OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SPORT TURLAINI OQITISH METODIKASI KAFEDRASI
SPORT MAXORATINI OSHIRISH FANIDAN
“YOSH FUTBOLCHILARNING JISMONIY
TAYYORGARLIGINI OSHIRISH MAVZUSIDA BAJARILGAN
KURS ISHI
Bajaruvchi: ____-gurux talabasi ______________
Qabul qildi: oqituvchi ____________________
Jizzax-2022 yil
MAVZU: YOSH FUTBOLCHILARNING JISMONIY
TAYYORGARLIGINI OSHIRISH
MUNDARIJA
Kirish------------------------------------------------------------------------------------3
I bob.Ilmiy adabiyotlar tahlili------------------------------------------------------6
1.1. Yosh futbolchilarni tayyorlashda asosiy talablar ------------------------------6
1.2. Yosh futbolchilarda dastlabki jismoniy tayyorgarlik--------------------------8
1.2.1. Yosh futbolchilarda jismoniy tayyorgarlik va texnika-------------------11
1.2.2. Yosh futbolchilarning maydondagi harakatlariga tasnif------------------13
1.3. Yosh futbolchilarni mashgulotlariga qoyiladigan talablar----------------15
2.4.1. Yosh futbolchilarni chidamkorlik sifatlarni maxsus testlarda baholash-------Xulosalar ---------------------------------------------------------------------------------
Foydalanilgan adabiyotlar---------------------------------------------------------
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Sport nafaqat jismoniy va manaviy soglomlik asosi, balki hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni turli zararli yot goya va odatlardan asrash, ularga oz qobiliyati va istedodlarini tola ruyobga chiqarish vositasi hamdir. SHu bois songgi yillarda mamlakatimizda bu borada qator huquqiy-meyoriy hujjatlar imzolandi. 2017 yil 3 iyunda Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari togrisida”gi qaror, 2018 yil 5 martda Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida gi farmonning qabul qilinishi va mazkur farmonga kora Respublika Jismoniy tarbiya va sport qomitasining vazirlikka aylantirilishi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi Ozbekistonda soglom turmush tarzini targib qilish va aholini jismoniy va ommaviy sportga jalb etish togrisida”gi, 2019 yil 13 fevraldagi, 2019-2023 yillar davrida Ozbekistonda jismoniy va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida”gi qarorlarining qabul qilinishi Ozbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi.
Bu qarorlarda yosh futbolchilarni futbol bilan shugullanishida zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlangan sport inshoatlarini qurish, jahon talablariga javob beradigan futbol maydonlarini kopaytirish, eng qobiliyatli yosh sportchilarni aniqlash va kelgusida ulardan yuqori malakali futbolchilar tayyorlash imkonini beradigan iqtidorli sportchi yoshlarni qidirib topish va tayyorlash tizimini tobora takomillashtirish kozda tutilgan.
Futbol oyinida yuqori malakali futbochilarni tarbiyalash har doim ham dolzarb muammo hisoblangan. YUqori malakali futbolchilarni jismonan etuk, texnik-taktik tomonlama tayyorlash voyaga etkazish, yoshlikdan futbol sport maktablarida, internatlarida oquv mashgulotlarini togri yonaltirish bilan bogliqdir.
Respublikamizda bir qancha bolalar va osmirlar sport maktablari, futbol maktab internatlari mavjuddir. Har bir maktab oziga xos yutuqlarga ega ekanliklari sir emas.
Lekin, erishilgan yutuqlarga qaramasdan, yosh futbolchilarni oyin maqsadi va ularing umumiy tayyorgarligi ustida hali ancha mashaqqatli ishlar olib borilishi kerak.
Bizning mutaxassis va murabbiylar Ozbekiston futbolida yuqori malakali oyinchilarda ham jismoniy tayyorgarlikni maromida emasligini takidlashmoqda. Bunga milliy terma jamoamiz safida oynovchi futbolchilarning xalqaro uchrashuvlarida, oyin harakatlardagi kamchiliklarning korinib qolishi yaqqol misol bola oladi.
Ozbek futbolchilarining keyingi rivojlanish bosqichi togridan togri yosh bolalar va osmirlar futbolini rivojlantirish bilan bogliq. Qanchalik bolalar va osmirlarni tayyorlash, orgatish jarayoni samarali yolga qoyilsa keyingi futbolimiz rivojlanish bosqichi shunchalik samaraliroq kechadi.
YOsh futbolchining asosiy jismoniy sifatlarini rivojlanishi harakat konikmalarining shakllanishi bilan uzviy bogliqlikda kechadi. Ana shu jarayonga xizmat qiluvchi mashqlar sport trenirovkasi mashgulotlariga qatiy izchillikda va ketma-ketlikda kirishiladi. Bugungi kunda futbolchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash uchun maxsus vositalardan, mashqlar majmuasidan foydalanishni taqozo etadi, shuning uchun xam biz tanlagan mavzu Yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish ozining dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Muammoning qoyilishi. Zamonaviy futbol har bir futbolchidan kattagina jismoniy tayoyrgarlikni va butun oyin davomida aniqlik bilan harakat qilishlarini talab etmoqda, chunki jismoniy tayyorgarlikni maromida bolmasligi maydonda barcha haraktlarning samarasiz tugallanishiga, jamoaning mufavvaqiyatsiz oyiniga olib keladi.
Yuqori malakali jamoalarda oyinchilarning umumiy tayyorgarligidagi nuqsonlarini tuzatish ancha qiyin. Shuning uchun bolalar va osmirlarning mashq jarayonlari qanchalik samarali bolsa, yuksak natijalar uchun kurashlar ham shunchalik kop muvaffaqiyaga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |