A n V a r c h o r iy e V


Shelling Fridrix Vilgelm Iozef 1755-yilda Leonberg shahrida ruhoniy oilasida



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet338/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

1 Shelling Fridrix Vilgelm Iozef 1755-yilda Leonberg shahrida ruhoniy oilasida
tug'ilgan. Diniy seminariya (1790-y.) va Tyubingen universitetlarini tugatgan. Uni-
versitetni tugatgach, xonadon o ‘qituvchisi bo'lgan. Yena universitetida professor
lavozimida ishlagan. Vyuriburg universitetida dars bergan. 1806—1820-yillarda My-
unxenda ijod bilan shug'ullangan. Bavariya Fanlar akademiyasining a’zosi etib
saylangan. 1841-yilda Berlin universitetining professori lavozimida ishlash uchun
taklif qilingan. 1854-yilda Berlinda vafot etgan. Uning inson to'g'risidagi qarashlari
«Tibbiyot falsafasi g'oyalari», «Transendental idealizm tizimi», «Falsafa va din»,
«San’at falsafasi» asarlarida bayon etilgan.
2 Шеллинг. Сочинения. В двух томах. Том 2. М., 1989, 86— 158-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nemis mutafakkirining e’tirof etishicha, erkinlik ayrim shaxs 
jasorati emas, balki jamiyat erishgan yutuqdir. Ana shunday 
ajoyib g'oyani olg'a surgan faylasuf, afsuski, erkinlik o'z nav­
batida yovuzlik bilan bog'liq bo'ladi, dedi. Erkinlikning ildizini 
sof shaxsiy ibtidodan qidirdi. Bu ibtidoning manbai «aql yota- 
digan» narigi dunyoda, deb tushuntirdi.
Shelling umrining oxirida inson aqlining imkoniyatlariga shubha 
bilan qaray boshladi. Aqlga ishongan, inson intellektual imkoni­
yatlariga tayangan har qanday falsafaga la’nat o'qidi. Inson in­
tellektual faoliyatini ulug'lovchi falsafaga «Karomat falsafasi»ni 
qarshi qo'ydi. Karomat falsafasi esa haqiqatni aql chegarasining 
narigi tom onidan — «diniy tajriba»dan izladi.
Inson muammosi Georg Vilgelm Fridrix Gegel1 falsafasining 
ham diqqat markazida bo'ldi. U insonni oliy darajadagi maxlu- 
qot, o'z aqli bilan olamni bilishga, hatto uni o'zgartirishga 
qodir bo'lgan maxluqot deb hisoblaydi. Buyuk nemis mutafak- 
kiri insonning ruhi bilan dunyoviy ruh orasidagi o'zaro aloqa­
dorlik, o'zaro ta’sir qonunlarini ochib berishga katta kuch sarfladi. 
Buni allomaning «Ruh fenomenologiyasi» asarida yaqqol ko'rish 
mumkin. Uning ta ’kidlashicha, ruh bu mutlaq g'oya bo'lib, 
insonning o'zini o'zi anglashi uchun ko'm ak beradi va shu 
jarayonda rivojlanib boradi. Ruh nafaqat individual, balki ijti­
moiy ongning turli shakllarida namoyon bo'ladi.
Gegelning tushuntirishicha, har bir inson yaratgan aqliy 
boylik dunyoviy aql, dunyoviy ruh xazinasiga qo'shiladi. Dunyo­
viy aql, dunyoviy ruh shu asnoda uzluksiz boyib boradi. M od­
diy olam dunyoviy aql, dunyoviy ruhning ifodasidir. Shuning 
uchun ham dunyoviy aql, dunyoviy ruh moddiy olamning 
mazm unini tashkil etadi. Dunyoviy aql, dunyoviy ruh abadiy 
bo'lganligi uchun olam olamdagi barcha hodisalaming, voqealar- 
ning manbaidir. Dunyoviy aql, dunyoviy ruhning rivojlanishi:

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish