A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti


Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari



Download 2,24 Mb.
bet154/268
Sana16.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#374919
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268
Bog'liq
Pedagogika O'UM

Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari:

Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.

Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab etiladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda hal etuvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u o’quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:


  1. Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;

  2. Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o’rgatish;

  3. Mehnat qilishga nisbatan rag’batni , shuningdek, muhabbatni uyg’otish. Bunda aziz avliyolarimiz va boshqa buyuk insonlarimizning mehnat va kasb-hunar bilan hayot kechirganlarini alohida qayd etish;

  4. O’quvchilarni mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish;

  5. Mehnat faoliyatini ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish;

  6. Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;

  7. Mehnatga hayotiy zarurat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo’lish;

  8. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;

  9. O’quvchilarda mehnatsevarlik hislatlarini tarbiyalash, o’z mehnati samarasidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish;

  10. Muayyan kasb –hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va boshqalar.

Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarda rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi:

    • mehnat o’yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi;

    • mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o’zlashtirishga erishiladi;

    • mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.

O’quvchilar ta’lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni va rolini, inson kamolotini ta’minlash omili ekanligini, shaxsning qobiliyati va iqtidorini mehnat jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib olishlari lozim. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda bugungi kunda an’anaviy va noan’anaviy shakllardan foydalanilmoqda. Xususan, mehnat bayramlari, ishlab chiqarish ko’rgazmalari, hashar, “Mohir qo’llar” tanlovi, “Quvnoq shahar ustaxonasi” ko’rik tanlovi, shuningdek, ustoz-shogird an’analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar ta’limi va boshqalar;

Mehnat tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim muassasalarida o’quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o’zlarining yosh va fiziologik xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. Bunda ular o’z-o’ziga xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini saqlash, o’quv qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yеlimlash, o’quv anjomlarini darsga tayyorlash va boshqalar).

Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo’ysunish, maqsadni amalga oshirish yo’lida shijoat, qat’iyat ko’rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi.

Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o’tkazilayotgan mehnat jarayonida o’quvchilarda do’stlik, o’rtoqlik, o’zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek , ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yish singari axloqiy sifatlarning shakllanishiga poydevor qo’yiladi.

Mehnat jarayonida o’quvchilarda mehnat madaniyatining unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat madaniyati- bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo’lish, uni ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli foydalanish), ish o’rnini ozoda tutish, mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, boshlangan ishni natijalash, uning samarali bo’lishiga erishishga yo’naltirilgan faoliyat ko’rsatkichidir. Mehnat madaniyati tushunchasi o’zida yana o’quvchining mustaqil harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to’g’ri tashkil eta olishni ham aks ettiradi.

Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o’quvchilarni ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya borasida yangiliklardan boxabar etish, ularga nisbatan qiziqishni hosil qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va iqtidorlarini oshirib borishdan iborat.




Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish