Mavlono Orif Deggaroniy xonaqohi. Deggaron xonaqohi Karmana tumanidagi Hazora qishloq kengashi hududidagi "Hazora" jamoa xo'jaligida joylashgan. Imorat XI asrda bunyod etilgan. Bu obida Ermitaj tomonidan yuborilgan olimlar tomonidan 1934 yil may oyida ochilgan. 1939 yilda A.Yakubovskiy bu qadimiy obida tarixi bilan shug'ullangan. Yodgorlik zardushtiylar davri me'morchilik uslubida qurilgan. Devorlari paxsadan, ustunlari g'ishtdan yasalgan. Imorat ustida 9 ta gumbaz joylashgan. Aytishlaricha bu yerda hunarmandlar yashagan, shu boisdan uni "Deggaron" - qozon quyuvchilar deb bejiz aytmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |