Platon n e’matni, baxt-saodatni bilishni xohlab, inson xudoni bilishga
intiladi: n e ’m atlarga ega bo'lish uchun u xudoning m ohiyatiga daxldor
boMishga harakat qiladi, deydi. Uningcha, xudo barcha narsalam ing
ibtidosi ham, o ‘rtasi ham, oxiri hamdir. U shuning uchun ham ibtidoki,
undan barcha narsa kelib chiqadi; u shuning uchun ham o ‘rtaki, barcha
narsalam ing mohiyatini tashkil etadi; u shuning uchun ham oxiri,
nihoyasiki, barcha narsalar unga qarab intiladi.
Platon m a’lum m a’noda n e’matni aql bilan aynanlashtiradi. Aqllilik
m aqsadga m uavofiqlikda zohir boMgani uchun, Platon uni m aqsadga
m uvofiqlik bilan yaqinlashtiradi. M aqsadga m uvofiqlik, Platon fikricha,
buyum ning o ‘z g 'oy asig a m uvofiq kelishidir, bundan buyum ning
“yaxshiligi” nim a ekanligini bilish m um kin. Bu buyum ning “g ‘oyasi”ni
tushunib yetish demakdir. O 'z navbatida, “g 'o y an i” bilish demak, barcha
hissiy qabul qilinadigan va sababiy b og‘lanishda b o ig a n narsalarni
ularning g'ayri hissiy va m aqsadi birligiga keltirishdan iborat. Masalan,
nim a uchun Y er sharsim on (yoki tekis), u olam ning markazidami yoki
undan sirtdami, kabi savollarga javob berish uchun, uning u yoki bu
xossasining aqliy asosini k o ‘rsatish zam r. Dunyoni tushuntirish vazifasi,
bu nuqtai nazardan qaraganda, barcha ju z ’iy, xususiy qonunlarni
(dunyoda amal qiladigan qonunlarni) yagona umumiy asosga keltirish va
undan keyin shu um um iy asosdan barcha xususiy qonunlarni keltirib
chiqarishdan iborat.
Platon inson uchun n e ’m atlam ing ichida eng oliysi deb baxtni
tushunadi. “Evtidem ” dialogida Kliniy bilan b o ‘lgan suhbatida Sokrat
n e ’m atlam i sanab chiqar ekan, eng asosiysini unutayozganini eslatib, bu
- “ Baxt, do 'stim Kliniy. A xir barcha odamlar, hatto nodonlar ham eng
buyuk ne’m at - ana shu” 179, deydi. B axtning tavsifm i esa “Fileb” asarida
beradi. Bu yerda oliy insoniy baxtning shartlari sifatida quyidagilarni
k o ‘rsatadi: 1) “G ‘oya”ning abadiy, m angu tabiatida ishtirok etish; 2)
“G ‘oya”ning borliqda gavdalanishi; 3) aqlning mavjudligi va bilim ga
egalik qilish, shuningdek, to ‘g ‘ri fikrga ega bo‘lish; 4) B a’zi fanlar,
san’at turlarini egallash; 5) so f hissiy lazzatning b a’zi turlaridan,
masalan, kuyning toza toni (jarangi) dan yoki tasvirdagi rangdan
bahram and bo‘lish (Fileb). G o'zalliik o ‘zgarmas, hissiy idrok etiladigan
narsalar o ‘zgam vchandir. G o ‘zallik yagona, hissiy idrok etiladigan
jism lar k o ‘p. G o‘zallik m uqarrar va nisbatsiz, hissiy idrok etiladigan
narsalar doim o u yoki bu shart bilan bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: