Tosh va bronza davrlari o'rtasidagi davr eneolit (mis-tosh) deb ataladi. U miloddan awalgi IV ming yillikning oxiri-III ming yillikning boshlarini o ‘z ichiga oladi. Bu davrda mis tez eruvchanligi va egiluvchanligi tufayli xo'jalik hayotda ustunlik qila olmadi. Ishlab chiqarishda awalgidek tosh qurollar asosiy bo‘lib qoldi. Shuning uchun ham bu davr mis tosh asri deb yuritiladi. 0 ‘rta Osiyoning shimoli-sharq dashtlarida va Orol dengizi sohillarida ovchilik, baliqchilik va ilk chorvachilik xo‘jaliklari rivojlandi. Buxoro vohasidagi Lavlakon, Beshbuloq makonlari va Zamonbobo qabristonining eng pastki qatlamlari eneolit davriga oiddir. Yuqori Zarafshonning Panjikent shahridan 15 km g‘arbda joylashgan Sarazm qishlog‘i xarobasi muhim arxeologik yodgor- 77likdir. U dehqonchilik qabilalarining O'rta Osiyo shimoli-sharqiga yoyilganligidan dalolat berib, qadimgi dehqonchilik aholisining geografik chegaralarini ham ko'rsatadi. Sarazm qishlog'i xarobasi 90 gektar maydonda joylashgan 10 ta tepalikdan iborat. Shimol tom onda Qoraqum cho'li, janubi-g'arbda Kopetdog' bilan chegaralangan Turkmaniston yerlari quruq va issiq iqlimli o'lkadir. Joytun madaniyati asosida Anov I-II va Nom ozgoh IIII davrlariga mansub eneoht zamoni madaniyati keng tarqalgan. Janubiy Turkm aniston hududida eneolit davriga oid ko'plab m akon-tepa topilgan. Ulam ing asosiy qismi Ashxobodga yaqin joyda va Geoksyur vohasida (quyi M urg'ob va Tajan daryolari orasida) joylashgan. G eoksyur vohasi 8 ta qadimgi qishloqdan iborat. Olimlarning fikricha, vohada 4000-5000 kishi istiqomat qilgan. Eneolit davrida hayot kechirish uchun ancha keng hududlar o'zlashtirilgan. So'nggi eneoht davrida dehqonchilik bilan mashg‘ul bo'lgan qabilalar quyi M urg'obda ham tarqaladi. M urg'ob vodiysida kanal-ariqlar qazib, suv chiqarish imkoni bo'lgan joylarda sug'orib ekiladigan dehqonchilikning turli shakllari vujudga keladi. Bu hududlarda ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish m unosabatlari taraqqiyoti darajasi yuqori bo'lgan. Sug'orma dehqonchilik va chorvachilik xo'jalikda m uhim o'rin tutgan. Eneolit davri odam ining eng katta ishlab chiqarish g'alabasi — irrigatsiya va sug'orish texnikasi rivoj topgan davr bo'ldi. O'rta Osiyoda bronza davri miloddan awalgi III ming yillikdan I ming yillikning boshlarigacha bo'lgan davmi o'z ichiga oladi. Bronza — mis bilan qalay qotishmasidan iborat. Bu davrda dehqonchilik va chorvachilik O 'rta Osiyo xo'jaligining asosiy sohalari bo'lgan. Metalldan ishlangan qurollar qadimgi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirgani bois O 'rta Osiyo cho'llarida yashagan qabilalar boshqa aholidan ajralib chiqadi va asosan chorvachilik bilan mashg'ul bo'ladi. Chorvachilikning dehqonchilikdan ajrahb chiqishi dastlabki mehnat taqsimotidir. Bu jarayon miloddan awalgi II ming yillikda yuz berdi. Janubiy Turkmanistonda bronza davriga oid madaniyat ikki bosqichga bo‘linadi. Bulardan birinchisi Nomozgoh IV-V ilk va rivojlangan bronza davri bo‘lib, miloddan awalgi III ming yillikning o ‘rtalari-II m ing yillikning birinchi yarim iga m ansubdir. Yodgorliklari asosan g‘arbda Qizil Arvat shahridan boshlab, sharqda Tajan daryosi va quyi M urg‘ob bo‘ylarigacha tarqalgan. Ikkinchisi Nomozgoh VI so'nggi bronza davri bo‘lib, miloddan aw algi II ming yillikning ikkinchi yarmiga oiddir. Uning yodgorliklari K opetdog‘ atrofi va quyi M urg‘ob vohasida joylashgan. So‘nggi bronza davrida Janubiy Turkmanistonning turli hududlariga 0 ‘rta Osiyoning shimoliy dashtlaridan kelib chiqqan chorvador qabilalar tarqalgan. Surxondaryo, Zarafshon vohasi va Xorazmda ham bronza davri yodgorliklari topilgan. Surxondaryo issiq iqlimli o‘lka bo‘lib, shimol, shimoli-g‘arb va sharqda Hisor, K o‘hitog‘, Bobotog', janubda Amudaryo bilan chegaralangan. Qadimgi sug'orish yerlari tog‘ tizmalariga yaqin joylashgan. Bu hududdan Sopollitepa, Jarqo'ton manzilgohlari topib o‘rganilgan. Quyi Zarafshonning bronza davri yodgorliklari Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan bo‘lib, Zamonbobo madaniyati nom bilan ataladi. Zamonboboliklar chaylasimon kulbalarda istiqomat qilib, dehqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Shuningdek, hunarmandchilikning turli tarmoqlari, xususan, kulolchilik, bronzani eritib, har xil ashyolar yasash va toshni ishlash texnikasi ancha rivojlangan. Bronza davriga oid yana 50 dan ziyod yodgorliklar Xorazmdan topilgan bo‘lib, ular Tozabog ‘yob madaniyati nomi bilan ataladi. Shuningdek, Xorazmdagi so‘nggi bronza davriga oid yodgorliklar Amirobod madaniyati nomi bilan mashhur bo‘lib, miloddan awalgi IX-VIII asrlarga oiddir. 0 ‘rta Osiyodan topilgan eng qadimgi buyumlar miloddan awalgi IX-VIII asrlar oid bo‘lsa-da, ulardan ko‘pi miloddan awalgi VII-VI asrlar bilan sanalashtirilgan. M iloddan awalgi I ming yillikning boshlariga oid yodgorliklardan Janubiy Turkmanistonda 46 ta qadimiy qishloq xarobasi m a’lum, bunday xaroba Surxondaryoda 8 ta, Qashqadaryoda 7 ta topilgan. Quyi M urg‘obda Yoztepa, Arvalitepa, Ko'hnatepa, Uchtepa, Surxondaryodagi Kuchuktepa, Bandixon I va Qiziltepa, Qashqadaryodagi Yerqo‘rg‘on, Chiroqchitepa va Sangirtepa ham shunday xarobalar sirasiga kiradi. Yodgorliklaming eng qadimgi madaniy qatlamlari temir asriga o ‘tish davriga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |