uchun ham Mazdak qarashlari keng mehnatkashlar ommasi orasida tez yoyildi. Eron va Turon xalqlarining islomga qadar bo‘lgan inson to'g'risidagi falsafiy qarashlarini qadimgi Sug'd yozma yodgor- liklaridan ham bilib olish mumkin1. Ana shunday madaniy yod- gorliklardan biri «Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari» sutra- sidir2. Buddizm ta’limoti ta’sirida vujudga kelgan ushbu asaming yetakchi g'oyasi odamlarni yaxshilik, ezgulik tomon boshqarish, ularni ma’naviy yetuk, imon-e’tiqodli qilib tarbiyalashdan ibo- ratdir. Sug‘d sutrasida, ya’ni diniy-axloqiy pandnomasida ta’kidlanishicha inson ma’naviyatining asosida din-u e’tiqodga sado- qat yotmog'i darkor. Din-u e’tiqodga sadoqat inson hayotining ma’nosini tashkil etmog'i lozim. Rahm-shafqat, saxovatpesha- lik, jaholatni yaxshilik bilan yengish, muslih tabiatli bo'lishga chorlash, tirik jonzotlarga ozor yetkazmaslik, miskin, beva- bechoralaiga sidqidildan yordam berish, din va dindorlarga, bilimli ziyolilarga izzat-ikrom, dinning turli belgilari, ramzlari, mu- qaddas qadamjolariga, ibodatgohlariga va ularning turli qismla- riga hurmat, muqaddas kitoblarga yuksak ixlos va e’tiqod va boshqa ko'plab insoniy xislatlarni shakllantirish sutraning asosiy mazmunini tashkil etadi. «Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari»da inson taqdiri- ning turli ko'rinishlari: «Birov shodu-xandon, birov xonavay- ron, yana birov past, birovi baland, birov qul, birov farmon etuvchi butkul, yana birov tuzalmas dardmand, boshqasi sog'lom, sarbaland, birov ulkan, lekin hukm-u buyruqlarni bajaruvchi mute, birov kichkina, lekin u hukmron, uning Tarixchilarning guvohlik berishlaricha, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo,
Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Panch viloyati qadimda Sug‘d mamlakati
deyilgan. Bu o‘lkalarda yashovchi xalqlami sug‘d deb atash eramizdan awalgi
XII-XI asrlardan boshlangan. Eramizning VIII—IX asrlariga kelib ular o‘zbek va
tojik xalqlari tarkibiga singib ketgan. Milodning V—VIII asrlarida sug‘dlar, Qang
davlati va Buyuk turk xoqonligi davrlarida nisbatan siyosiy mustaqillikka erishgan.
Ularning dastlab Kesh, keyinchalik Samarqand markaziy hokimiyati atrofida
birlashgan davlati bo‘lgan (Qarang: Qayumov A., Is’hoqov М., Otaxo‘jayev
A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar. Toshkent, 2000, 33—34-betIar).
2
Miloddan awalgi birinchi ming yillik davomida shakllangan oramiy yozuvi,
sug‘d yozuvini vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan. Miloddan awalgi IV—III
asrlarda xorazmiy, parfiyoniy, baxtariy yozuvlari bilan bir qatorda sug‘d yozuvini
ham shakllanganligini inobatga olsak, «Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari»
sutrasi eramizdan awalgi IV—III asrlardan so‘ng bitilgan deyish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi