A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti


O’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berishda Davlat ramzlaridan foydalanish



Download 2,24 Mb.
bet152/268
Sana16.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#374919
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   268
Bog'liq
Pedagogika O'UM

O’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berishda Davlat ramzlaridan foydalanish. Davlat ramzlari muayyan millat, elat etnopsixologik hususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadini, hududiy, siyosiy, ijtimoiy birlik mohiyatini ajratishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majburiydir.

Muayyan Davlatning bayrog’i, Gerb (tamg’asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.

Davlat ramzlari o’zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy mazmunni ifoda еtadi. Davlat ramzlarida (bayroq, gerbda) tasvirlangan ranglar, tasvirlar shu xalq, millat o’tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, g’oyalarini ifodalashga xizmat etadi. Davlat madhiyasi esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi, g’oyalarini tarannum еtiladi.

Davlat ramzlari davlat mavjudligini ko’rsatuvchi belgilardan sanaladi. Ramzlar bu shartli belgilar bo’lib ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot,odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.

Respublikamizda davlat mustaqilligining e’lon qilinishi mustaqillikni aks ettiruvchi ramzlarni ishlab chiqishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan 1990 yil 30 martda "O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida"gi qaror qabul qilindi va bu borada ishlar boshlab yuborildi.

O’zbekiston Oliy Majlisining 1992 yil 8 dekabrda bo’lib o’tgan XI-sessiyasida O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilindi. Ta’lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida o’quvchilarga davlat ramzlari ularning mohiyati orasidagi ma’lumotlarni berish, ularning ongiga davlat ramzlarining xalq, millat or-nomusi, sha’ni, qadr-qimmati timsoli ekanligi to’g’risidagi g’oyalarni singdirish orqali o’quvchilarda ularga nisbatan hurmat tuyg’usini qaror toptirishi kabi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq sanaladi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining quyidagi matni o’quvchilar tomonidan nafaqat yod olinishi, balki madhiyada ifoda etilgan fikrlar mazmunini chuqur tahlil eta olish layoqatining namoyon etilishi borasida shart-sharoitlarni yaratib berish ta’lim muassasalari jamoasi, ularning rahbariyati oldidagi asosiy vazifalardan biridir.

Davlat madhiyasi kabi uning bayrog’i, gerbi (tamg’asi) ham jahon miqyosida mavjud bo’lgan muayyan davlatning o’z xalqi, millati nomidan faoliyat yuritish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi.

Mustaqil O’zbekiston Respublikasining bayrog’i to’rt xil rangda bo’lib, ko’k, oq, qizil yashil ranglardir. Oq rang qizil rang bilan hoshiyalangan. Respublika bayrog’ida yurt tarixi, o’zbek xalqining milliy ruhi va yurt tabiati jamoli aks ettirilgan. Bayroqning chap tomoni yuqori qismidan yarim oy va 12 yulduz tasviri tushurilgan. Ko’k rang va yulduzlar tasviri tiniq, moviy osmon belgisidir. O’rtadagi oq rang esa yorug’ kun va pokiza, oq ko’ngilli xalqimizning tilagi, qizil hoshiyalar esa tomirlarda urayotgan qon kabi tiriklik va hayot ramzidir. Yashil rang esa qadim-qadimdan tabiat belgisi, oy (yangi oy) tasvirining berilishi mustaqillik sharoitida hayot kechirish xalqimiz uchun o’ziga xos yangi davr ekanligi ifodasidir. Yulduzlar sonining 12 taligi yil oylariga muchal hisobiga isbotdir.

Milliy bayrog’imizning huquqiy maqomi, "O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida"gi ma’lumotlarni o’quvchilarga etkazish sinf soatlarida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish chog’ida amalga oshiriladi.

Bayroq davlat mustaqilligining belgisigina bo’lmay, u Respublikamiz nomini xalqaro maydonda ramziy ifoda etish uchun ham xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik mehmonlar Respublika bayrog’ini hurmat qilishlari shart.

Davlat ramzlarining yana biri - bu davlat gerbidir.O’zbekiston Respublikasi davlat gerbining qabul qilinishi O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida"gi qonun g’oyalari hamda xalqimizning ming yillik boy tajribasiga asosan amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi davlat gerbida tog’lar, daryolar, bug’doy boshoqlari (chap tomonda), ochilgan g’o’za shoxlarining (o’ng omonda) gulchambar holidagi tasviri aks ettirilgan. Gerb o’rtasida serquyosh yurt ramzi bo’lgan quyosh o’zining zarrin nurlarini sochib turibdi. Gerbning yuqorigi qismida Respublika mustaqilligining ramzi sifatida sakkiz burchak tasvirlangan bo’lib, uning ichida yarim oy (yangi oy-yangi tuzum) va yulduzlar (adabiyot timsoli) joylashtirilgandir. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi bo’lgan kumush rangli Humo qushi qanotlarini yozib turgan holda tasvirlangan. Humo qushi insonga baxt keltiruvchi, uni turli ofatlardan himoya qiluvchi, mehribon jonzot sifatida o’zbek xalq og’zaki ijodida keng talqin etib kelingan. Gerbning pastki markaziy qismida Davlat bayrog’i ranglaridagi chambar lenta o’zagida " O’zbekiston" so’zi yozilgan. Gerbda ifoda еtilgan sakkiz qirrali burchak mujassamdir. Ushbu belgi ijtimoiy hayotning barcha jihatlarini ma’lum bir g’oya, kuch birlashtiradi degan ma’noni anglatishga xizmat qiladi. Paxta va bug’doy boshoqlarining tasviri rizqu - ro’zimiz nishonasidir.

Davlat gerbining huquqiy maqomi ham maxsus qonun bilan qo’riqlanadi. Davlat Gerbidan foydalanish huquqi maxsus davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga berilgan bo’lib, ularga O’zbekiston Prezidenti Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari, vazirliklar, davlat qo’mitalari, barcha toifadagi sudlar, prokratura, diplomatik va konsullik vakolatxonalari kiradi.

Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhirlar, hujjatlarning blankalari ulardan foydalanish va saqlash, yo’qotish tartibi Respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus hujjati asosida tartibga solingan.

Davlat gerbi, shuningdek, fuqarolik pasportida, korxona, tashkilot muassasalarining ish qog’ozlar muhrlarida, Respublikada shaxs sifatida o’z sha’ni or-nomusini qanchalik muqaddas bilsa, fuqaro sifatiga davlat ramzlarini shu qadar muqaddas bilishi, uni asrash, muhofaza qilish uchun o’zida mas’ullik tuyg’usini qaror toptirishi lozim. Fuqarolik tarbiyasini yo’lga qo’yish jarayonida davlat ramzlaridan noqonuniy hamda ahloqsiz ravishda foydalanayotgan kimsalarga nisbatan murosasiz bo’lish lozimligining uqtirib borish maqsadga muvofiqdir.

Huquqiy ta’lim uzluksiz bo’lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar oilada, maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq хulq-atvor qoidalaridan хabardor bo’lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan huquqiy хususiyat kasb etishi zarur. Shuning uchun 1998-1999 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o’rta ta’lim maktablaridan boshlab, har bir ta’lim tizimida bosqichma bosqich huquq saboqlari, huquqiy bilim va tarbiya berib borilishi yo’lga qo’yildi.

Huquqiy tarbiya shaхs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni

shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaхs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoning muhim bosqichidir.

Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:

- o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar berish;

- o’quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;

- o’quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish;

- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodхonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;

- o’quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to’g’ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo’lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik хizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko’rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.

Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, tasavvurlar, baholar, his-tuyg’ular va ma’naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir. Boshqacha aytganda, huquqiy ong muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psiхologik hodisa sifatida murakkab tuzilishga ega. Ma’lumki, huquqiy ong ikki tarkibiy qismdan, ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat. Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari to’g’risidagi g’oyalar, qadriyatlarni o’z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning emosional qabul qilinishi bilan bog’liq. Huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlardir. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishining natijasidir. Aynan huquqiy munosabatlar orqali huquq «yashaydi», amal qiladi.




Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish