A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Tana va ruh munosabati.
Aristotel “Ruh haqida” nom li risolasining 
boshida ruhni tadqiq qilish naqadar m uhim ekanligi to ‘g‘risida so ‘z 
yuritadi, zero “ruh —bu jo n li m avjudotning g o ‘yoki virtual ibtidosidir” .
B iroq 
ushbu 
m uam m o 
birm uncha 
murakkab, 
shu 
sababli 
tadqiqotning 
to 'g 'ri 
usulini 
topish 
oson 
emas. 
A ristotelning 
ta ’kidlashicha, faylasuf v a naturalist-olim turli usullardan foydalanadi va 
shu sababli o ‘z talqinini turlicha shakllantirishi g ‘oyat to ‘g ‘ri. Turli
178


fanlar tadqiqotning turli usullarini qo ‘Ilashini barcha m utafakkirlar ham 
tan olaverm agan, va shundan kelib chiqqan holda, qandaydir fan 
sohasida kim yogarning 
yoki 
tabiatshunosning 
usullarini 
qo‘llay 
olm asligi haqiqatni buzib k o ‘rsatishga olib kelmasligi kerak.
M urakkab substansiya - bu ibtidosi ruh deya atalmish, hayotga ega 
tabiiy tana. Tana ruh b o ‘lishi mum kin emas, zero tana — bu hayot emas, 
balki hayot kasb etadi. “Ruh haqida”gi risolaning birinchi kitobida 
Aristotel turli faylasuflarning qarashlarini va psixologiya tarixini 
tavsiflar ekan. ibtido borasida ularni moddiy deb sanovchilar va 
nom oddiy deya tan oluvchilar o ‘rtasida kelishm ovchiliklar mavjudligini 
e’tiro f etadi. Bu m asalada Aristotel o ‘zini Levkipp va Dem okritning 
emas, balki Platonning izdoshlari sirasiga qo'shadi
Shu tariqa, Aristotelda, tana ruh uchun materiya, ruh esa - tananing 
shakli yoki harakatidan iborat bo’ldi. Shu sababli Aristotel ruhni 
izohlashda tana to ‘g ‘risida ruhdan mahrum bo'lgan narsa sifatida emas, 
balki ruhga ega narsa sifatida so ‘z yuritadi. Ruh — bu tananing 
harakatlanishi sababi va undan ajralmaydi. Bunda, ehtimol tanadan 
ajralib chiquvchi qism lar m avjud bo ‘lishi mumkin, lekin ular tananing 
aniq harakatlanishi k o ‘rinishi hisoblanm aydi. R uh - bu jonli tananing 
sababi va mohiyatidir: a) harakatlanish manbai sifatida; b) cheklovchi 
sabab sifatida va c) jonli tananing real substansiyasi (ya’ni rasm iy sabab) 
sifatida.
Turli xildagi ruhlar turli ko'rinishdagi jonli tanalarga taalluqlidir. 
R uhning eng quyi (past) shakli o ‘sim liklar ruhi (joni) hisoblanib, 
oziqlanuvchi m oddalam i yutish va o ‘zi kabilarni aks ettirish bilan 
m ashg‘ul. Uni nafaqat o ‘simIiklarda, balki hayvonlarda ham topish 
mumkin, garchi bunda u s o f ko‘rinishda, jum ladan, o ‘simIiklarda mavjud 
b o ‘lsa ham. Ushbu funksiyalar hayotni q o ‘llab-quvvatlash uchun muhim 
b o ‘lib, barcha jonli m avjudotlarda uchrasa-da, biroq o ‘sim liklarda faqat 
ushbu funksiyalargina mavjud; ularning ruhi (joni) bundan yuqori 
faollikni bilmaydi. O 'sim liklarga his qilishning keragi y o ‘q, binobarin 
ular harakatlanm aydi va m utlaqo avtom atik ravishda tuproqdan ozuqa 
m odda-larini tortib oladilar. Bu narsa harakatlanm aydigan hayvonlarga 
ham taalluqlidir. H arakatlana oladigan hayvonlar esa, his qila olishi 
zarur, zotan ularning ozuqa izlashi behuda b o ‘lgan b o ‘lar edi; agar ular 
bu holida ozuqa topganlarida ham, uni o ‘zlari uchun ozuqa ekanligini 
aniqlay olmagan b o ‘lardi!ar.
179


H ayvonlar birm uncha yuqori shakldagi ruhga — his qiluvchi ruhga
y a ’ni hissiy qabul qilish, intilish va m akonga oid harakatlanish kabi 
uchta qobiliyatga ega.
Aristotel hayotni qo‘llab-quvvatlash uchun oziqlanish zarurligi 
to ‘g ‘risida so ‘z yuritar ekan, hayvon o ‘z yem ishini farqlay olishi uchun, 
hech b o ‘lm aganida unga tekkan paytida uni paypaslab sezish zarurati 
ham m uhim ekanligini va bu hayvonga yordam berishini e ’tiro f etadi. 
Hayvonni o ‘ziga chorlovchi yem ishning ta ’mi ham hayoti uchun 
nihoyatda muhim. Hayvon m anfaati uchun boshqa, u qadar muhim
boMmagan sezgilarham mavjud.
Keyingi pog‘onada inson ruhi joylashgan. Bu ruh o ‘zida quyi 
bosqichdagi ruhlar - o ‘simliklar, hayvonlar ruhi funksiyasini bajaradi, 
biroq — aql, fikrlash qobiliyati kabi boshqalarda m avjud b o ‘lm agan yana 
bir qobiliyatga ham ega. A ql ilmiy fikrlash k o ‘rinishida amaliy fikrlash 
k o ‘rinishidagi kabi ikki usulda faollikni nam oyon qiladi. Birinchisining 
obyekti haqiqat, o ‘zi uchun haqiqat sanaladi; ikkinchisining obyekti ham 
haqiqat, biroq o ‘zi uchun bo‘Imagan, balki amaliy maqsadlarga erishish 
va oqilona xatti-harakatlam i am alga oshirish kabi haqiqat sanaladi. 
Ruhning fikrlashdan b o ‘lak boshqa barcha qobiliyatlari tanadan ajralmas 
va o‘tkinchidir; aql esa tu g ‘ilishdan avval ham m avjud b o ‘lgan va 
o ‘lmasdir. Biroq tanadan m akon topgan aql, ruhning o ‘z izlarini 
qoldirishi kerakligi imkoniyati tam oyiliga rioya qilishni talab qiladi.
Aristotel aqlni - serg‘ayrat aql va bardosh beruvchi aql kabi ikki xil 
k o ‘rinishga ajratadi. Serg‘ayrat aql bardosh beruvchi aqlni tushunchaga 
aylantiruvchi obrazlar yoki fantaziyalardan shakllarni tortib oladi 
(A ristotelning fikricha, fikrlashning barcha ko ‘rinishlari tasavvurga 
tayanadi). Faqat serg‘ayrat aql o ‘lmasdir. Va bu aql alohida va hech 
narsaga yuz tutm aydi, o"z m ohiyatiga k o ‘ra faoliyatli b o ‘la turib, u hech 
garsa bilan aralashmagan.
Aristotel jo n to ‘g ‘risida ilgari surgan m uhim g ‘oyalari, bildirgan 
jiddiy m ulohazalari bilan psixologiyaning shakllanishiga salmoqli hissa 
qo ‘shdi, desak b o ‘ladi. Uning ilgari surgan muhim g ‘oyalaridan biriga 
muvofiq, yuqorida qayd etganim izdek, aqldan boshqa barcha narsalar 
(quyi p o g ‘onadagilar), y a ’ni jonning “o ‘sim lik” va “hayvon”ga tegishli 
qism lari tana singari halok b o ‘ladi. M azkur qarash jonning abadiyligi 
haqidagi an’anaviy ta'lim otlardan biroz farq qiladi. K eyinchalik 
sxolastikada A ristotelning jo n haqidagi ta ’lim otiga xos b o ‘lgan 
noaniqlik, yetishm ovchilik, xususan uning jonning faol qismi b o ‘lgan aql
180


mohiyati to ‘g ‘risidagi fikr-mulohazalarini qanday tushunish kerak, degan 
savol atrofida qizg‘in bahslar bo‘ldi.
A ristotelning idrok haqidagi qarashlari ham xuddi shunday bahs- 
munozaralarga sabab bo‘ldi. Idrok, uning fikricha, idrok etiladigan 
predmet xossa bilan idrok etadigan a ’zo xossasi o ‘rtasida tafovut paydo 
b o ‘lganda yuzaga keladi. M asalan, agar predm et ham, organ ham bir xil 
haroratga ega bo ‘lsa, idrok yuzaga chiqm asligi mumkin. Aristotel idrok 
predm etining obyektivligi va mustaqilligini ta ’kidlagani holda uning 
mavjudligining passiv xarakterga egaligini inkor etadi. Idrok etiladigan 
predm et xuddi idrokinrizga qarab harakatlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadi. 
Aristotel fikriga ko‘ra, eng qisqa m asofada turgan predmet teri sezgisi 
orqali idrok etiladi. Uzoqroq m asofada joylashgan predm etlar esa 
insondan fazoviy m uhit orqali ajralgan. M asalan, tovush eshitish 
a ’zosiga yetib kelguncha, shu muhit orqali o‘tadi; ana shuning uchun 
ham tovush bu a ’zoga shu tovushni keltirib chiqargan zardobdan keyin 
yetib keladi. Bundan tashqari, bu tovush muhit bilan aralashib ketadi; 
agar m asofa ju d a uzoq b o ‘lsa, uni ajratish qiyin bo'ladi. O 'z tabiatiga 
ko ‘ra hissiy idrok - jism emas, u muhit orqali sodir bo'ladigan 
harakatdan iborat. Idroklar ichida k o ‘rish sezgisi alohida o 'rin tutadi. N ur 
alohida tabiatga ega borliqdir. Uning harakati, keltirib chiqargan 
o ‘zgarishlari darrov idrok etiladi.
Xotira, eslash avval mavjud b o ‘!gan tasavvurlarni qayta tiklashdan 
iborat. Uni idrok etilgan predm etlar bilan bir tartibda bo‘lgan o'xshash 
predmetlarni idrok etish vujudga keltiradi188.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish