1.3. Yosh futbolchilarni mashgulotlariga qoyiladigan talablar
Mashgulot sistemali ravishda olib borilishi, planli bolishi, uzoq vaqt mobaynida toxtatilmasligi kerak. Faqat shundagina u futbolchilar mahoratini oshirishning zor omili bolishi mumkin.
Mashgulot jarayonida futbolchilarda ijobiy emotsional holat vujudga keltirish uchun ularga mashgulot va musobaqalarning maqsadi, natijalarini tushuntirib berish zarur. Shuningdek, trenirovkaning turli xil metodlari, formalari va vositalarini qollanish, sharoitni ozgartirish, trenirovkaga musobaqa element-larini kiritish kerak.
Mashgulot va musobaqalar uchun qulay sharoitlar yaratish zarur. SHu bilan birga futbolchi musobaqada juda turli sharoitlarga duch kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Shuning uchun u bu sharoitlarga moslasha bilishi lozim, bunga esa maxsus trenirovka bilan erishiladi.
Mashgulot jarayonida futbolchilarning layoqati va mahorati ortib borishi uchun butun mashgulot davomida qatiy ravishda pedagogik va vrach nazoratini yolga qoyish zarur. Quyidagilar mashgulotni maqsadga muvofiq tuzishning asosiy shartlaridir:
1. Sport nagruzkalarining meyorini belgilashda tadrijiylik.
2. Musobaqa, mashgulot va dam olishni togri navbatlantirish.
3. Sport faoliyatining optimal ritmi.
4. Mashqlar, mashgulot va musobaqalarni taqsimlashda sistemalilik va izchillik.
Sport nagruzkalari umumiy ish hajmini, mashgulotlar jadalligi va ularning davomiyligini oshirish hisobiga asta-sekin kopaytirib boriladi. Bunda quyidagilarni:
A) har bir mashgulot va musobaqani otkazishda ishga sekin-asta kirishishni;
B) dam olish, kasallik, jarohatlanish va mashgulotdagi boshqa uzilish (malum vaqtgacha mashgulot qilmaslik) dan keyin ishga asta-sekin kirishishni;
V) yillik sikllarning ayrim qismlari, bosqichlari, davrlarida sport nagruzkalarini asta-sekin oshirib borish va kamaytirishni nazarda tutish lozim.
Har bir mashgulot va musobaqadan oldin chigil yozish otkaziladi. Uning mazmuni esa futbolchilarning holati va ularning individual xususiyatlari hamda atrof-muhit sharoitiga qarab ozgartiriladi.
Mashgulotlarida uzilish bolgan va bu uzilish ularning ishchanlik qobiliyatiga salbiy tasir korsatgan futbolchilar uchun maxsus mashgulot rejimi tuziladi, bu hol ularning butun gruppaning tayyorgarlik darajasiga etib olgunlariga qadar javom etadi. Bunda mashgulotlarni jadallashtirish emas, balki mashgulot musobaqalarga asta-sekin kirishishi muhim ahamiyatga ega.
Mashgulot sikllari va oyinlar oraligidagi sikllarda musobaqalar va dam olish kunlaridan mashgulotlarga, ortacha nagruzkali mashgulotdan katta nagruzkali mashgulotlarga va aksincha, katta nagruzkali mashgulotlarga asta-sekinlik bilan otilishiga rioya qilinadi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |