A n V a r c h o r iy e V


Georg Vilgelm Fridrix Gegel 1770-yilda Germaniyaning Shtutgart shahrida



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

1 Georg Vilgelm Fridrix Gegel 1770-yilda Germaniyaning Shtutgart shahrida
yirik amaldor oilasida dunyoga kelgan. Tyubinigen ilohiyot institutitini tugatgan.
1783— 1800-yillarda Bemda xonadon o ‘qituvchisi bo‘lgan. 1801-yildan e’tiboran
Yena universitetida o‘qituvchilik, 1808-1816-yillarda esa Nyurenberg shahridagi
gimnaziyalardan biriga direktorlik qilgan. 1816-yilda Geydenberg, 1818-yilda Berlin
universitetlarida professor bo‘lib ishlagan. Berlin universitetining rektori bo‘lgan.
1831-yilda Berlinda vafot etgan. Uning inson to‘g ‘risidagi qarashlari «Xalq va
xristianlik», «Insonning hayoti», «Ruh fenomenologiyasi» asrlarida bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


mohiyat va hodisa (voqea), sabab va oqibat, miqdor va sifat, 
imkoniyat va voqelik, tasodif va zaruriyat, erkinlik ko'rinishlarida 
namoyon bo'ladi. Ushbu kategoriyalar sof aqlning turli bos­
qichlarini ifodalaydi.
Gegelning fikriga ko‘ra, inson — dunyoviy ruhning begona- 
lashuvidan boshqa narsa emas. Xuddi shunday pozitsiyadan turib 
inson inson bo'lib shakllanish jarayonini tahlil qildi. Insonning 
inson bo'lib shakllanishida axloq hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo'ladi. Uning tushuntirishicha, axloqiy normalar, prinsiplar 
insoniy munosabatlarning turli-tum an shakllaridan tashkil topa­
di va dunyoviy aql xohish-irodasiga mos bo'ladi. Kishilar xulq- 
atvorini ifodalovchi turli axloqiy normalar, prinsiplar ular amaliy 
faoliyati tufayli emas, balki dunyoviy ruh rivojlanishining lah- 
zasi (momenti) sifatida vujudga keladi.
Gegel inson faoliyatining shakllari, individual va ijtimoiy ong, 
o'zini o'zi anglash, shaxs erkinligi haqida bir qator chuqur 
dialektik qoidalami bayon qildi. Uning asarlarida insonning inson 
darajasiga ko'tarilishida mehnatning roli, kishilar turmushida mehnat 
qurollarining ahamiyati haqida bir talay fikr-mulohazalar bayon 
etilgan. Lekin Gegel insonning shakllanish jarayoni davrlarini 
ruhning rivojlanishi prizmasidan o'tkazib tahlil qildi. Chunki xuddi 
o'sha ruh «ruh haqidagi esdaliklami, uning o'z o'zidan qanday 
mavjud bo'lib turganligi va qanday qilib ular o'zlarining hukm- 
ronliklarini tashkil qilib turganliklarini»1 ifodalovchi yo'lni bosib 
o'tishi lozim.
Gegelning mehnat to'g'risidagi qarashlari absolut ruh faoli- 
yatiga, begonalashuv haqidagi mulohazalari esa anglash bilan 
o'z o'zini anglash orasidagi qarama-qarshilikka borib taqaladi. 
Xulosa qilib aytganda, Gegel falsafasida inson muammosi — o 'z 
o'zini anglash fenomenologiyasi muammosidir. Uning uchun 
insoniylikning mohiyati o'zini o'zi anglash bilan bab-barobardir.
Inson bilan jamiyat, individ bilan davlat orasidagi o'zaro 
aloqadorlik masalalari haqida fikr yuritgan Gegel — tarixda shaxs- 
ning roli haqidagi subyektiv qarashlam i tanqid qildi. Uning 
fikricha, buyuk shaxslar — tarixiy zaruriyatni boshqalarga qara­
ganda to'la va chuqur tushunuvchi kishilardir. Lekin tarixiy zaru-

Гегель.
Сочинения. В 14-ти томах. Том 14. М., 1959, 434-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


riyat absolut ruhning rivojlanishiga, umumbashar tarixi esa ongda 
va o'z o'zini anglash borasida erishilgan taraqqiyotga mos 
bo'lmog'i lozim. Shu qoidalarga asosan tarixiy shaxslaming faoli­
yati ijtimoiy rivojlanish qonunlariga emas, balki dunyoviy ruh 
taraqqiyoti qonunlariga bo'ysunmog'i darkor.
Inson muammosi Lyudvig Feyerbax1 falsafiy mushohadasi- 
ning asosiy obyekti edi. U, inson muammolariga bag'ishlangan 
«Yangi falsafa», «Kelajak falsafasi»ni yaratishga butun ongli umrini 
baxshida etdi. Feyerbaxning fikriga muvofiq, haqiqiy falsafa, bu 
antropologiya — inson haqidagi ta ’limotdir. Faylasuf uchun m od­
diylik bilan m a’naviylik birligi asosini inson tashkil etgandagina 
uning haqiqiy m a’nosi namoyon bo'ladi.
Feyerbax asos solgan «Yangi falsafa» prinsiplariga muvofiq, 
inson tabiatning bo'lagidir. U tabiat tufayli yashaydi. Tabiat inson- 
ni boquvchi onadir. Shuning uchun inson tabiat oldida bir umrga 
qarzdordir. «Yangi falsafa» tabiat insonni vujudga keltiruvchi asosiy 
bazis deb hisoblaganda, insonni falsafaning yakka-yu yagona, oliy 
predmetiga aylantira borib, o 'z navbatida, antropologiyaga, 
shuningdek, fiziologiyaga, universal fanga aylantiradi2.
Feyerbaxning fikriga ko'ra, tabiatning bo'lagi bo'lgan o'sha 
tirik maxluqot, ya’ni inson, o'ziga xos spetsifik xususiyatlarga ega 
bo'ladi. Insonning o'ziga xos xususiyatlaridan biri, uning fikr- 
mulohaza yuritishga qodir ekanligidir. Insonning o'ziga xos xu­
susiyatlari haqida fikr-mulohaza yuritgan faylasuf bunday deb 
yozgan edi: «Iroda, fikrlash va hissiyotda insonning oliy, ab- 
salyut mohiyati va uning yashashdan maqsadi namoyon bo'ladi»3. 
Insonning fikr-mulohazasi tufayli ajdodlar yaratgan intellektual 
boylik avlodlarga yetkaziladi. Xuddi shu m a’noda, fikr-mulohaza

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish