A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 1,83 Mb.
bet165/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103—1179) buyuk mutasavvuf olim, naqshbandiya tariqatining rivojiga muxim xissa qushgan alloma, soxib karomat avliyo bulib, Xojai Jaxon (Jaxon xojasi) nomi bilan butun dunyoga mashxur va ma’lum. Uning otasi Imom Abduljamildir. Imom Abduljamil Imom Molik (713—795) avlodlaridan xisoblanadi. Imom Abduljamil asli Rumlik. Xoja Abdulxoliqning onasi podshox avlodidan bulgan.

Xoja Abdulxoliq Buxoro viloyatining G‘ijduvonida tugilgan va shu erda marxum bulgan. Xojaning qabri G‘ijduvon shaxrining markazida. Onasining oyogi tomonida kumilgan. Bu ziyoratgox yonida Abdulxoliq G‘ijduvoniyning chillaxonasi, xujralari bulgan. Keksalarning aytishicha, qirq zinali tarixiy narvon xam bor ekan. Xozir narvon, chillaxon yuq, lekin tosh- quduq bor. SHuningdek, Xoja Abdulxoliq qabri yonida Mirzo Ulugbek qurdirgan madrasa xozirgi kungacha saqlangan. Mozorning shimolida jome’-masjidi xam qurilgan.

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy Xazrat Xizr alayxissalom, YUsuf Xamadoniy, Imom Sadriddin, Niyoz Xorazmiy (bu kishi Boboyi Laqlaqagi nomi bilan mashxur)lardan ta’lim olgan.

Xojaga xazrat Xizr zikri xufiya ta’limini urgatganlar. Xoja YUsuf Xamadoniy «Silsilai sharif» da tuqqizinchi xalqaning piri xisoblanadi. YUsuf Xamadoniy (1140 yil vafot qilgan) SHayxulshuyux, Kutbul asr, shox Xamadoniy deb e’zozlangan. Ul zoti sharifning ismi Abu YA’qub YUsuf bin Agob bin al Xusayn bin al Baxora al Xamadoniydir.

YUsuf Xamadoniy piyoda 37 marta xaj qilgani, umrida Kur’oni karimni ming marta xatm etgani xaqida ma’lumot beriladi.

Xoja YUsuf Bagdod, Isfaxon, Buxoroda ta’lim olgan. Ul zotning ustodlari Abu Isxoq, Abu Abdullox Juvayniy, SHayx Abu Ali Farmadiylardir.

Nosiriddin Tura ibn Amir Muzaffar al-Xanafiy al-Buxoriyning «Tuxfat az-zoyirin» kitobida yozilishicha, YUsuf Xamadoniy biror shaxarga borsalar, usha joydagi sharoblar uz- uzidan sirkaga aylanar ekan. Bu YUsuf Xamadoniy karomatidan nishonadir.

YUsuf Xamadoniy Buxoroda Xoja Abdullox Barqiy, Xoja Xasan Andoqiy, Xoja Axmad YAssaviy, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniylarga saboq bergan.

Naql qilishlaricha, YUsuf Xamadoniyning etti yuzdan ortiqroq shogirdlari valiylik darajasiga etgan, ul zoti sharif sakkiz ming butparastni islomga da’vat etib, musulmon qilgan ekan.

Abdulxoliq G‘ijduvoniyning «Risolai soxibiya», «Risolai SHayxushshuyux xazrat Xoja Abu YUsuf Xamadoniy», «Maqomoti Xoja YUsuf Xamadoniy» asarlari mashxurdir. Abdulxoliq G‘ijduvoniy ma’naviy farzandi Avliyoi Kabirga yozib qoldirgan nasixatlari bir necha asrlardan beri naqshbandiya tariqati murshidu muridlariga yulchi yulduz kabi xizmatda.

Ali Safiyning «Rashaxotu aynul xayot» kitobida Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning rashxa (tomchi)lari keltirilgan. Keyingi pir-ustozlar mazkur rashxalarni asrash va kelgusi avlodga etkazish, shuningdek ularni izoxlash va yoyishni xamda ularga amal qilishni uz vazifalari, burchlari deb bilganlar.

Mu’in al fuqaro Axmad ibn Maxmud Mullozoda kitobida qayd qilinishicha, Sadr al Kabir Burxoniddin (1196 yil marxum bulgan) Xojai Jaxonning muridi bulib, Buxorodagi masjidi Baland va Suzangaron masjidini qurdirgan.

Abdulxoliq G‘ijduvoniyni Xoja Axmad Siddiq, Xoja Avliyoi Kabir, Xoja Sulaymon Karmaniy, Xoja Orif ar-Revgariy (Xoja Orif Moxi Tobon) ismli xalifalari bulgan.

Xoja Abdulxoliqning ruxlari Xazrat Baxouddinni tarbiyat qilgan.

Xojai Jaxonning Avliyoi Kabirga qilgan nasixat-vasiyalari bugungi kunda xam uz qimmatini yuqotgan emas. Bu nasixatlarga uz vaqtida Baxoul xaq val-millat vad-duyoud—din Naqshband al Buxoriy qay darajada e’tiqod quyib, rioya qilgan bulsa, ayni shu kunda xam butun dunyodagi naqshbandiya piru muridlari shunday amal qilmoqdalar.

Abdulxoliq G‘ijduvoniy deydilarki: «Ey farzand! Ilm urgan, unga amal et. Taqvoli bul!» Bu xikmat paygambar alayxissalomning «Imon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas» xadislari xosilasidir. «Faqat ilmning uzi bilan kifoyalanib yurish, bu—shariatni inkor etuvchilar e’tiqodidir. Ular ilm xosil bulsa-yu, amal bulmasa — bu kabi ilmdan foyda yuqligini bilishmaydi. Xolbuki, uqib uzlashtirgan ilmiga amal qilmagan odamlarning qiyomat kunidagi azobi ikki xissa kupdir», deb Imom Eazzoliy ta’kidlaganlar.

Xojai Jaxon tariqat yuliga kirmoqchi bulganlarga xech qanday mansab, xatto imomlik, muazzinlik mansablarini tama’ qilmaslikni tayinlagan. SHuningdek amir, shaxzodalar, boylar bilan xamsuxbat bulmoq, ularning koshonalariga borib kelmoqni man’ qilgan. «Boylarning uyiga kamroq boringlar, aks xolda Tangrining sizga bergan ne’matini pisand qilmaydigan bulasiz». «Kimeki podshoxlar saroyiga tez-tez qatnaydigan bulsa, fitnaga qoladi», deb paygambar alayxissalom biz ummatlarini xatardan ogoxlantirganlar.

Naql qilinishicha Abdulxoliq G‘ijduvoniy muridlari bilan suxbatlashib turganda bir begona yigit xonakoxga kirdi. U zoxidlar suratida, egnida xirqa, kiftida sajjoda (joynamoz) va bir gushada ulturdi. Xazrat Xoja anga nazar qildi. Ul yigit dediki, Xazrat Rasulullox aytqon xadisning sirri nedur? Alar dedilarki, xadisning sirri budurki, xirqang ostidagi zunnoringni kesib iymon keltirgaysen. Ul yigit filxol zunnorini kesti va iymon kelturdi va xazrati Xoja asxobga boqib, dedilarki, ey yoronlar, kelingki, andoqki zoxir zunnorini kesib bu navaxd yigit iymon kelturdi, biz xam botin zunnorimizki iborati ujb (manmanlik, kibr) dandir qat’ (kesib) etub, iymon kelturali, to andoqki, ul omurzida buldi (ya’ni gunoxi kechirildi), biz dogi omurzida bulali.

Ajab xolate asxobga zoxir buldi. Xojaning oyogiga tusharlar erdi va tavbalarini toza qilurlar erdi. (A. Navoiy.)

Xoja Abulxoliq G‘ijduvoniy «Silsilai sharif» dagi uninchi xalqa piridir. Un uchinchi xalqa piri xazrat Xoja Ali Rometaniy debdurki, agar er yuzida Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy farandlaridan (ya’ni shogirdlaridin) bir bulsa erdi, Mansur xargiz dor ostiga bormagay erdi.

Xazrat Abdulxoliq G‘ijduvoniyning turtinchi xalifasi Xoja Orif ar Revgariyning «Orifnoma» nomli asari yaqinda topildi.

Xazrat Abdulxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgoxlarini qatagon yillarida xam odamlar tark qilmagan. Mustaqillik sharofatidan esa xozir bu ziyoratgox yanada obod buldi.



Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish