilan o‘quvchilarni muntazam tanishtirib borish kabi faoliyat ham kiradi. Bularni shartli ravishda quyidagilarda ko‘rish mumkin:

Ta’lim-tarbiya jarayonining hamma qismlarini belgilash: tashkiliy mazmunli ish (musiqa bo‘yicha ta’lim va tarbiya ishlarining mazmunini tanlash).

Ta’lim tarbiyajarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti, jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorligi.

Ta’lim-tarbiya jarayonining rejasini amalga oshirishga doir tashkiliy ishlar (vazifalarini aniq bayon etish, o‘quvchilar faoliyatini va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa shakllarini uyushtirish).

Har bir o‘quvchining muntazam o‘sib borishi va o‘quvchilar jamoasining takomillashuvini oldindan ko‘rabilish, o‘g’il-qizlarni umumiy (hamda musiqiy) kamol toptmsh vazifalarini bclgilash va izchil amalga oshirish.

O‘quvchilarda ijtimoiy ahamiyatga cga qadriyatlaming muayyan tizimini,ehtiyoj,qiziqish, didni shakllantirishga, faoliyat va hatti-harakat sabablarini, dunyoqarash va dunyoni his ctishni bclgilashga doir ishlar.

Pedagogik faoliyat o‘qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:

- o‘quvchilaming qobiliyatlarini, musiqaga qiziqishlarini. musiqiy bilimlarini, ulardagi ijrochilik ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirishlari dinamikasini o‘rganish;

- o‘qitish usullarini o‘rganish, samarali usullami hamda ulami muvaffaqiyatli qo‘llash sharoitlarini aniqlash;

- uslubiy qo‘llanmalar va tadqiqotlami o‘rganish (ularni tanqidiy baholash);

- o‘zining va boshqa o‘qituvchilaming ijobiy hamda siilbiy tajribalarini tahlil qilish, islming samarali usullari va shakllarini umumlashtirish hamda ulardan o‘z amaliyotida foydalanish;

- muntazam ravishda pedagogik kuzatishlar va tajribalaro‘tkazish.

Musiqa o‘qituvchisiga zarur bo‘lgan mahoratni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun pedagoglik, artistlik vamusiqachilik qobiliyatlari uyg’unlikda bo‘lishi zarur.

Musiqa o‘qituvchisi o‘z fanini sevishi, unga ishtiyoq bilan yondashishi, o‘quvchilami yaxshi ko‘rishi, musiqa san’ati vositalari bilan o‘qitish va tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi lozim. O‘z kasbi bilan birqatorda o‘quvchilami ham sevadigan o‘qituvchi - barkamol o‘qituvchi bo‘ladi.

Musiqa o‘qituvchisi qobiliyatlar psixologiyasini. bola va o‘smir shaxsining tipologik hamda yosh xususiyatlarini, ijodiy xususiyatlarining rivojlanish qonuniyatlarini va uning eng samarali amalga oshadigan sharoitiami bilishi zarur.

Maxsus sinf o‘qituvchisi avvalo o‘quvchilarga umumiy estetik tarbiya berish vazifalarini tushunib olishi lozim. Bu vazifalar musiqa cholg’usini yaxshi chalishni o‘rgatishdangina iborat bo‘lib qolmasligi kcrak. Bunda, eng muhimi, bolaga musiqani sevishni o‘rgatish va unda musiqa mashg’ulotlariga qiziqish uyg’otish, cholg’u asboblari yordamida musiqiy faoliyatgaehtiyoj hosil qilish, shuningdek, maktabni bitirganidan keyin ham loaqal o‘zdilxushligi uchun musiqa bilan shug’ullanish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma va malakalami tarkib toptirishdir.

Fortepiano darslari juda katta tarbiyaviy imkoniyatga ega. Shuning uchun ularning tarbiyaviy va ta’lim vazifalarini uzviy birlikda, bir-birini to‘ldirgan holda tushunish zarur. Musiqa tarbiyasi mutaxassis musiqachini emas, balki avvalo ziyoli insonni tarbiyalashdir.

O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar me’daga tegib ketmasligi, lekin o‘quvchi sezmaydigan yo‘sinda doimiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Pedagog o‘quvchining nimalarga qiziqishi, nimalami o‘qishi va yaxshi ko‘rishini, uyidagi sharoiti, oilasidagi munosabatlari va hokazolarini bilishi lozim. Mana shulami bilib olish maqsadida o‘tkaziladigan suhbatlar bcixtiyor boshlanishi va qiziqarli hamda ishonarli tarzda borishi, shu suhbatlar nati jasida o‘quvchi aytayotgan narsalarga o‘qituvchi haqiqatan qiziqayotganini, suhbatlarni faqat o‘zining majburiyati sifatida o‘tkazmayotganini tushunib yetishi lozim.

Har qanday pedagog uchun maxsus qobiliyatlar ham zarurki, ularsiz tegishli pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Musiqa o‘qituvchisi uchun esa. musiqiy qobiliyatlar juda muhimdir. Bunday qobiliyatlar majmui ancha kcng va murakkab bo‘ladi.

Musiqiy- pedagogik faoliyatning xususiyati uning tarkibiy qismlari qatorida badiiy-obrazli komponentning mavjudligidan iborat bo‘lib, bu komponent musiqa o‘qituvchisi faoliyatining umumiy tarkibida mustaqil kategoriya hisoblanadi.

Musiqa o‘qituvchisi uchun ijodning ikki turi - og’zaki tushuntirish va musiqa asarini cholg’u asbobida ijro etish muhim ahamiyatga egadir.

Yakka tartibda mashg’ulot olib borish sinfining barcha ishlari har xil uslub, janr va shakllardagi musiqa asarlarini o‘rganishda amalga oshadi.

O‘qituvchi o‘z shogirdiga asarlaming xususiyatlarini anglab olishni, asarda yashiringan mazmun va g'oyani tushunishni, musiqiy tilning mohiyatiga kirib borishni, ishning usul va yo‘llarini o‘zlashtirishni o‘rgatishi kerak. Bulaming hammasi musiqa ijro etish ehtiyojini tarbiyalasliga qaratilgan bo‘ladi. Mana shu oxirgi maqsadga erishish uchun o‘qituvchining o‘zi musiqani astoydil va behad sevishi, o‘zidagi ishtiyoqi hamda tajribani boshqalarga berishga intilishi zarur. Lekin buning uchun u yctarli darajada sczgir bo‘lishi va o‘z sinfida bir necha marta o‘rganilgan asar ustida liar safar ishlashda o‘quvchilar bilan birgalikda yangi talqin vujudgakelgandek his qilishi kerak.

O‘qituvchi o‘rganilayotgan asarlarni o‘quvchilarga aniq misollarorqali tushuntirish va ko‘rsatish uchun avvalo o‘zi keng hamda har tomonlama ma`lumotli bo‘lishi shart.

Respublika bastakorlarning asarlari ustida ishlashda 0‘quvchilarda o‘rgatilayotgan pycsalar xarakterining milliv xususiyatlari haqidagi tushunchani shakllantirish muhimdir. 0‘quvchi xaiq san’ati an’analari deyarli barcha bastakorlar uchun zamin sifatida xizmatqilishini bilibolishi lozim. Chunonchi, xalqning fikr-o‘ylari va orzu-umidlarini ifodalovchi.

Yuksak badiiy boyliklar namunasi bo‘lgan xalq musiqasiga tayanish bastakorlar ijodining asosi bo‘lib xizmat qiladi.

O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri - o‘quvchilarda musiqa mashg'ulotlariga to‘g‘ri munosabatni, mehnatga muhabbatni tarbiyalashdir. U o‘quvchini musiqani idrok etish bilan birga, o‘z ijrosida ana shu musiqani to‘g‘ri talqin eta olishga o‘rgatib borishi kerak. Bunda muallifning matniga, muharriming ko‘rsatmalariga, turli belgilarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bolishni tarbiyalash zamr. 0‘quvchi faqat qisqa muddatli ijodiy topqirlik va yutuqlar bilan cheklanmay, ijodiy muvaflaqiyatlaiga erishish yo‘llarini topishga ham intilishi kerak.

Shu jarayonda ko‘p narsa o‘qituvchining har bir o‘quvchiga yakka tartibda yondashuviga bogliqdir. U islida muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchi sliaxsini yaxshi bilishi, uni doimo kuzalishi, shuningdek, o‘zining yosh musiqachiga munosabatini, uningmashg'ulot paytidagi hatti-harakatlarini tahlil qilishi kerak.

Har bir o‘quvchining fe'l-atvorida albatta ijobiy va salbiy xislatlar bo‘ladi. O‘qituvchining mahorati o‘quvchining yaxshi xislatini bilish va undagi qolgan barcha sifatlarni ana shu yaxshi xislatga yo‘naltira olishidadir.




Download 258,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish