A n V a r c h o r iy e V


zadi. Inson qalbida joylashayotgan O lloh muhabbatiga rahna soladi


bet292/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

zadi. Inson qalbida joylashayotgan O lloh muhabbatiga rahna soladi.
In so n n in g ichki o la m i m usaffo b o 'lsa , u nin g tashqi olam i ham


musaffo bo‘ladi. Insonning ichki olamida biror xiralik, noqobil- 
lik bo‘lsa, shubhasiz, bunday holat uning tashqi olamida o‘z 
ifodasini topadi. Botinni zohirsiz, zohirni botinsiz tasawur qilish 
mumkin emas. Ular biri ikkinchisi bilan chambarchas bog'liq.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko'rinib turibdiki, Naqsh­
band ta’limotiga asosan, insonning kundalik amaliy faoliyati, 
uning botiniy va zohiriy olami bilan dialektik aloqador. Botiniy 
va zohiriy yetuklik insonning kundalik faoliyatiga, o'z navbati­
da, amaliy faoliyat ham insonning botiniy va zohiriy olamiga 
o'z ta’sirini o'tkazadi.
Bahouddin Naqshbandning tushuntirishicha, ruhiy-ma’naviy 
yetuk, barkamol inson, eng awalo, o'tkir aqlga ega, idroki, 
sezish qobiliyati, his-tuyg'ulari yuksak bo'lmog'i lozim. Xusu­
san, zehn o'tkirligi kengroq mushohada yuritish uchun real 
imkoniyatni vujudga keltiradi. Barkamol inson o'zining aql-xushini 
behudaga sarflamasligi, har bir so'zi aql-farosat tarozisida 
o'lchangan, fikr-mulohazasi pok e’tiqodiga mos tushmog'i, qil­
gan har qanday ishidan hijolat, afsus-nadomatlar chekmasligi, 
o'zining odobi bilan boshqalardan ajralib turmog'i, o'ylovsiz, 
noo'rin so'zi bilan birovning qalbiga shikast yetkazmasligi
shirinsuxanligi bilan odamlar dardiga malham bo'lmog'i, andi- 
sha va ehtiyot, beozorlik va zariflik, chin va oz so'zlash kundalik 
turmush tarzida barqaror bo'lmog'i darkor.
Naqshbandiya ta’limotiga ko'ra, axloqiy poklik, ayniqsa, sav- 
do-sotiq bilan shug'ullanuvchi kishi uchun buyuk bezak bo'lmog'i 
lozim. Chunki har qanday davlat, har qanday mamlakat iqti- 
sodiyotining rivojini tijoratsiz, axloqiy pok, ishbilarmon savdo 
xodimlarisiz tasawur qilib bo'lmaydi. Tijorat, savdo-sotiq halol- 
Iikka, ruhiy-ma’naviy yetuklikka asoslanmog'i zarur.
Naqshband insonni hamisha ruhiy-ma’naviy poklikka, kun­
dalik amaliy faoliyatdan uzilmay, dilida Xudo bilan birga bo'lishga 
chorlaydi. Buning uchun inson hamisha yuksak imon-u e’tiqodga 
ega bo'lmog'i lozim. Boshqacha aytganimizda, Naqshband 
ta’limotiga ko'ra, inson faqat moddiy boylikka emas, ko'proq 
ma’naviy boylik, e’tiqod va imon tomon intilishi zarur. E’tiqod 
va imon Xudoga bo'lgan muhabbatning o'lchovidir. Ollohni 
hamisha yod etib yashaydigan kishiga, hatto iblis ham ziyon- 
zahmat yetkaza olmaydi. Imon-u e’tiqodni mustahkamlamoq


uchun Qur’oni Karim va Hadisi Sharif yo‘lidan bormoq kerak. 
Uning tushuntirishicha, bu dunyodagi podshohlarga, haykallar- 
ga e’tiqod qilib boMmaydi. Har qanday podshohlik yemiriladi, 
haykal qulaydi, e’tiqod esa qoladi. Shuning uchun ham inson 
e’tiqodining asosida abadiy mavjud Xudo yotmog‘i lozim.
Naqshbandiya qoidalariga muvofiq, barkamol inson bo‘lishni 
orzu qilgan kishi qalban maxfiy zikr qilishi (Olloh nomini 
eslashi, takrorlashi) o‘z ustozi, piri-murshidi bilan xilvatda 
uchrashishi, so‘zlashishi, suhbat qurishi lozim. Ustoz va shogird 
orasidagi suhbat davomida ularning fikr-mulohazalari birlashishi 
shogird kamolotining muhim shartidir. U Junayd Bog‘dodiy asos 
solgan suhbat usulini har tomonlama rivojlantirdi. Uning suhbat 
usulining metodologik asosini sunniylik tashkil etar edi. 
Shuningdek, suhbat jarayonida oshkoralik bilan xufyonalikni 
muvofiqlashtirishga, uning ma’nosi va mazmuni shariat doirasi- 
dan chiqib ketmasligiga alohida e'tibor qaratadi. Naqshband inson 
ongi va faoliyatida sodir boiayotgan turli noxushliklarni suhbat 
vositasi bilan bartaraf etish mumkin, deb o‘ylaydi. Suhbat jara­
yonida suhbatdoshining fikr-mulohazasini sabr-toqat bilan ting- 
lash, ayniqsa, tilga ehtiyot bo‘lish, bahs-munozarada axloq-odob 
doirasidan chiqmaslikni qayta-qayta takrorlardi.
Naqshband riyokorlarcha yasama xudojo‘ylik va rasm-rusum- 
larni, xususan, qirq kun ro‘za tutish, daydilik, qashshoqlik, 
zikr jarayonida musiqa chalish, ashula va raqsga tushib, oshkor 
(samo’) va ovoz chiqarib (jahr) z>kr qilishni inkor etadi. 
Avliyolarga, mozorlarga sig‘inib, ulardan madad va yordam 
so‘rashni foydasiz, deb biladi. Chunki har qanday yordamni 
faqat Olloh berishga qodir. Uning bandalari bunday ishlarga 
qodir emas. Ruhan poklanib, manfaatparastlik, manmanlik, kibr- 
u havodan tamoman voz kechib, ixtiyoriy faqirlikni, hokimiyat 
bilan butunlay munosabatni uzishni targ‘ib qiladi. Naqshbandiya 
tarafdorlari hukmdorlar bergan turli sovg'alar, hadyalarni ol- 
mas, Payg‘ambar sunnalari, shariat qonun-qoidalariga to‘la rioya 
qilar edilar.
Bahouddin Naqshband tasawufni davlat mafkurasi darajasiga 
ko‘tarishni va bu ta’limot yordamida jamiyatning turli ijtimoiy 
guruhlari, qatlamlarini tenglashtirmoqchi, ular orasidagi turli 
ziddiyatlar, mojarolarga barham bermoqchi, Turon zaminida


yashovchi turli tillarda so'zlashuvchi xalqlar madaniyati — 
ma’naviyatini bir-biriga yaqinlashtirmoqchi edi. Turli qavmlar
tabaqalarni yagona sunniylik g'oyasi atrofida birlashtirishni orzu 
qilardi. Xuddi shuning uchun ham bu ta’limot turli millatga 
mansub kishilar orasida keng tarqala boshladi.
Shunday qilib tasawufning ikki yirik oqimi — naqshbandiya 
va yassaviya — jug'rofiy va milliy chegaralami yorib o‘tib, umum­
insoniy qadriyatlar darajasiga ko'tarildi va inson ruhiy-ma’naviy 
kamolotiga xizmat qildi. Yassaviya va naqshbandiya biri ikkin- 
chisini to'ldiruvchi, biri ikkinchisiga doimo ta’sir o'tkazib tu- 
ruvchi, kishilarni ruhiy-ma’naviy kamolot tomon boshlovchi, 
ijtimoiy illatlarga ayovsiz o't ochuvchi, insonparvar, xalqparvar 
ta’limotlardir.
Qadimiy Turon zaminida paydo bo'lgan tasawufning bu ikki 
yirik oqimida mulkka bo'lgan munosabat turlicha sharhlandi. Xu­
susan, Yassaviy ta’limotida mulk insonning Xudo vasliga yetib 
borishida, barkamol inson bo'lib shakllanish jarayoniga xalaqit 
beruvchi vosita sifatida talqin etildi. Foniy dunyoda mol-u mulkka 
mehr qo'yish Xudoga bo'lgan muhabbatning shakllanishiga zi- 
yon yetkazadi. Shu boisdan ham, barkamollik da’vosini qiluvchi 
kishi bu dunyo lazzatlaridan voz kechishi kerak, degan g'oya 
olg'a surildi. Yassaviy ushbu g'oyani targ'ibot qilgan paytda 
odamlar turmush tarzida umummulkning (jam03 rnulki) hissasi 
salmoqli edi. Xudo vasliga yetish orzusi bilan tarkidunyo qilgan 
darvishni odamlar umumiy mulk hisobidan qo'llab-quwatlashardi. 
Naqshbandiya g'oyalarining targ'ibotchilari va tashviqotchilari 
faoliyat ko'satayotgan hududlarda esa xususiy mulk ustuvorlik 
qilardi. Ana shunday sharoitda tirikchilik qilish uchun har bir 
kishi mehnat qilishga majbur edi. Mehnat yashash vositasiga 
aylanayotganligi uchun ham naqshbandiya bu dunyo tashvish­
laridan ajralmasdan Xudo vasliga yetish mumkin, degan g'oyani 
odamlar ongiga singdira boshladi. «Dil ba yoru, dast ba kor» — 
naqshbandiya ta’limotining asosiy qoidasiga aylandi.
Yassaviyada inson Xudoga yaqinlashish uchun xilvatda ya- 
shashi, ya’ni ijtimoiy muhitdan ajralib, yolg'iz kun o'tkazishi 
shart qilib qo'yilgan bo'lsa, naqshbandiya tarafdorlari Olloh 
vasliga yetishni orzu qilgan kishi bemalol odamlar bilan birga 
yonma-yon yashashi, suhbat qurishi mumkinligini ta’kidladilar.


Chunki tanho, xilvatda yashagan odam el-yurtdan ajralib qola­
di, 
0
‘zining Xudo vasliga yetishdek olijanob maqsadini oshkor 
qilib qo‘yadi. Turgan gapki, xilvatda yashovchi o‘sha darvish 
0
‘zining maqsadiga, e’tiqodiga sodiqligi bilan boshqalaming 
hurmat-izzatiga sazovor bo‘ladi, shuhrat topadi. Hurmat-izzat, 
shuhrat bor joyda xavf bo'ladi, undan saqlanishning eng muhim 
yo‘li odamlar bilan birga bo‘lish, yonma-yon faoliyat ko‘rsatishdir. 
Odamlar orasida faoliyat ko‘rsatmoq uchun, shubhasiz, ular 
bilan suhbatlashish lozim bo‘ladi. Suhbat barkamollikka intilayot­
gan insonni Xudo vasliga olib boruvchi muhim shart hisobla­
nadi. Buyuk kishilar suhbatidan bahramand bo‘lish har qanday 
maktab va madrasa sabog‘idan afzal ekanligiga e’tibor qaratiladi.
Naqshbandiya insonni ulug‘lovchi ta’limot bo‘lgani uchun 
ham XV asrdan e’tiboran Movarounnahr va Xurosondan Qohira 
va Bosniyagacha, Gansu va Sumatra, Shimoliy Kavkazdan 
Hindiston janubigacha, hatto Arabistonning Xijoz viloyatigacha 
yetib bordi. Naqshbandiya ta’limoti Muhammad Porso, Mahdu- 
mi A’zam, Sa’diddin Kashg‘ariy, Abdurahmon Jomiy, Alisher 
Navoiy, Boborahim Mashrab, Xoja Muhammad al-Boqiy Qobu- 
liy, Xoja Ahmad Farruh Sirhindiy, Imom Rabboniy asarlarida 
har tomonlama rivojlantirildi. Naqshbandiya ta’limotini XVI asrdan 
keyingi davrlarda Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston 
hududlarida keng tarqalishida Mahdumi A’zam, ya’ni Xoja Ahmad 
Kosoniylar sulolasining xizmatlari tahsinga loyiqdir.
Naqshbandiya ta’limotining XV asrdagi buyuk namoyan- 
dalaridan biri shoshlik Xoja Ubaydulloh Xoja Ahror Valiy edi.1
Xoja Ahror olam va odam to‘g‘risidagi qarashlarini «Fiqarot 
ul-orifm» (1910-yilda Toshkentda nashr etilgan), «Risolai Vo- 
lidiya» yoki «Muxtasar» (bu asami Bobur o‘zbek tiliga taijima 
qilgan),«Risolai havroiyya»(1899-yilda sharqshunos olim
Xoja Ahror Valiy 1404-yilda Shoshda (Toshkent) tavallud topdi. Dastlabki 
bilimlarini Shosh maktablarida oldi. 0 ‘ n ikki yoshida Samarqand madrasalaridan 
biriga o‘qishga kirdi. Sog‘lig‘ining yomonligi uchun o‘qishni davom ettira olmadi. 
Mustaqil o‘qib o‘ rgandi. Samarqandlik mashhur allomalardan, ayniqsa, Amir 
Sayid Qosim Anvardan ko‘p saboq oldi. Hirotlik shayxlar Bahvaddin Umar, 
Zayniddin Xavofiy, chag‘ yonlik Ya'qub Charxiylar suhbatida bo‘ldi. Za mo nasi- 
ning yirik din arbobi va diplomati darajasiga ko‘tarildi. Naqshbandiya ta’limotining 
buyuk arbobi 1494-yilda vafot etdi. (Qarang: Valixo‘jayev B. Xoja Ahror tarixi. 
Toshkent, 1994, 61-77-betiar).


V.AJukovskiy tomonidan Sankt-Peterburgda nashr ettirilgan), 
«Ruqaot» («Maktublar») kabi asarlarida bayon etilgan. Uning 
diniy-falsafiy qarashlarida Muhyiddin Arabiy asos solgan «vah­
dati vujud» nazariyasining ta’siri katta edi. «Fiqarot Ahroriya» 
risolasida ta’kidlanishicha, inson barkamol bo'lishi uchun, av- 
valo, Xudoni tanish, uning fazilatlari, xislatlarini bilish uchun 
esa zavq, jazba katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Jazba natijasida vu­
judga kelgan muhabbat tufayli Xudo tanib olinadi. Bunday tani- 
shuvdan ko'ngil taskin topadi. Uning qayd etishicha, bunday 
sof ko‘ngil o‘zidan hamisha nur tarqatib turadi. 0 ‘sha nur 
inson qalbini doimo nurafshon qilib, tanasiga tiriklik ato qiladi. 
Inson o‘sha nurdan uzilishi bilan uning tirikligidan hech qan­
day asar qolmaydi.
Xoja Ahror Valiy naqshbandiya ta’limotida olg‘a surilgan, har 
bir kishi foydali yumush bilan shug‘ullanishi lozimligi haqidagi 
g‘oyani yanada boyitdi. Fuqarolar o‘zlarining ijtimoiy foydali 
mehnatlari bilan o‘zgalar ko‘nglini shod etishlari darkor, deb 
hisobladi. 0 ‘zgalar ko'nglini shod qilmoq chinakam musul- 
monchilik belgilaridan biri deb tushuntirdi. Odamlarning turli 
yumushlarini oson qilish, ijtimoiy jihatdan kishilar uchun foy­
dali bo‘lish, ularga rohat va xursandchilik ato etish kabi fazi- 
latlami inson axloqining ko'rki, deb bildi.
Xoja Ahror Valiy naqshbandiya ta’limotini jamiyat hayotiga, 
xalqning turmush tarziga joriy etishga harakat qildi. Kishilarni 
uzluksiz ijtimoiy faollik ko‘rsatishga chorladi. Fuqarolar orasida 
katta obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan tasawuf arboblariga turli 
maktublar yozib, ularni jamiyatni boshqarish ishlarida faol ish­
tirok etishlarini iltimos qildi. Ulardan maslahatlar so'radi. Bun­
day xayrli ishlar pirovardida tasawuf namoyandalarining davlat­
ni, jamiyatni boshqarish ishlariga faol aralashuviga, davlat 
boshliqlari amalga oshirayotgan siyosatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir 
o‘tkazilishiga olib keldi. 0 ‘sha jarayonlarga yo‘lboshchilik qilgan 
Xoja Ahrorning o‘zi yirik siyosiy arbob darajasiga ko‘tarildi.
Xoja Ahror falsafasida markaziy o‘rinni fuqaro manfaatini 
himoya qilish, odamlarning og‘irini -yengil qilish yotadi. Odam­
larni zolimlar zulmidan, turli noinsofliklardan himoya qilishga 
urinadi. Musulmonlar manfaatini himoya qilish maqsadida shohlar, 
hukmdorlar bilan uzluksiz muloqotda bo'ladi. Musulmon bo'lmoq


deganda, fuqaro manfaati uchun yashashni tushunadi va 
0
‘zining 
butun umri, ongli faoliyatini fuqaro manfaatini himoya qilishga 
qaratadi'. Fuqarolar osoyishtaligi, hunarmand va tijorat ahli 
ishining ravnaqi yo‘lida har qanday muammolami urush va qon 
to‘kish yo‘li bilan emas, balki kelishuv, tinchlik va osoyishtalik 
bilan hal qilishga intiladi2. Boshqacha aytganimizda, Xoja Ahror 
falsafasida birovlarga jabr-sitam qiluvchilarga qarshi kurash, odam­
larni bu dunyo tashvishlaridan asrash, insonni ulug‘lash asosiy 
o‘rin egallaydi. Uning fikriga ko‘ra, olamdagi barcha tirik mavju­
dotlar ichida eng ulug‘ qadriyat insondir. Inson o'zining 
ulug‘vorligi bilan o‘z vaqtini 
0
‘tkinchi, bachkana narsalarga sarf 
etmasligi, foydali ishlar bilan shug‘ullanmog‘i lozim.
Xoja Ahror o‘z ixtiyoridagi yer va mulkdan olingan daro- 
madlardan madrasa, masjid, xonaqoh va boshqa imoratlar 
qurdirdi. Uning bunday saxiyligi, insonparvarligi odamlar orasi­
da obro‘-e’tiborini oshirib yubordi. Movarounnahr va Xuroson- 
ning qishloqlarida yashovchi dehqonlar o'zlariga qarashli yerlar- 
ni Xoja Ahrorga nazr qila boshladilar. Bunday harakatning avj 
olib ketishining sabablaridan biri — 
0
‘sha davrdagi Samarqand 
hukmdori sulton Abu Sayid Mirzoning farmoni bilan Xoja 
Ahrorga qarashli yer va mulkdan ushr solig‘i olinardi, xolos. 
Boshqa soliqlar esa olinmasdi. Shuning uchun dehqonlar o‘z 
yerlarini Xoja Ahrorga nazr qilishar, o'zlari esa o‘sha yerlarda 
ishlashni davom ettirar edilar. Buning natijasida dehqonlar or­
tiqcha soliqlardan ozod bo‘lar edilar. Shunday qilib, XV asr­
ning ikkinchi yarmida Xoja Ahror mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, 
ma’naviy hayotida katta obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan kishilardan 
biri darajasiga ko'tarildi.
Xoja Ahror shaxsidagi eng muhim xislatlaridan biri — sodir 
bo'layotgan voqealaming, hodisalaming mohiyatini zukkolik bilan 
tahlil qilar, undan o'zi uchun zarur xulosalar chiqarardi. Bunday 
zukkolikka erishmoq uchun o'zidagi eng nodir qobiliyat — «tush 
ko'rish»dan foydalanardi. Boshqacha aytganimizda, o'z kashfiyotlari 
va karomatlarini tushida ko'iganiga asoslanib bayon etardi. Shuning 
uchun ham, uni «Valiy», ya’ni Xudoga yaqin kishi, deyishardi.


Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish