Levkipp va Dem okrit irratsional m unosabatlam i inkor qilishadi.
B archa m atem atik predmetlar:
jism lar, yuzalar, chiziqlar atom lardir.
y a ’ni bo'linm as butun elem entlardir. A na shuning uchun ham irratsional
m unosabatlam ing boMishi m um kin emas.
A tom istlar hissiy va aqliy bilishni farq qiladilar. Atom larni faqat
hissiyot asosida bilib bo'lm aydi. Buning uchun hissiyot aql tom onidan
chuqurlashtirilishi, to ‘ldirilishi zarur. Demak, hissiyot va aql qaram a-
qarshi emas, o ‘zaro aloqadadir.
Aristotel fikricha, “D em okrit aqlni haqiqatni
biladigan kuch deb
hisoblam aydi; uni jo n bilan alm ashtirib yuboradi”1 6. Uningcha,
Irratsional m unosabatlar faqat hissiy bilishgagina xosdir.
D em okrit fikricha, bilishning ikki turi m avjud: haqiqiy va qorong‘i.
Q orong‘isi — bu k o ‘rish, eshitish, ta ’m, badan v a hid sezgilari.
D em okritning m antiqiy fikrlari “K anon”larda (kanon — “m ezon”.
“qoida”) ifoda etilgan. Unda bilishning uch m ezoni farqlanadi: 1) hissiy
bilish; 2) tafakkur; 3) xohlangan va xohlanm aganlar (uning
yordam ida
predm etga yaqinlasham iz yoki uzoqlasham iz)ga oid mezonlar.
Jon va nafas m exanik m uvozanatda b o ‘ladi, hayot ana shunga
asoslanadi. Hayotning m aqsadi - ruhning, jonning yaxshi o ‘m ashib
olishi.
Demokrit, bir tom ondan. xudolar to ‘g ‘risidagi tasavvurlarga qarshi
chiqadi, ikkinchi tom ondan, ularning m avjudligini tan oladi. Uning
fikricha, havo — barcha olovli atom lar makoni.
Havo faqat joylashadigan
o ‘rin emas, u hayot uchun nafas olish va nafas chiqarish uchun zarur.
Havo olovli dumaloq atom laning uyirmali harakatidan hosil boMadigan
obrazlar bilan to ‘Iib-toshgan. Ular xudolar b o ‘lib, m ustaqil, uzoq vaqt
yashaydigan, parchalanm aydigan xususiyatlarga ega. U lar odam ga
o ‘xsham aydi. X udolarning b a’zilari yaxshilikni keltiradi,
boshqalari
yom onlikni. 0 ‘z ovozlari, k o ‘rinishlari bilan xudolar odam lam i ularning
kelajagi to ‘g ‘risida ogohlantiradi.
Dem okrit m adaniyatga rivojlanish maqomini beradi. M adaniyat -
tabiat rivojlanishining davomi. S an’at - tabiatga taqlid qilish demakdir.
Poetik (ijodiy) san ’at uchun “ilhom ” - “aqlsizlik” manbai.
D em okrit etikasining aksiomasi va asosini ozod grek jam iyatidan
ajralgan individ emas, balki
shahar - davlat fuqarosidir, degan fikr
tashkil etadi. Yaxshi boshqariladigan davlat - bu yaxlit saqlanib turuvchi
davlat, u buyuk tayanch. Shuning uchun ham davlat m anfaatlari yakka
kishilar m anfatlaridan yuqori turadi. Demokratik polisdagi kam bag‘allik
m onarxiyadagi boylikdan afzal. Bu haqida Dem okrit yozadi: “Erkinlik
qullikdan qanchalik yaxshi b o ‘lsa, dem okratik davlatda kam bag‘allik
176 Антология мировой философии. Т. 1. Ч. С.332.
150
m onarxiyadagi baxtli hayotdan shunchalik afzal” 177. Lekin dem okratiya
ham m a vaqt ham yaxshi hayotni kafolatlamaydi. N a san ’atga, na
donishm andlikka
ulam i
o ‘rganmasdan
turib,
erishib
b o ‘lmaydi.
Donishm andlik uch narsani keltiradi: yaxshi fikrlash,
yaxshi gapirish,
yaxshi am allar qilish.
Xulq-atvor aql bilan bog'liq, u bilan belgilanadi. E ’tiborga eng loyiq
narsa — ehtirosga berilm aslik, vazminlikdir. Dono odam, agar u ana
shunga loyiq ilmga ega bo ‘lsa, yovuzlikdan ham ezgulikni ajrata oladi.
M isol: chuqur havza k o 'p m unosabatda foydali, lekin unda ch o‘kib
ketish
xavfi bor, y a ’ni u ziyon. Ayni paytda, undan (zarardan) qutilish
vositasi bor, bu — suzishga o ‘rganish.
Bilim - “ruhning yaxshi o ‘m ashishiga” xalaqit beradigan narsalarni
bartaraf etuvchi vosita.
Yuqoridagilardan m a’lum b o ‘ladiki, Levkipp va ayniqsa, Demokrit
qarashlarining o ‘zagini atom m istik g ‘oya tashkil
etsa-da va u Qadim gi
grek falsafasining buyuk yutug‘i ham da atom izm rivojining poydevori
bo‘lsa-da, ularning falsafasi muammolari doirasi nihoyatda keng. Buni
ularning jam iyat v a inson, jon v a bilish masalalarini m uhokam a qilishi
k o ‘rsatadi. Ayniqsa, D em okritning mantiq m asalalarini m uhokam a etishi
e ’tiborga loyiqdir. Xususan, “K anon”ni yaratishi bilan falsafa tarixida
m antiq kanonmi yoki organonmi? y a ’ni, mavjud b o ‘lgan
bilim larning
chinligini aniqlaydigan mezonlarni ishlab chiqadigan fanmi yoki to ‘g ‘ri
fikrlash, chin bilim lar hosil qilishning mantiqiy shakllari va qonun-
qoidalarini o ‘rganuvchi ilmdan iborat b o ‘lishi kerakmi, degan bahs-
munozarani boshlab berdi. Buning ilmiy ahamiyatini m utafakkir
atomizmi bilan qiyos qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: