A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Bahouddin Naqshband maqbarasi, Somoniylar maqbarasi va Xoja Abdulxoliq G’ijdivoniy ziyoratgohlari



Download 1,83 Mb.
bet164/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

2. Bahouddin Naqshband maqbarasi, Somoniylar maqbarasi va Xoja Abdulxoliq G’ijdivoniy ziyoratgohlari.

.

XAZRAT BAXOUDDIN NAQSHBAND

Xazrat Baxoul-xaq val-millat vad-dunyo ud-din 1318 yil Buxoro yaqinidagi Kasri Orifon qishlogi (Kogon tumani) da tugilib, 1389 yil shu erda marxum bulganlar. Kabrlari Kasri Orifonda ziyoratgoxdir.

Xazrat Baxouddin ulug avliyo, benazir ustoz, ulkan faylasuf, zukko shoir, moxir mato tuquvchi va matoga naqsh soluvchi (Naqshband) sifatida tarixda qolgan— elu elatlar, xalqu millatlar dilidan joy olgan zot xisoblanadilar.

Xazratning ismlari Muxammad, otalari Muxammad Jaloliddin, bobolari esa Sayyid Burxoniddindir. Xazrat Baxouddin Xoja Baxouddin, Xojai Buzurg (Ulug Xoja), shoxi Naqshband nomlari bilan butun olamga ma’lum va mashxur. Bu zoti sharif nasablari ota tomonidan Xazrat Ali raziyalloxu anxumga, ona tomonidan esa Bakr Siddiq raziyalloxu anxumga borib taqaladi.

Naql qilurlarki, xazrat xojamiz dedilar: zamona qutblari va avtodlari SHomda jam bulib, meni oq kigiz uzra oldilar va atrofimni urab olgan kuyi buyuk bir taxtga utirgizdilar. Bundan keyin menda xech bir gam bulmagay.

Mazkur naqldan kurinib turibdiki, Xazrat Baxouddin barcha avliyolarning shoxi bulgan ekan. Xazratga Naqshband nomini berganlariga ikki sabab bor. Bir shuki, bu zoti sharif kimxoga, ya’ni matoga naqsh solnsh (gul solish) kasbi bilan shugullangan. Ikkinchisi esa, naql qilinishicha, Xazrat Baxouddin kim bilan suxbatlashsalar, shu suxbatdan sung Alloxning nomi usha odam qalbiga naqshlanib qolarkan. SHu sabab bu kishiga Naqshband unvoni berilgan. Bu tariqatdan murod shulki, Alloxning nomini yurakda naqsh etishdir. Naqsh band bar dil band, ya’ni Allox nomini kunglingda naqsh et.

Xazrat Boboyi Samosiy xazrat Baxouddinning dunyoga kelishlarini oldindan aytgan. Xazrat Muxammad Boboyi Samosiy silsilai sharifda un turtinchi xalqaning piri murshidi. Bu zoti sharif bogbonlik bilan shugullangan. Boboyi Samosiy Buxoro yaqinidagi Rometan tumani Samos (Simos) qishlogi (xozirgi Uzbekistan jamoa xujaligi)da tugilib, 1354 yil shu erda marxum bulganlar. Kabrlari Samos qishlogida obod ziyoratgoxdir. Boboyi Samosiy bogbon bulish bilan birga ulug ustoz xam edilar. Baxouddin tugilgandan sung, u kishini Boboyi Samosiy farzandlikka qabul qilib, Baxouddin tarbiyasi bilan shugullanishni shogirdlari xazrat Mir Kulolga topshirganlar. Xazrat Mir Kulol bu vazifani tuliq ado qilgan. Mir Kulol silsilai sharifda un beshinchi xalqaning piri murshidi. Baxouddinga tariqat odobi, zikr ta’limini xazrat Mir Kulol bergan bulsalar-da: «Botin yuzasidin pirimiz Xazrat Abdulxoliq G‘ijduvoniy buladilar», deb Baxouddin ta’kidlaganlar. Zero Xazrat Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103—1179) ruxlari Baxouddinni tarbiyat qilgan ekan. SHu bois Xazrat Baxouddin Uvaysiy xisoblanadilar. Kay zot utganlar ruxidan saboq olgan bulsa, unga Uvaysiy nomi berilur. Bu xaqda «Maqomoti SHoxi Naqshband»da tuliq ma’lumot bor. Silsilai sharifda xazrat Abdulxoliq G‘ijduvoniy uninchi xalqaning piridirlar. SHuningdek, Xazrat Boxouddin Xoja Orif Dexa-Deggaroniy, turk shayxlaridan Kusam SHayx (bu zoti sharnf Xoja Axmad YAssaviy avlodlaridan), Xalil Otalardan xam ta’lim olganlar.

Xazrat Baxouddin uz tariqatlari moxiyatini shunday tushuntirib berganlar: «Bizning tariqatimiz urvai vusqodir (mustaxkam tutqich), ya’ni Xazrat Rasul salolloxu alayxi vasallam mutobiatlari etagidin tutmoq va saxobai kirom merosiga ergashmoqdir. Xar kim bizking tariqatdan yuz ugirsa, dinida xatar kuradi». YAna Xazrat dsganlarki, bizning tariqimiz suxbatdur. YA’ni, u kishi suxbat orqali shogirdlar, asxoblarni tarbiyat qilgan. Darvoqe, paygambar alayxissalom xam xuddi shu yul bilan islomni olamga yoyganlar-ku! Naqshbandiya tariqatidan maqsad exyous-sunnadir, aniqroq qilib aytganda paygambar alayxissalom sunnatlarini qayta tiriltirish — tariqat pirlarining uz oldiga quygan maqsadidir. Baxouddin deydilarki, xilvatda shuxratdur va shuxratda ofat, xayriyat jamiyatdadur, bu shart bilaki, bir-biriga jafe bulgay.

Demak, bu tariqatda xilvatnishinlik yuq, balki zoxir yuzasidan xalq bilan, botindin Xaq Subxonaxu Taolo bilan birga bulish, ya’ni dil ba yoru dast ba kor —kungil xaq bilan, qul ish bilan band bulsin, shioriga amal qilingan.

Naqshbandiya tariqatida mutaassiblik yuq. U barcha millat, barcha irqdagilarga dasturulamal bula oladi. Rost yul, tugri yulni topa olishda qiblanamo vazifasini utaydi.

Xazrat Baxouddin Naqshband dedilar: «Maqsad talabi yulida ximmatingiz onqadar bulsinki, basharti mening boshimga oyoq quyib utishga tugri kelsa va siz utmasangiz — aslo kechirmasmen».

«Maqomoti SHoxi Naqshband»da yozilishicha, xazrat Baxouddin: men SHayx Junayd, SHayx SHibliy, SHayx Mansuri Xalloj, Sulton Boyazid chiqqan maqomlarga kutarildim, deydilar. Xazrat Baxouddin ta’kidlaganlarki, talab ovonida ikki marotiba Mansuri Xalloj sifati menda paydo buldi va ikki marotiba xam dor ostiga borib, senday boshning joyi dordir, dedim. Ilox inoyati bilan bu maqomdan utdim.

Xazrat Azizon (xoja Ali Rometaniy) quddisa sirrixu debdurlarki agar er yuzida Xazrat Abdulxoliq G‘ijduvoniy farzandlaridan bir bulganda edi. Mansur xargiz dorga osilmasdi.

«Maqomoti SHoxi Naqshband»da Xazratning karomatlari, tarjimai xollari, xikmatli gaplari va baytlari darj qilingan. SHu tabarruk kitobda naql qilinishicha, bir darvish kelib xazrat Xojamiz—ya’ii, Baxouddinga Buxoroda suvsizlik oqibatida poliz; xarob bulish arafasida turganligini bildiribdi. Xazrat xoja poliz boshiga boribdilar va buyuribdilar: «Polizga suv berish maxali bulibdi, suv yullarini tuzat. Men u kishi buyurganlaridek qildim. Lekin daryo qurigan, ariqda xam suv yuq edi. Xoja dedilar: Xaq Subxonaxu Taolo suv bermoqqa qodir. Subxidam qarasam, poliz serob bulibdi, yonidagi sabzi, piyoz ekilgan erlar xam suvdan tuyibdi. Mushoxada etib kurnlsa, na ariq, na daryoda bir qatra suv bor erdi.»

Naql qilurlarki, Xazrat Xojamiz Baytullox (Ka’ba) ziyoratiga borganlar. Ushal kun xojilar qurbonlik qilardi. Xojamiz dedilarki: «YAkkayu yolgiz uglimiz bor, shu uglimizni Allox yulida qurbon qildik.» Xazrat Xoja xizmatlarida bulganlar shu kunni shu daqiqani tarix sifatida qayd qilganlar. Buxoroga kelganlaridan sung ma’lum bulganki, Xazratning lafzlaridan bu kalom chiqqan zaxot ugillari marxum bulgan ekan.

Naql eturlarki, SHayx Amir Xusayn vafot qilgandan sung bir darvish shayxni tushida kurib, suragan: «Ey SHayx Xusayn, azizlar (ya’ni Munkar va Nakir)ga qanday javob berding?» SHayx dedi: «Ul azizlar savol-javobga keldi, lekin xazrat Baxouddin paydo bulib, qulimdan tutdilar va savol-javobdai oldin meni uzlari bilan birga olib ketdilar.» Xazrat bir necha (ba’zi naqlga kura uch)marta xajga borganlar.

Xazrat Baxouddin Naqshband «Dalelul oshiqin»,, «Xayotnoma» nomli kitoblar muallifi xisoblanadilar.

Xazrat Baxouddinning birinchi va etuk xalifalari Xoja Alouddin Attor (Muxammad ibn Muxammad al Buxoriy) bulganlar. Bu zoti sharif 1400 yil vafot etgan. Mozorlari Xisori SHodmon (Dushanbe) viloyati, CHagoniyon tumani, Dexinav qishlogidadir.

Ikkinchi xalifalari Xoja Muxammad Porso (1419 yil vafot qilganlar) bulib, bu kishining ismlari Muxammad ibn Maxmud Xofiz al Buxoriydir. Xoja Porsoning qabrlari Madinada. Xoja Alouddin G‘ijduvoniy uchinchi xalifa, SHayx Pirmastiy, Xoja Abulqosim Buxoriylar Xazratning asxoblari bulgan.

Naql qilurlarki, Baxouddin dedilarki, Sultonul Orifin (ya’ni Boyazid Bastomiy) aytibdurlar: «Bu yulga kirganlar xar qancha yurgan bilan, alarning oxirgi qadami bizning birinchi qadamimizga barobar kelur». Baxouddin buyuribdurlarki, gayrat yuzasidin xaq Subxonaxu Taolo suxbati xarom bulsin ul kishigaki, uning birinchi qadami Boyazidning oxirgi qadamiga egmasa va dedilarki, biz intixoni ibtidoda darj qildik.»

Mazkur naqldan Xazrat Baxouddinning darajalari naqadar oliy ekanligi kurinib turibdi. Tariqati Naqshbandiya zulmatda qolganlarga nur, yulini yuqotganlarga qiblanamo, adashganlarga yulchi yulduzdir. Odamni er yuzidagi ofatlardan omon saqlovchi, inson farzandiga ilashishi mumkin bulgan illatlardan muxofaza etuvchi, ikki dunyo saodatiga erishtiruvchi tariqat xisoblanadi.

Ma’lumki, Movarounnaxr va Xuroson arablar tomonidan fatx etilgandan keyin bu erda arab xalifalari maxalliy xalq vakillaridan boshqaruvchi—amirlar tayinlashgan. Movarounnaxr va Xurosonda IX asrga kelib Toxiriy (821—873), Safforiy (867—910), Somoniylar (819—1005) davlati paydo buldi. IX—XI asrlarni SHarq renesansi—uygonish davri, fors-tojik adabiyotining gullagan vaqti deb tarixda qayd qilganlar. Zero falsafa, fiqx, xadis, riyoziyot, falakiyot, jugrofya, tibbiyot, musiqa, kimyo, me’morlik xullas, kuplab soxalarda yangi-yangi kashfiyotlar sodir buldi. Enqiklopedik olimlar Abu Ja’far bin Muso Xorazmiy, Axmad Fargoniy, Abu Nasr Muxammad Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Umar Xdyyomning qator kitoblari, shuningdek Rudakiy, Daqiqiyning guzal gazallari, Firdavsiyning olamshumul «SHoxnoma»si, xuddi shu davrning maxsuli xisoblanadi.

Naql etilishicha, amir Asad ibn Abdullox (783 yil vafot qilgan) ning qulida Somonxudot islomni qabul etgan. Narshaxiy yozadi: «Uning Somonxudot deyilishiga sabab shuki, u bir qishloq barpo qilib, unga Somon deb nom berdi va Buxoro amirini Buxoroxudot (ya’ni, Buxoroning egasi, amiri) deb ataganlaridek, uni xam shu qishloq nomi bilan Somonxudot deb atadilar. Somonxudot Asad Kushayriyga bulgan xurmati tufayli ugliga Asad ismini berdi, SHu Asad amir Ismoil Somoniyning bobosidir. Somonxudot Baxrom CHubin Malikning avlodi ekan».

Somonxudotning ugli Asaddan turt farzand qolgan: Nux, Axmad, YAx’yo, Ilyos, Xalifa Ma’munga manzur bulgulik xizmat qilganlari uchun xalifa Axmad ibn Asadga Fargona, YAx’yoga CHoch va Istaravshan, Ilyosga X,irot, Nuxga Samarqand xokimligini berdi.

Axmad olim va porso bulgan (Narshaxiy). Muarrix Muqaddasning ta’kidlashicha, somoniylar ulamo va foizillarga boshqa amirlardan kura kuproq extirom kursatishgan.

Axmad ibn Asad vafotidan sung uning taxtini ugli Nasr ibn Axmad egalladi. Nizomi Aruzi Samarqandiy «Majma’ul navodir» («Nodir xikoyatlar») kitobida deydiki, Nasr ibn Axmad somoniylar sulolasiga mansub amirlarning durdonasi erdi. Nasr ibn Axmad xukmronligi davrida butun Movarounnaxr somoniylar ixtiyorida bulgan. Aruzi Samarqandiyning ta’kidlashicha, Nasr qishni Buxoroda, yozni Samarqand yoki Balxda utkazgan. Darvoqe, muarrixlarning kupi, Somonxudot asli balxlikdir, dyob yozganlar. Bir yil Nasr ibn Axmad X,irotga borib baxorni Badgisda utkazdi. SHunday qilib, bir yildan ortiq vaqt bu erda qoldi. Buxoroga borish umuman xayolidan kutarildi. SHundan sung lashkarboshi va a’yonlar ustoz Rudakiy xuzuriga borib: «Agar shoxni Buxoroga junashga rozi qilsang, senga besh ming dinor beramiz. Farzandlarimizni sogindik, Buxoroni sogingandan jonimiz bugzimizga keldi», debdilar.

Nasrning ukasi Ismoil ibn Axmad as-Somoniy 849 yil Fargonada tugilgan. Amir Ismoil Buxoroga 874 yil kelgan. Bu vaqtda Buxoroda tus-tupalon avj olgan, shaxar yarim vayrona xolda bulgan. CHunki Xusayn ibn Toxir at-Toyi Xorazmdan kelib, Buxoroni talagan. Buxoroda ugrilik, beboshlik avj olgan. Xoja Abu Xafs Kabir Buxoriyning ugli Abu Abdullox Nasr ibn Axmadga xat yozib, Buxoroga amir tayinlab yuborishni iltimos qilgan. Va shu xat sharofatidan Buxoroga Nasr uz ukasi Ismoilni amir etib yuborgan.

Amir Nasr vafotidan keyin butun Movarounnaxr amir Ismoil tasarrufiga utdi. Amir Ismoil Tarozni fatx qildi, Xuroson amiri Amr Laysni jangda engdi. Amr ibn Lays asir buldi. Amr ibn Lays deydiki, meni asir olganlaridan sung uzoqdan amir Ismoil Somoniyni kurib, otdan tushmoqchi buldim, lekin u uz joni va boshi bilan qasam ichib: «Otdan tushma!» dedi, bunday muomalani kurib, mening jonim qaror topdi... Menga mexrubonlik kursatdi va seni uldirmayman, deb aytdi va uzugimni qulimdan tortib olgan kishidan uch ming dirxamga sotib olib, menga berdi (Narshaxiy, «Buxoro tarixi», T—1991 yil).

Ma’lumki Buxoro atrofidagi devor 831 yil Muxammad ibn YAx’yo ibn Abdullox ibn Mansur davrida qurilgan. CHunki turk kofirlari Buxoro xalqiga bosqin etib jabr qilardi. Bu devor «Kampirak devori» nomi bilan atalgan. Lekin undan oldin xam Buxoroda devor bulgan ekan. Xar bir amir Buxoro devorini ta’mirlashga say’-xarakat etar, bunga kup mablag va kuch sarflanardi Amir Ismoil Somoniy esa xalqni bu qiyinchiliklardan qutqardi. U: «Men Buxoroning qal’asi, to tirik ekanman, Buxoroga xech qanday yov kirolmaydi!», dedi va u uz suzi ustidan chiqdi. Buxoro shaxri devori esa 850-yil bino etildi.

Buxoroda somoniylar davrida boy kutubxona bulgan. Amir Nux ibn Mansurdan (xukmronlik davri 976—997) ijozat olgan Ibn Sinr bu kutubxonadan foydalangan. Somoniylar davrida juda kup ilmiy va adabiy asarlar ijod qilindi. Agar bu asarlar ruyxatini tizmoqchi bulsak, kurkam bir kitob bulur. Buxoroda kumush tanga va dirxam zarb qilingan. Narshaxiyning yozishicha, Buxoroda bayt-ut-tiroz, ya’ni tuqimachilik korxonasi bulgan. Buxorodan zandanicha nomli matoni SHom, Misr, Rumga olib ketganlar. Somoniylar davrida juda kup inshootlar, obidalar qurilgan. Somoniylar maqbarasi Buxorodagi eng guzal, noyob obidadir. Bu obida xaqida juda kup kitoblar yozilgan. Rivoyatga kura, uni Ismoil Somoniy otasi Axmad ibn Asad uchun qurdirgan. Lekin bu maqbara Somoniylar xonadonining daxmasi buldi. Maqbaradagi yozuvga kura, unda Ismoil va unnng nevarasi Nasr II ibn Axmad dafn qilingan. Bu bino kub shaklida qurilgan bulib, odam aqlini lol qoldiradigan darajada mukammaldir. Inshoot pishiq gishtlar bilan bino etilgan. Butun dunyodan keladigan sayyoxlar ming yildan beri bu obidani xayratlanib tomosha qiladilar va ota-bobolarimiz san’atiga, aqliga, ilmiga, madaniyatiga qoyil qolnb, ta’zim qpladilar.

Tim qishlogidagi Arab ota mozori, Buxorodagi Magoqi Attoron, Termizdagi CHorsutun masjidi shu davrdan qolgan nodir yodgorliklardir.

Bugroxon qarluqlar, chigillar, yagmolar xamda Ettisuv va Kashqardagi turklarnipg Urta Osiyoning SHosh, Fargona va qadimgi Sugd erlari uchun boshlagan jangiga raxbarlik qildi.

Koraxoniylar sulolasi somoniylar sulolasini engdi. 1005 yil butun Movarounnaxr qoraxoniylar quliga utdi.

Somoniylar sulolasi xukmronlik qilgan yillar quyidagichadir. Nux ibn Asad (819—842), Axmad ibn Asad (842—864), Nasr I ibn Axmad (864—897), Ismoil ibn Axmad (897—907), Axmad ibn Ismoil (907—914), Nasr II ibn Axmad (914—943), Nux I ibn Nasr (943— 954), Abdumalik ibn Nux (954—961), Mansur I ibn Nux (961—976), Nux II ibn Mansur (976—997), Mansur II Nux (997—999).



Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish