A n V a r c h o r iy e V


IV.  KLASSIK VA NOKLASSIK



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

IV. 
KLASSIK VA NOKLASSIK 
FALSAFADA INSON INTELLEKTUAL 
IMKONIYATLARINING ULUG‘LANISHI
XVIII 
va XIX asrlarda Yevropada yaratilgan nemis falsafasi 
chinakam klassik falsafa bo'lib, unda Renessans davridan XIX 
asrgacha inson fikrlash madaniyatida sodir bo'lgan eng muhim 
o'zgarishlar o'z ifodasini topgan edi. Butun Yevropa falsafiy 
tafakkuri taraqqiyotining barcha yutuqlari unda mujassam edi1.
Klassik falsafaning eng m uhim xususiyati, uning tadqiqot 
m arkazida inson intellektual im koniyatlari, ya’ni inson aqli 
m uam m olari turgan. Chunki inson o'zidagi aqliy qobiliyatlar 
tufayli olam da sodir bo'layotgan o'zgarishlarni ilg'ab oladi. 
O 'sha o'zgarishlarning sodir bo'lishi sabablari haqida fikr 
yuritadi va borliqning turli shakllari to 'g 'risid a m a’lum tasav­
vurga ega bo'ladi.
Klassik falsafa namoyandalari har kishida o'ziga xos fikrlash
bilish qobiliyati, yoxud «individual aql» mavjud, lekin odamdagi 
«individual aql»dan tashqarida turgan aql ham mavjud, deb 
tushuntirdilar. Shuning uchun g'oya, tushuncha, nazariya, norma 
va qadriyatlar individdan ajralgan holda mavjud. Inson olamni 
o'zidagi intellektual qobiliyatlar, malakalar va o'zidan tashqarida 
mavjud bo'lgan ruhiy faoliyat yordamida bilib oladi, degan fikr- 
mulohazalarni bayon qildilar. Bunday fikr-mulohazalar, tabiiyki, 
o'sha davrda «Xudo aqli», «Absolyut g'oya», «Olamni boshqa- 
ruvchi oliy aql» kabi teologik va idealistik konsepsiyalaming yara- 
tilishiga sabab bo'ldi. O'z navbatida, klassik falsafa aql insonning 
oliy darajadagi qobiliyati (Kant), degan fikrdan «Xudo aqli» 
(Gegel) tomon siljib borishi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, klassik falsafaning o'ziga xos xususiyatlaridan 
yana biri inson aqlini rivojlantirishda fan yutuqlariga tayanish 
tendensiyasining ortib borishi bilan izohlanadi. Shunday qilib 
klassik falsafa inson hayotini yaxshilashning, to'q-farovon, erkin 
yashashning eng muhim omili aql, deb hisoblaydi. Inson aqli 
ilmiy bilish yordamida uzluksiz rivojlanib boradi. Inson aqliy

Гулыга A.B.
Немецкая классическая философия. М., 1986.
327
www.ziyouz.com kutubxonasi


qobiliyatlari, malakalarini rivojlantirishda tarbiya muhim aham i­
yatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Klassik falsafaning insonshunoslik an’analarini shakllantirishda 
va rivojlantirishda nemis faylasuflari Im m anuil Kant, Iogann 
Fixte, Fridrix Shelling, Vilgelm Gegel, Lyudvig Feyerbaxlar- 
ning xizmatlari katta bo'ldi.
Nemis klassik falsafa maktabining asoschisi Immanuil K ant1 
inson — tabiatning bo'lagi, moddiy va m a’naviy xislatlarga ega 
bo‘lgan ushbu mavjudot Xudoning yerdagi oliy ne’matidir, in­
son zoti — ilohiy karomatning mahsuli, degan diniy ta ’limotga 
qarshi chiqib, organik va anorganik tabiat rivojlanishi haqidagi 
g‘oyani olg'a surdi. Inson irqlarining tabiiy kelib chiqishi haqidagi 
qoidani qo'llab-quwatladi.
Kant inson borlig'ini, uning mohiyatini tushuntirib berishga 
harakat qildi. Inson faoliyatining turli-tum an murakkab qir- 
ralarini o'rganishga butun umrini baxshida etdi. Inson borlig'ini 
o'rganish bilishning asosiy obyekti bo'lm og'i zarur, deb qaradi. 
O'zining «Antropologiya» nomli asarida yozganidek: «Bilish, 
qo'llash mumkin bo'lgan olamdagi eng asosiy predmet — bu 
insondir, chunki u o'zi uchun o'zining so'nggi maqsadidir»2. 
Kantning fikricha, insonga qandaydir maqsadga erishish vositasi 
sifatida qarab bo'lmaydi. Bunday fikrni o'rtaga tashlagan m uta­
fakkir, inson shaxsi, eng aw alo, o'zini o'zi qadrlay bilishi 
darkorligini ham alohida qayd etadi.
Kantning inson to'g'risidagi ta ’limoti mohiyatini fahmlab 
olmoq uchun ikki yirik masala yechimiga e’tibor bermoq lozim. 
Birinchidan, Kantning ta ’kidlashicha, bola qachon o'zini «Men» 
deb bo'rttirib ko'rsata boshlasa («Men o'zim qilaman»), u o'sha 
kundan boshlab shaxs bo'la boshlaydi. Boshqacha aytganimizda, 
o'zini o'zi anglashning dastlabki belgilarining paydo bo'lishi —

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish