A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Aristotel dialektikasi.
A ristotelning m antiqqa oid asarlari bilan 
tanishish ularda metod m asalasining ustuvorligini k o ‘rsatadi va bu uning 
dialektika to ‘g ‘risidagi qarashlarini tushunishga yordam beradi. Xususan, 
m utafakkir metod bilan bog‘liq uchta m asalani alohida ajratadi:
1) 
ehtimoliy
bilim ni tadqiq etish metodi masalasi; buni o ‘rganuvchi 
m antiq qismini 
dialektika
deb ataydi va unga yuqorida zikr etilgan 
“Topika” asarini b ag ‘ishlaydi;
2) ta'riflash
va 
isbotlash
metodlari m asalasi b o ‘lib, ular 
ishonchli
bilim
tavsifiga bag‘ishlangan;
3) induksi
— bilim ning 
asoslarini
topish m etodi m asalasi197.
Yuqorida ta ’kidlanganidek, Aristotel bilishning maqsadini mavjudot,
predm etlar to ‘g ‘risida chin bilim ga ega bo ‘lishda deb bilgan. Lekin 
bilishning tabiati shundaki, ham m a vaqt ham , barcha hollarda ham inson 
k o ‘rilayotgan m asala bo ‘yicha birdaniga chin, 
ishonchli
bilim ga ega 
b o ‘lavermaydi. B a’zan hosil qilingan bilim
ehtimoliy
b o ‘ladi. Shu tariqa, 
bilishda, ayniqsa, ilmiy bilishda ehtimoliy bilim dan chin bilim ga o ‘tish 
ehtiyoji paydo b o ‘ladi. Bu alohida m etodni qo‘llashni talab etadi. 
Aristotel uni “dialektika” deb ataydi ham da Sokrat va Platon ishlatgan 
m a’nosidan chekinib, ehtimoliy bilim lardan chin bilim larga o ‘tishni 
tayyorlovchi, ilmiy m etodga yaqinlashib keluvchi m etod sifatida talqin 
qiladi. M a’lum ki, Sokrat uchun dialektika predm et to ‘g ‘risida amaldagi 
qarashlar, falsafiy tasavvurlardagi ziddiyatlarni tahlil qilish orqali 
ishonchli bilimni qidirish usuli edi. Platon esa dialektikani hissiyotga 
tayanm aydigan, jism siz “eydoslar”, yoki “g ‘oyalar”ni idrok etish 
jarayonida aqlni m ashq qildirish orqali haqiqiy mohiyatni bilishga 
erishish to ‘g Lrisidagi ta ’limot deb tushungan. H ar ikkalasida “dialektika”
- ishonchli bilim m etodi.
Aristotel, garchand dialektikaning predmetini ehtim oliy bilim lam i 
o ‘rganish bilan cheklab q o ‘ygan bo‘lsa-da, “biroq ana shu cheklanish 
orqali dialektikaning keyingi rivoji y o ‘lida katta qadam q o ‘ydi ham da 
ehtimol bilim lar bilan haqiqiy bilim lar o ‘rtasida aniq chegara q o ‘yishga
196 
C opleston F. H istory o f philosophy. V o l.l. —N ew Y ork-L ondon-T oronto-S ydney- 
\u c k la n d , 2003. P.278-279.
I9' А смус В.Ф. А н тичная ф илософия. —М.: В ы сш ая ш кола. 1999. С .234.
187


m uvaffaq bo‘ldi” 
. A ristotelda “dialektika” talqinining o ‘ziga xosligi 
shunda 
nam oyon 
b o ‘ladiki, 

shubhaga 
o ‘rin 
qoldirm aydigan 
haqiqatlarni bayon qiluvchi bilim emas, u haqiqatga erishish y o ‘lidagi 
tadqiqotdan iborat. Uning fikricha, “dialektika” predmeti - haqiqatning 
o ‘zi, y a ’ni predm etiga mos keluvchi bilim b o im a y , faqat m uhokam a 
etilayotgan 
m asala 
term inlari 
o ‘rtasida, 
bahs 
ishtirokchilari 
m ulohazalarida formal ziddiyat-larning y o ‘qligi, xolos. Ana shunday 
m a’noda talqin qilingani uchun “dialektika” term ini ba’zan Aristotel 
asarlarida va ularga bag‘ishlangan adabiyotlarda q o ‘shtirnoq ichiga olib 
y oziladi199.
Aristotel dialektikasining mohiyati, birinchidan, suhbat, bahs 
jarayonida savol qanday qo ‘yilishi va qanday tadqiq etilishi, xususan, 
xulosalashning qanday qurilishi va uning qanday qilib javobni topishga 
olib kelishi, ikkinchidan, javobda nim aning y o lg ‘on bo'lishini tekshirish 
usulini taqdim etishida namoyon b o ‘ladi. “D ialektika yo'llovchi savollar 
qo ‘yish san ’atidir”200, - deydi alloma. Savol q o ‘yib, javob qidirishda 
quriladigan xulosa chiqarish shakli sillogizmdan ibora b o ‘lgani uchun 
Aristotel “sillogistik dialektika” term inini ishlatadi. Shu bilan birga, u 
bilim ning asosini qidirishda induktiv metodning q o ‘llanilishini ham 
yoddan chiqarm aydi. Sillogizmda, y a ’ni deduksiyada m ushohadaning 
umum iydan yakkaga, induksiyada esa, aksincha - yakadan um um iyga 
qarab y o ‘nalganidan kelib chiqadigan bo'lsak, bu holatlar Aristotel 
dialektikasining falsafiy asosini yakkalik va umumiylik munosabati 
masalasi tashkil etishini bildiradi.
A ristotelga k o ‘ra, dialektika bilishning universal metodidir, u 
borliqning birorta sohasini bilish bilan cheklanmaydi. “Zero, ham m a 
narsa ham borliqning m uayyan bir sohasiga tegishli b o ‘lavermaydi, agar 
shunday bo'lganda, ular borliqning yagona boshlang‘ich asosi orqali 
tushuntirilib bo‘I mas edi”201.
Birinchi muallim fikricha, um um iylik va yakkalik m etafizika va 
konkret fanlar, y a ’ni falsafiy va xususiy-ilmiy bilim lar aloqadorligida 
o 'zining aniq ifodasini topadi. U yozadi: “Barcha fanlar ular uchun 
umumiy b o ‘lgan asos orqali um um iylikka ega. Um um iy deganda m en 
isbotning nim a haqida bo‘layotganini va isbotlanayotgan narsani emas,
198
198 Y o ‘ldoshev S. A rastu. - Т .: O 'q itu v ch i, 1998. B.21.
199 M asalan, qarang: А смус В.Ф . А нтичная философия. -М .: В ы сш ая школа. 1999. 
С .234-237.
200 А ри стотель. Соч. в 4-х тт. Т.2. -М .: '‘М ы сль” , 1978. С .556.
201 Shu asar: В.351.
188


balki isbotni am alga oshirishda foydalanishadigan asosni tushunaman. 
Dialektika esa barcha fanlar bilan ish k o ‘radi. Barcha boshlang‘ich 
asoslar uchun umumiy b o ‘lgan um um iylikni, m asalan, barcha narsalar 
uchun chin hisoblangan tasdiq yoki inkor shakldagi fikrni, yoki teng 
bo ‘lgan narsadan teng narsani ayirsang, teng narsa qoladi, degan 
m ulohazani va shu kabilarni isbotlashga urinadigan narsa ham fan 
b o ‘lgan bo‘lardi. Biroq dialektika qandaydir juda aniq b o ‘lgan narsa yoki 
birgina jins bilan ish k o ‘rmaydi. Aks holda u savollarga murojaat 
qilm agan bo ‘lardi. Isbotlovchi kishi savol q o ‘ymaydi, chunki o ‘zaro 
qarama-qarshi fikrlardan bir xil narsa isbotlanm aydi”202.
Aristotel dialektikaning foydaliligi haqida gapirar ekan, uning uchta 
m aqsad uchun alohida ahamiyatli ekanligini ta ’kidlaydi: m ashq qilish 
uchun, og‘zaki suhbat uchun, falsafiy bilim lar uchun. Xususan, “falsafiy 
bilim lar uchun uning foydaliligi shundaki, birorta tom onning to ‘g ‘ri 
ekanligiga shubha uyg'onganda bizning har bir konkret vazivatda chin 
yoki yolg‘onni payqashim izni osonlashtiradi. D ialektikani tadqiq etish 
yana barcha fanlar uchun boshlang‘ich asosni bilishda foydalidir. Chunki 
m uayyan bir fanning boshlang‘ich asosidan kelib chiqib barcha fanlar 
uchun umumiy boshlang‘ich asos haqida gapirib boMmaydi, chunki u 
barcha fanlarga tegishlidir... Zero, tadqiqot usuli sifatida u (ya’ni 
dialektika - M .Sh.) barcha fanlam ing boshlang‘ich asoslariga etib 
b o rish g ay o ‘l ochib beradi”203.
Aristotel fikricha, “Dialektika sm ash (suhbatdosh m ushohadasini -
M.Sh.) san’ati ham dir”204. Buni u quyidagicha tushuntiradi. Dialektik 
sillogizm ning m antiqiy kuchi - uning ichki ziddiyatlardan xoli 
ekanligida. Biroq, uning bu ustunligi faqat ehtim oliy xulosa olishga 
imkon beradi, xolos. Bunday y o ‘sindagi tadqiqotni haqiqatni o ‘matish 
deb emas, sinash deb hisoblash zarur.
Shuni ham ta ’kidlash joizki, sistemali tarzda ishlab chiqilgan 
“sinash” - bu faqat m antiqiy mashq emas. “Sinash” fikrni ju z ’iy holat, 
taso d if doirasidan 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish