1. Buxoro xonligida yer egaligi munosabatlari. Yer mulkchilik shakllari



Download 25,32 Kb.
bet1/3
Sana13.06.2022
Hajmi25,32 Kb.
#661759
  1   2   3
Bog'liq
BUXORO XONLIGIDA YER EGALIGI MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


BUXORO XONLIGIDA YER EGALIGI MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Buxoro xonligida yer egaligi munosabatlari.
2. Yer mulkchilik shakllari.

O‘rta Osiyo xonliklarida yer egaligini munosabatlari ijtimoiy - siyosiy munosabatlarning asosiy negizi hisoblangan. Bu davlatlarda siyosiy, ijtimoiy-iktisodiy va ma’naviy hayotining mohiyatini chuqur tushinib yetish uchun, avvalo ulardagi yer egaligi munosabatlarini aniqlab olish zarur. Yer va suv barcha boylikning manbasidir. Yer egaligining munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha shaklda namoyon bo‘lib kelgan.Har bir davlat va sulolalar o‘z hukmronligi yillarida turli yer egaligi munosabatlarini joriy etib kelganlar. Masalan, davlatga, xususiy shaxslar, diniy muassasalarga qarashli yer egaligi shakllari hukmron tuzum mazmuniga qarab o‘zgarib borgan. Qadimgi davrda jamoa yerlar ta’siri kuchli bo‘lsa, ilk o‘rta asrlarda sarkor, dehqonlarga qarashli yerlar ko‘payib borgan. Bu davrda diniy tashkilotlarga qarashli yerlar vag‘inze deb yuritilsa, arablar istilosidan so‘ng vaqf deb yuritilgan.


Tarixiy taraqiyotning ba’zi davrlarida hukmron sulola va davlat yerlari asosiy yer egaligi shaklida e’tirof etilsa, boshqa bir davrda xususiy yerlarning ta’siri ko‘pchillik hududini egallab borgan.
O‘rta Osiyo xonliklarida yer egaligining quyidagi shakllari:
1. Davlatga qarashli yoki xonga qarashli yerlar:
2. Xususiy kishilarga qarashli yerlar yoki mulk yer egaligi:
3.Diniy muassasalarga qarashli vaqf yerlari manbalarda e’tirof etiladi.
Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarida yer egaligi ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lib kelgan. Mulkchilikning asosini tashkil etgan yer-suv xonliklarda oliy hukmdor hisoblanmish amir va xonning izmida bo‘lgan.
XIX asr o‘rtalarida Amudaryoning chap sohili ya’ni Xiva xonligida hududida 1 mln. 966 ming tanobdan ortiq ekinzor bo‘lgan. Tanob O‘rta Osiyoda yer o‘lchovi bo‘lib, turli rayonlarda turli miqdorda yuritilgan. Manbalarda qayd etilishicha tanob bu har tamoni 60 gazga baravar bo‘lgan to‘rt burchakli yerdir.1
Xiva xonligida jami yerlarning 85 ming tanobi davlatga qarashli bo‘lgan. 165-170 ming tanobi vaqf yerlari, 1,2 ming tanob serhosil yerlar yirik mulkdorlarga qarashli edi.
Buxoro amirligida davlat yerlarining suvsiz, dasht,tuqayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berilgan. Ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to‘laganlar. Bunday yerlar sotilmagan va ayirboshlanmagan. Davlat yerlarining boshqa bir qismi yirik yer egalariga, hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshlariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg‘ol shaklida in’om etilgan edi.
Buxoro va Qo‘qon xonligida siyosiy tarqoqlik tufayli, markaziy hokimiyatining zaiflashganligidan foydalanib, yirik yer egalari mustaqilligi kuchayib, ular markaziy hokimiyatiga bo‘ysunmay quydi.
Buxoro amirligida yangicha yer egaligi, ya’ni, “tanho” deb nomlangan shakli mavjud edi. Bu turdagi yerlar asosan harbiy xizmatda bo‘lgan kishilarga in’om etilgan. Tanhodorlar faqat yerning o‘ziga emas, mazkur yerlardan olinadigan daromadlarning ham egasi hisoblangan. XIXasrning birinchi yarmida tanhodorlarning soni 12 mingdan 36 ming nafarga yetgan. Eng kichik tanho yeri 3-5 gektarni tashkil etgan.
Amir va xonga qarashli yerlar bevosita davlatga, xonga qarashli bo‘lib, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tgan. Hukmdorlarga qarashli yerlarga sug‘oriladigan ekinbon yerlar bilan birga, partov va adirlar, qumlik va yaylovlar, ko‘l va to‘qayzorlar ham qaragan. Bu kabi yerlar istilochilik urushlari, mulqdorlarning yerlarning o‘zlashtirilishi hisobiga kengayib borgan. Xonga qarashli yerlar olingan hosilning 40-50 foiziga davlatga natura yoki pul hisobida soliq shaklida to‘laganlar. Amlok yerlari davlat xazinasining asosiy daromad manbai bo‘ldi.
Amir va xonlar vaqti-vaqti bilan o‘zlariga yaqin kishilar, ya’ni amaldorlar, qarindoshlariga, navkarlariga hamda din peshvoriga podsholik yerlaridan in’om tariqasida hadiya qilib turarlar. Ko‘pchilik holatlarda ular soliqdan ozod etilgan.
Davlat yerlaridan dehqonlarga ijaraga berilgan qismidan xazinaga ko‘p miqdorda soliq tushgan.
Xususiy yer mulklari ko‘pincha xonning shaxsan o‘ziga, uning yaqin qarindoshlariga, yirik boylarga, saroy amaldorlariga va boshqa mulkdorlarga qarashli bo‘lgan. Amirlik va xonliklarning markaziy tumanlaridagi unumdor, serhosil ekinzorlar va bog‘lar mana shu mulk egalari ixtiyorida bo‘lib kelgan.
Masalan, Xiva xonligida sayyohatda bo‘lgan rus geografi Danilevskiy 1840 yilda mulk egalariga qarashli yerlar xonlikdagi jami sug‘oriladigan maydonning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etganligi ta’kidlab o‘tadi. Ba’zi mulkdorlar qo‘lida ikki-uch ming tanob va hatto undan ham ziyod yerlari bo‘lgan. Xususan, Pitnak, Hozorasp va SHo‘raxon shaharlari va ularga tutash butun qishloqlar bilan amirulumoraga tegishli edi. Muhammad Amin o‘g‘li Abdulla to‘raga 20 ming tanobdan ortiq ekin yerlari tortiq qilingan. Sayid Muhammad Rahimxonning ishonchli amaldori Muhammad Murod devonbegining yer mulki 50 ming tanobga yaqin edi. Yirik yer egalari o‘zlariga qarashli yerlardan juda katta miqdorda daromad olganlar.
Xususiy mulk yerlari ikkiga, ya’ni, “atoyi mulk”, va “yorliqli mulk” tarzda guruhlarga ajratiladi. Otadan bolaga meros qolgan yerlar “atoyi mulk” deb ataladi. Xon tomonidan in’om qilingan yerlar “yorliq mulk” deb ataladi. Ikkinchi turdagi mulk yerlari soliq tulovlaridan ozod qilinadi.
1845-1846 yillari Qilichboy mavzuidagi xonning yerlaridan ungan xosildan quyidagilarni topshirgan: 140 botmon bug‘doy, 1000 botmon sholi, 400 botmon jo‘xori, 100 botmon mosh, 25 botmon zig‘ir, 20 botmon g‘o‘za jami bo‘lib 2900 botmon.
Xonning kun chiqish tomondagi yerlaridan 1400 botmon bug‘doy, 700 botmon jo‘xori, 70 botmon mosh, 30 botmon kunjut, 25 botmon g‘o‘za jami bo‘lib 2225 botmon don-dun topshirilgan.
1849-1850 yillarida Muhammad Alimxon saroyi omboriga tumanlardan quyidagi miqdorda g‘alla topshirilgan.2


Download 25,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish