A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 337 Kb.
bet2/9
Sana29.06.2022
Hajmi337 Kb.
#718058
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5230971395717994348

Kurs ishining maqsadi va vazifalari

Tadqiqot ishini olib borishda yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish orqali o‘yin natijalarini oshirish.


Maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilanib olindi:
1. Yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarlikni baholashda maxsus test sinovlarni qabul qilish.
2. Dastlabki tayyorlov davrida jismoniy qobiliyatlarni yosh futbolchilar tomonidan bajarishlarni tekshirish.
3. Mashg‘ulotlarda yosh futbolchilarning jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi mashqlar va murabbiy ko‘rsatmalari taxlili.
Kurs ishini ilmiy uslublari
Tadqiqot ishining vazifalarini amalga oshirishda quyidagi uslublardan foydalanildi:
1. Ilmiy adabiyotlar tahlili.
2. Pedagogik nazorat.
3. Pedagogik kuzatish.
Ilmiy adabiyotlarni umumlashtirish
Yosh futbolchilarni etuk jismonan kuchli futbolchi qilib tarbiyalashda mutaxassislar tomonidan ko‘pgina ilmiy ishlar olib borilgan.
Mutaxassislar fikricha, yosh futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga e’tibor berish, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash va garmonik rivojlanishiga, xilma-xil ko‘nikma, malakalarni egallab olishga, futbol o‘yini texnikasi-taktikasini o‘zlashtirishda kattagina asos bo‘ladi.
I BOB. ILMIY ADABIYOTLAR TAXLILI
1.1. Yosh futbolchilarni tayyorlashda asosiy talablar

Yosh futbolchilarni tarbiyalash va ularni etuk iqtidorli kuchli futbolchi qilib etishtirish har qachon xam murabbiylarga kattagina mexnatni, izlanishni talab qiladi.


Murabbiylar futbol bugungi kunda, texnika-taktika jismoniy tayorgarlik bo‘yicha jadallik bilan o‘sayotganligi va yosh futbolchilarni xam bunday rivojlanishga tayorlash kerakligini izohlaydi.
Ko‘pgina futbol mutaxassislari R.A.Akramov, K.X.Xeddergot, M.A.Godik, A.A., D.K. Djarmen, V.N.SHamardin, R.I.Nurimov, R. SHarfi lar, yosh futbolchilarni mahorat darajasini oshirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilk yoshlik chog‘idan boshlab futbol uyiniga rejasi va malakali ravishda o‘rgatishga bog‘liqligini ta’kidlashadi.
A.A.Suchilin yosh futbolchilarni maxoratli qilib tarbiyalashda murabbiylardan bolalarda quydagi jixatlarni ko‘ra bilish va talab eta olishni e’tirof etadi:
- bolalarni kuchli-irodaviy, o‘zini tuta bilish
- mashg‘ulotlarda texnik xarakatlarni, mashqlarni astoidil bajarishlari
- yuqori darajadagi jismoniy sifatlarga (tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, tezlik-kuch) ega bo‘lish
- organizmning sog‘lom bo‘lishi, o‘yinlarda funksional tayyorlarligi a’lo darajada bo‘lishini yosh futbolchilarning dastlabki tayyorgarligida mutaxasisslar ko‘proq texnik tayyorgarlikka e’tibor berishini ta’kidlaydilar. Mashg‘ulotlarda umumiy jismoniy tayyorgarlikka 30-40% vaqt ajratishni ko‘rsatilgan.
Yu.N.Lopachev shuni e’tirof etadiki, futbolchilarni texnik xarakatlari, jismoniy siftlarni tarbiyalashda, ularning kuchi, yoshi, funksional imkoniyatlarni xisobga olish zarurdir.
Trenerlik amaliyoti shundan dalolat beradiki, yosh futbolchilarni o‘yin texnikasi o‘rgatish, jismoniy rivojlantirishda katta futbolchilar trenerovkasiga nisbatan boshqa usubiyatlarni qo‘llash lozim.
Yosh futbolchilar bilan ishlaydigan murabbiylar, futbol sir-asrorlarini mukammal bilish (futbolchi bo‘lganligi), futbol uslubiyati bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lishi o‘ta muximdir.(I.R.Nurimov, R.Akramov, O.Kurbonov,M.Maypas)
Akramov R.A. o‘z izlanishlarida shuni takidlaydi, yosh bolalarning futbol sifatiga kirishi uchun, birinchi navbatda, muvofiq xolda ulg‘aygan bo‘lishi zarur. Bu bilan shu narsa nazarda tutiladiki xarakatlarni egallash uchun bir xil darajada xam jismonan, xam ruxan tayyor bo‘lishi kerak.
Yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligi, o‘yin texnikasining ayrim usullariga o‘rgatish, o‘rganilganlarning nazoratsiz qoldirilishi mumkin emas. Agar o‘yin texnikasiga o‘rgatish rejelashtirilgan muntazam mashg‘ulotlar bilan o‘tkazilsa, unda u yaxshi natija berishi mumkin.
R.Akramov, R.Nurimovlar e’troficha sport maktablari tizimida yangi sportchilarni o‘yin texnikasiga o‘rgatishda navbatma-navbat keladigan ketma-ketlikka rioya qilish zarur xamda uni quyidagi tamoyil asosida:
1) osondan qiyinga,
2) oddiydan murakkabga, amalga oshirish kerak.
Futbol o‘yini texnikasi, xarakat malakalarining umumiy o‘ziga xos xususiyatlaridan tashqari, bir qator o‘ta ixtisoslashgan malakalarga ega. Texnika usullari va to‘pni egallab olishning ayrim elementlarini bajarish xamda ularni o‘yin vaziyatlarida qo‘llash quyidagicha tavsiflanadi:
1) futbol xarakatlari malakasi xar doim ma’lum bir sifatlar, masalan, mushak-kuch, tezkorlik, chidamlilikka asoslanadi;
2) xarakat malakasi o‘yin texnikasini ifodalovchi element xisoblanadi va u shundan iboratki, uzoq vaqt ichida yuqori darajada barqaror bo‘ladi, ya’ni o‘yin texnikasi malakalari ko‘p yillarga saqlanib qoladi;
3) o‘yin paytida futbolchilar texnik usullarni «o‘ziga xos muxitda» qo‘llaydilar: o‘yin qoidalarida gavda Bilan kurash olib borish ruxsat beriladi. Bunda raqibingiz sizga u yoki bu texnika usulini qo‘llashingizga xalaqit berishi mumkin. SHuning uchun texnikaga o‘rgatish va uni mustaxkamlashda o‘yindagi kurash xususiyati xamda raqibning qarshilik ko‘rsatuvchi xarakatlarini nazardan qochirmaslik lozim.
O‘yin xususiyati va xarakatlarning o‘ziga xos tuzilmasi, o‘yinchilarning individual jismoniy xamda ruxiy xususiyatlaridan tashqari, texnikaga o‘rgatish va uni mustaxkamlashni belgilab beradi. Xarakatlarga o‘rgatishni aloxida qismlarga bo‘lingan va parchalangan xolda amalga oshirish mumkin emas.
Sportchining umumiy tayyorgarligini, ular tanlagan sport turi uchun xos bo‘lmagan, biroq sport faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan har tomonlama jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash nazarda tutiladi (M.A. Godik).



Download 337 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish