A n t ik d a V r fa L sa fa si


Aristotelning siyosiy nazariyasi



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Aristotelning siyosiy nazariyasi
Jam iyat va davlat to ‘g ‘risidagi ta'lim otida ham Aristotel qiziqarli 
m ulohazalarni bildirgan. Uning ta ’kidlashicha, komil inson - mukammal 
fuqaro bo'lishi uchun davlat ham m ukammal bo‘lishi kerak. Oliy maqsad
- haqiqatga m ushohada etish y o ‘li bilan erishish intellektual intuitsiya 
b o ‘lsa-da, biroq inson tabiati nom ukam m al. Ana shu nom ukam m alligi 
tufayli hayot qator ne’matlarga, fazilatlarga muhtoj, ular oliy maqsadga 
nisbatan quyida turadi va unga bo‘ysunadi. Shuningdek, insonga tana 
sog‘lig‘i, ovqat, zaruriy shart-sharoitlar kerak.
Davlat, Aristotel fikricha, qandaydir m uom ala turini anglatadi. 
D avlatlar o ‘rtasidagi 
m unosabat 
m uom alaning 
oliy 
shakli, 
deb 
asoslanadi. D avlat doirasida boshqa ijtimoiy m unosabatlam ing o ‘ziga 
xos maqsadlari va y o ila rin in g yaxshi sistemasi mavjuddir.
Davlat (davlat deganda Aristotel grekcha polisni tushunar edi -
M .Sh.) har qanday jam iyat kabi, qandaydir bir maqsad uchun yashaydi. 
Davlatning maqsadi - inson farovonligi, uning m a’naviy va intellektual 
hayoti uchun shart-sharoitlarni ta ’minlashdan iborat.
Aristotel fikricha, oila bu - oddiy, j o ‘n birlik b o ‘lib, hayot 
davomiyligini ta ’minlash va kundalik ehtiyojlarni qondirish uchun kerak; 
bir necha oilalar qisqa muddatli ehtiyojlarni emas, uzoqni k o ‘zlab 
harakat qilishsa, aholi punktlari paydo boMadi. Bir qancha aholi punktlari 
birlashib, undan davlat paydo b o ‘ladi. U ehtiyojlarni qondirish, yaxshi 
hayotni qurish uchun m avjud boMadi, shu bois Aristotel, davlat oila va 
boshqa birliklardan farq qiladi, deydi. Faqat davlatda shaxs o ‘zining 
barcha ehtiyojlarini qondirishi mumkin, ehtiyojlar tabiiy ekan, demak, u 
ham tabiiydir. Y uqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadiki. inson 
tabiatan siyosiy hayot bilan bogMiq va bunda davlat uni ta ’m nlaydi va bu 
tabiiy holdir; kishi davlatsiz axloqiy rivojlanm agan b o ‘lardi yoki super 
odam hisoblanardi.
Aristotelga k o ‘ra, tabiat insonga nutq berib, jam iyatni shakllantirdi. 
Ijtimoiy hayot rivojining yakuni - bu davlatdir. D avlat shaxs va oiladan 
ustun turadi, chunki davlatsiz hech kim farovonlikka erisha olmaydi. 
Ijtimoiy m unosbatlarga kirishmay. o ‘zini mustaqil hisoblagan kish ilary o
2lb C opleston F. H istory o f philosophy. V o l.l. —N ew Y ork-L ondon-T oronto-Sydney-
A uckland, 2003. P. 190.
197


past, yo ilohiy odam lar hisoblanadi. Davlat fuqarolam ing baxtli va 
farovon yashashi uchun xizm at qiladi. Bunday konsepsiya, agar u m istik 
va totalitar nuqtai nazarda b o ‘lmasa, yashashga loyiqdir. Aristotel, 
im koniyatlari cheklangan b o ‘lsa-da, k o ‘p davlatlam i, im periyalam i 
k o ‘rm agan bo‘lsa-da, faqat grek shahar-davlatlarini bilgan b o ‘lsa-da, 
o ‘zining konsepsiyasini chuqur, yaxshi izohlab bera olgan.
“ Siyosat” asarida oilaviy m unosbatlar deyarli qul va quldor 
o ‘rtasidagi m unosobatlarga va boylik to "pi ash kontekstida olib qaralgan. 
Qullik tabiiydir. T ug‘ilganidan boshlab kim dir qul va kim dir quldor. 
Tabiatan kim dir erkin, kim dir esa qul b o ‘lishi adolatli va foydali.
Aristotel kishilam i ikki ijtimoiy guruhga b o ‘lib tashlagan va qullam i 
past qatlam ga m ansub deb hisoblagan. A m m o uning quldorlar o 'z
vakolatlarini suiiste’mol qilm asliklari va qullam ing vaqti kelib erkin 
b o ‘lishi m um kinligini aytishi Aristotelni m uayyan darajada “oqlaydi” . 
Undan tashqari, u qulning bolasi har doim qul emasdir; urush va boshqa 
larda adolatsizlikka y o ‘l qo ‘yilishi m um kin, deydi. Baribir, A ristotelning 
qullikni qo‘llab-quvvatlashi uning tor ijtimoiy tajribadan kelib chiqib 
fikrlashidan dalolat beradi. U ba’zida qullikning ijtimoiy asosini inkor 
etsa, b a’zida uni qo ‘llab-quvvatlab, o ‘z falsafasini shunga to ‘grilaydi.
Aristotel fuqarolar burchlari haqida A fina dem okratiyasidan kelib 
chiqib aytgan bo‘lib, bu hozirgi saylovga asoslangan tizim dan farq 
qiladi. Xususan, uningcha, ham m a kishilar hukm ronlik qilishi va ijrochi 
b o ‘lishi va bu rollar alm ashinib turishi kerak. Undan tashqari, ular 
sudning va K engashning ishida ishtirok etishi shart.
D avlatning h ar xil turlarini m uhokam a qilib, Aristotel ularni um um
m anfaatlarni him oya qiladigan va shaxsiy m aqsadlrni k o ‘zlaydigan 
davlatlarga ajratgan. Bu ikki turning o‘zi 3 ta yaxshi va 3 ta yom on (yoki 
norm adan chekingan)ga ajratiladi. Ular quyidagilardan iborat:
M onarxiya — unda davlat rahbarining “o ‘zi Q onun”.
Politiya (respublika) - unda hokim iyat k o ‘pchilikning qo‘lida 
boTadi, lekin k o ‘pchilikning birdan-bir fazilati — harbiy fazilat.
Tiraniya (zolim shox hukm ronligi)ni Aristotel qattiq qoralagan.
Oligarxiyada ozchilik k o ‘pchilik ustidan hukm ronlik qiladi.
D em okratiyada hokim iyat dem agoglar qo ‘lida b o ‘lib, ular xalqning 
boshiga bitgan balodir.
A ristokratiyada davlat bilim don, 
iqtidorli, 
tajribali 
rahbarlar 
tom onidan boshqariladi.
Uchtasi - m onarxiya, aristokratiya, politiya davlat boshqaruvining 
yaxshi shakllaridir. Qolgan uchtasi - tiraniya, oligarxiya, dem okratiya
198


davlat boshqaruvining yom on shakllari hisoblanadi. M onarxiyadan 
chekinish - bu tiraniyadir. A ristokratiyadan chekinish - bu oligarxiya, 
politiyadan chekinish - bu dem okratiyadir.
Boshqarishning har xil turlari haqida gapirib, Aristotel ulardan 
yaxshi xabardor ekanini namoyish qiladi. Uning uchun ideal davlat 
hukmdori shunday bo'lishi kerakki, u barcha fuqarolardan ustun b o ‘lib, 
uni tabiatan hukm dor yoki monarx deyish mum kin b o ‘lsin. Ammo, 
aslida, bunday mukammal insonning o‘zi y o ‘q, um um an bunday 
qahram onlikka ega kishilarni jam iyatda ju d a kam uchratish mumkin. Shu 
bois, aristokratiya kam chilikka loyiq kishilar boshqaruvi bo‘lib, 
m onarxiyadan ustun turadi. A ristokratiya boshqaruvning yaxshi turi 
b o ‘lib, bunda boshqaruvda xalq m asalasiga e ’tibor qaratilgan b o ‘ladi va 
xalq o ‘zi ishongan yaxshi kishilarga hokim iyatni o ‘zi beradi. Ammo 
Aristotel tan oladiki, zamonaviy davlat uchun aristokratiya yetishib 
b o ‘lmaydigan ideallik b o ‘lib, shu bois politsiyaga urg‘u beriladiki, bunda 
xalq ommasi qonun va tartib asosida boshqaruv o‘rinlariga loyiq 
kishilarni tanlab q o ‘yadi. Politiyada hokim iyat tepasiga o 'rta qatlam 
chiqadi; bu boshqaruv tipi oligarxiya va dem okratiya o ‘rtasida turadi.
Bunday davltlarda hokim iyat oligarxiyaga emas, ko'pchilkka 
tegishli 
bo‘ladi; 
amm o 
demokratiyadagi 
singari, 
m ulksiz 
aholi 
boshqaruvga yaqinlashtirlm aydi, masalan, arm iyaning og‘ir piyodalar 
q o ‘shinida faqat mulki bor fuqarolar xizm at qila oladi. Aristotelning 
ta’kidlashicha, 
politiyaga 
A fm aning 
m iloddan 
avvalgi 
411-yilgi 
konstitutsiyasini misol qilib k o ‘rsatish mumkin, ammo unda besh 
m ingga yaqin arm iyada xizm at qiladgan fuqarolar hokim iyatga qarashli 
b o ‘lib, Kengash y ig ‘ilishlarida ishtrok etganida, boj to ‘lovidan ozod 
qilingan edi. Bu Feramen konstitutsiyasi bo‘lib, Aristotel undan hayratga 
tusbgan. Am m o o ‘rta qatlam ning nisbatan barqaror qatlam ekanligi va 
boylarning 
ham, 
kam bag'allarning 
ham 
unga 
ishonchi 
yetarli 
asoslanilm agandek ko‘rinadi.
“ Siyosat” asarining 7 va 8-kitoblarida Aristotel ideal davlat haqida 
gapiradi. Uningcha, barqarorlik va taraqqiyotning yagona real kafolati — 
bu fuqarolarning tartibligi va axloqiy tozaligidir. Aksincha, agar davlat 
axloqsiz b o ‘lsa va ta’lim jarayoni oqilona tuzilm agan bo‘lsa, fuqarolar 
hech qachon davlatga munosib odam lar b o ‘la olmaydilar.
Aristotel 
fikricha, 
shaxs 
o ‘zining 
hayotiy tajribasi 
asosida 
rivojlanadi va kom illikka erishadi. Bu jarayon davlat, jam iyat hayotidan 
ajralmagan holda amalga oshiriladi, davlat esa m ukam m alikka o ‘zining 
fuqarosini kom ilkka erishtirish orqali yetishadi.
199


Aristotel davlatni yaxshi va yom onlikni belgilaydigan Leviafan deb 
hisoblam agan, 
uning Sparta davlatini tanqid qilganligi m a’lura. 
D avlatning bosh m aqsadi - boshqa davlat ustidan hukm ronlik qilish
urush olib borish, deb hisoblash katta xato. D avlat farovon hayot tashkil 
etish uchun mavjud ekan, shaxs bo ‘ysunadigan qoidalarga u ham 
bo'ysunishi kerak. Aristotel “oliy farovonlik” shaxsiy va ijtimoiy 
hayotda bir xil, deb hisoblagan217.
Aristotel iqtisodiy m unosabatlarda tnuom alaning ijtimoiy shakllarini 
k o ‘radi va ularning ichidan 3 tasini alohida ajratadi: I) oiladagi 
muomala; 2) um umiy x o ‘jalik ishlari b o ‘yicha m uom ala; 3) xo'jalikning 
baxt-saodat bilan alm ashish muomalasi. D avlat hayot uchun mavjud 
b o ‘lm og‘i kerak. Aristotel davlatga quyidagicha tav sif beradi: davlat bir 
joyda yashovchi insonlam ing o ‘zaro m uloqoti, adolatsizlikka qarshi 
o ‘zini hitnoya qilish uchun tuzgan ittifoqi; u x o ‘jalikda ayirboshlash 
uchungina b o ‘lgan m uloqat emas. B ulam ing barchasi davlatning tashkil 
topishi uchun zarurdir. Lekin davlat faqat ulardangina tashkil topm aydi. 
“ Davlat shu paytda yuzaga keladiki, qachonki oila va urug‘ o ‘rtasida 
baxtli hayot uchun m uom ala paydo b o'lsa, ularning hayoti kom il va 
to ‘liq b o 'lg an sharoit va vaqtda davlat paydo b o ‘ladi” (“Siyosat”).
Aristotel falsafasi tahliliga yakun yasar ekanmiz, uning qomusiy 
olim ekanligini, o ‘zigacha b o ‘lgan ilmiy, falsafiy fikrlam i o ‘rganib, 
sintezlab, 
um um lashtirishga 
uringanini; 
ilm lam i 
klassifikatsiva 
qilganligini; falsafa, m antiq va boshqa bir qancha fanlam ing asoschisi 
boTganligini va shu tariqa ilmiy va falsafiy fikm ing keyingi rivojiga 
ulkan hissa q o ‘shganligini, aniqrog‘i, taraqqiyot y o ‘nalishini belgilashga 
olib kelganligini ta ’kidlash zarur.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish