A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 1,83 Mb.
bet163/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

Qosim Shayx xonaqohi. Abdullaxon sevimli piri Qosim Shayxga bo'lgan kuchli e'tiqodi tufayli u zotning sharafiga Karmanada 1558 yilda xonaqoh qurdiradi. Xonaqoh katta gumbazli masjid hamda o'nta bir-biriga tutash bo'lgan hujralar va ayvondan iborat. Xonaqoh gumbazining balandligi 14 metrdan iborat. Markaziy Osiyo tarixida alohida mavqega ega bo’lgan sulolalardan biri – bu shayboniylar sulolasidir. Bu sulolaning hukmronlik davri bir asr davom etib, shu davr tarixida chuqur iz qoldirgan shayboniyzodalardan biri - Abdullaxon binni Iskandarxon binni Jonibekxondir. U 1534 yilda Karmana yaqinidagi Ofarinkentda (hozirgi Xatirchi tumani atrofida) tug'ilib, xayotining ko’p qismi Karmana bilan bog’liqdir. Abdullaxon va uning otasi Iskandarxon davrida Buxoro xonligi, jumladan, uning ajralmas qismi bo’lgan Karmana ham rivojlangan, obod mavzelardan biriga aylangan. XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro poytaxtga aylanib, gullab-yashnashida mamlakat hukm-dori Abdullaxonning xizmatlari salmoqli bo’lgan bo’lsa, zabardast hukmdorning xarbiy-siyosiy muvaffaqiyatlarida esa Karmanalik mashxur sufiy hazrat qutb ul-avliyo Qosim Shayx Azizonning hissasi beqiyosdir'. Markaziy Osiyo tarixidan ma'lumki, xar bir hukmdorning bir necha diniy ustozi - piri bo’lgan.Buxoro hukmdori Abdullaxonning mashdur Jo’ybor xo’jalaridan bo’lgan bir necha pirlaridan biri qosim Shayx Azizondir. Qosim Shayx XVI asrning yirik ma'naviy barkamol shayxlaridan edi. Jo’ybor shayxlari mamlakat poytaxti Buxoroda yashaganlar, Qosim Shayx esa Karmanada umrguzaronlik qilgan. Qosim Shayx XVI asr ma'naviy-siyosiy hayotida muhim o’rin egallab, shu davr mamlakat tasavvufining yirik namoyandalaridan biri bo’lib, u kishining ma'naviy silsilasi Xo’ja Axmad Yassaviy (XII asr)ga borib taqaladi. qosim Shayxning anchagina muridlari ham bo’lgan. Masalan, Samaqand yaqinidagi Ashobod qishlog’ida yashab o’tgan Xazrat Shayx Olim Azizon va shu viloyatning Sayid Ohu qishlog’idan bo’lgan Xazrat Pirimlar u kishining mashhur muridlaridan hisoblangan. Abdullaxon mamlakat ijtimoiy-siyosiyd yotiga doir masalalarni hal qilishda qiynalgan vaqtiarida doimo Qosim Shayxga murojaat qilib turgan. U kishi esa shohga zarur maslahatlar berib, muxolif tomonlar o’rtasidagi turli nizolarni bartaraf qilishda yordam qilgan. Masalan, Buxoro hukmdori shayboniyzoda Abdulazizxon 1550 yilda vafot etgach, shayboniylar sulolasining turli vakillari o’rtasida Buxoro taxti, Karmana va Miyonkol uchun kurash boshlanib ketadi. 17 yoshli Abdullaxon shu murakkab vaziyatda o’zini qo’llab-quvvatlash va ko’mak berishini so’rab Qosim Shayxga murojaat qiladi. Shayx uni duo qilib, ko’p payt mudofaada turishni maslahat beradi. Shunday yurishlardan biri - Karmana qurgoni uchun bo’lgan 12 kunlik janglardan so’ng Abdullaxon dushman bilan tinchlik sulhi tuzadi va qon to’kilishining oldini olib ko’p kishini o’limdan asrab qoladi. Bu bevosita Qosim Shayx Azizon maslahati bilan bo’ladi. XVI asrning ikkinchi yarmida Abdullaxon tasarrufidagi Shahrisabzga Turkiston hokimi Bobosulton da'vogarlik qilganda, ma'lum harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olib va ortiqcha qon to’kilishining oldini olishga urinib, Qosim Shayx Azizon uni da'vo-garga vaqtincha bo’lsa-da, topshirishni xonga maslahat beradi va bu maslaxat ham amalga oshadi. 1569 yilda Turkiston va Samarqand hukmdorlari Dabusiya va Karmanani egallab, Abdullaxon qo’shinlari bilan kurashni G’ijduvonning G’ishti yaylovlarida davom ettirayotganlarida Buxoro hukmdori Abdullaxonning qo’li baland keladi va uning raqiblari Qosim Shayxga murojaat qilib, xon bilan yarashtirib qo’yishni so’raydilar. Shayx jangu jadallardan madoriqurigan, bosqinchilar joniga tekkan aholiga xayri-xoh bo’lib, ularni yarashtirib qo’yadi. Qosim Shayx Azizon 1576-1577 yillarda bir-biri bilan kurashib turgan uch hukmdorni - Xorazm shohi Xoji Muhammadxonni, Qipchoq, dashtidan Qozoq, Eshimxon va Abdullaxonni Karmanada bir kigiz ustida utirg’izib, sulh to’zishga erishganligi «Abdullanoma»-da qayd etilgan. Qosim Sayx xonaqohining sharqiy tomonida Qosim Shayxning sag'anasibor. Sag'ana marmar tosh va "Abdullaxon g'ishti" deb ataluvchi g'ishtlar bilan terib chiqilgan. 1910-1911 yillarda Buxoro amiri Olimxon otasi amir Abdulahadxonning qabrini Qosim Shayx daxmasi yoniga unga monand qilib qurdirgan.Ikkinchi xonaqoh Qosim Shayxxonaqohidan 300 yil keyinroq qurilgan bo'lsa-da, ular birgalikda yaxlit, bir-biriga monand ulkan bir yodgorlik majmuasini tashkil qilgan. Mustaqillik sharofati bilan Qosim Shayx yodgorlik majmuasi O'zbekiston tarixiy yodgorliklarini asrash tashkiloti muhofazasiga olindi.

Nurota tumani O'zbekistonning shimoli-g'arbiy chekkasida joylashgan bo'lib, Buxoro, Jizzax, Samarqand viloyatlari, Konimex, Xatirchi, Ishtixon, Poyariq tumanlari bilan chegaralanib, shimoldan bepoyon Qizilqum sahrosi bilan tutashgan. Nurotada ko'pgina ziyoratgoh joylar bor. Nurota shahrida Mozori Sangandoz (Polvon Ahmad zamchi), Shoyris (Bibi Sittam Tagalboz), Mozori bandi kusho (Xoja Burhoniddin Jarroh), Chilla mozori (Xoja Ubaydullo jarroh), Egizak ato, Ixlos ato, Sulfi kabutak, Shayx Abul Hasan Nuriy, Shayx Ilyos, Shayx Abdulhasan Rumiy, Boboumar So'fi, Mozor qishlog'ida Xoja Ahmadi Kibor va boshqalar shular jumlasidandir. Nurota chasmasining ya'ni suvining shifobaxshligi qadim zamonlardan buyon ma'lum bo'lgan.




Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish