A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

EMPEDOKL FALSAFASI
Empedokl A kragasda yoki Sitsiliya orolidagi A grigentda yashab 
o ‘tgan. Uning tavallud topgan kuni va sanasini hech kim aniq bilmaydi, 
biroq m a’lumki, Em pedokl eram izdan avvalgi 443-444-yillarda Furiya 
shahriga asos solinganidan so ‘ng u yerga tash rif buyurgan. Em pedokl -
“ Buyuk grek” fizikasining vakili, pifagorchi Filolay va Eleychi Zenon 
zam ondoshi. Em pedokl pifagorchilar m ashg‘ulotlariga qatnashgan (a ’zo
127 Copleston F. History o f philosophy. V o l.l. - N e w Y ork-L ondon-T oronto-Sydney-
A u d d a n d , 2003. P .5 4 -6 1 .
109


sifatida emas), biroq eshitgan narsalarini tarqatgani uchun, uning 
m ashg‘ulotlarga qatnashishini taqiqlaydigan qonun qabul qilishgan. 
Empedokl m ag'rur bo‘lgan, maqtovni suygan, o ‘zini xudo deb his 
qilgan. X udolar uni Olim pda tiriklayin q o ‘lga olgan deb o ‘ylasin deb, 
o ‘limi yaqinlashgan paytda Etna krateriga o ‘zini tashlagan, biroq vulqon 
uning bir oyoq kiyimini chetga irg ‘ itib yuborgan va shu tariqa Em pedokl 
o ‘ylagan narsa yuzaga oshm agan. U tu g ‘ilgan shahridagi siyosiy hayotda 
ishtirok etgan va ehtimol dem okratik partiyaning yetakchisi ham b o ‘lgan.
Em pedokl ikkitaa falsafiy poema: “Tabiat haqida” v a “Tozalanish” 
asarlari muallifi. U Parm enid kabi boshqa faylasuflarga zid ravishda o ‘z 
g ‘oyalarini sh e’riy shaklda bayon qiladi. B izga qadar uning asarlarining 
lavhalari ozm i-ko‘pmi yetib kelgan.
Em pedokl o ‘z tizimini yaratm agan boTsa-da, u o ‘z o ‘tm ishdoshlari 
g ‘oya-larini yaxlit, bir butun qilib birlashtirib qo‘yishga urindi. U 
Parm enidning borliq m avjud va u moddiy, borliq hech qayerdan paydo 
b o ‘lmaydi va hech qayerga y o ‘qolmaydi, y a ’ni u y o ‘qlikdan paydo 
boTishi mum kin emas va yana y o ‘qlikka keta olmaydi, degan g ‘oyasini 
qabul qilgan. Zero, modda ibtidoga ham, intihoga ham ega emas, uni 
y o ‘qotib b o ‘lmaydi. “Kimki avval y o ‘q b o ‘lgan narsani keyin yuzaga 
keladi, yoki o ‘lishi va batamom yakson b o ‘lishi kerak, deb hisoblaydigan 
b o ‘lsa, ular axm oqlar yoki ular o ‘z tum shuqlari ostidagidan boshqasini 
k o ‘rm aydilar. Yoxud y o ‘q narsadan nim adir paydo bo‘lishi mumkin 
emas va m um kin bo‘lmagan va eshitilm agan narsadan nim adir paydo 
b o ‘lishi uchun, m avjud b o ‘lgan, o ‘lgan, y a ’ni u qayerga q o ‘yilmasin, 
ham isha b o ‘lgan”. V a yana: “Va barcha narsada bo ‘sh narsaning ham, va 
nihoyatda toT a narsaning ham o ‘zi y o 'q ”, “B archa narsada hech qanday 
b o ‘sh narsaning o ‘zi y o ‘q. U holda ular qaydan paydo b o ‘lgan b o ‘lar 
edi?” 128.
Empedokl dunyoning boshlang‘ich asosi sifatida to 'rtta tabiiy 
stixiya: yer, suv, olov, havoni qabul qiladi, barchasini bir biriga teng deb 
biladi, ulami bir biriga aylanmaydi, deb hisoblaydi. M ifologiya ta ’sirida 
ularning ildizini 4 ta xudo: Zevs, Gera, Aid, N estis bilan bo g‘laydi. 
Olam dagi barcha narsalar - ana shu 4 ta ildizni turli ulushda q o ‘shilishi 
natijasi. M asalan, suyak suvning ikki qismidan, yerning ikki qism idan va 
olovning to ‘rt qism idan tashkil topgan.
Em pedokl Parm enidning borliqning o ‘zgarmasligi to ‘g ‘risidagi 
tam oyilini o ‘zicha talqin qilar ekan, m ateriyaning bir shakli boshqasiga
128 C opleston F. H istory o f philosophy. V o l.l. —N ew Y ork-I.ondon-T oronto-S ydney-
A uckland, 2003. P.61.
110


aylana olmaydi, biroq tuproq, havo, olov va suv kabi m ateriyaning yoki 
elem entlarning fundam ental va abadiy shakllari m avjud, deydi. Tuproq 
suvga aylana olm aydi, suv esa tuproqqa: materiyadagi to ‘rt unsur 
o ‘zgarmaydi. 
ular 
boshlang‘ich 
zarrachalar 
sanaladi. 
Ulam i 
uyg‘unlashishi orqali bu olamdagi turli obyektlar hosil boTadi. Shunday 
ekan, obyektlar unsurlam ing uyg‘unlashuvi orqali yuzaga keladi, ajralib 
ketishi hisobiga esa y o ‘qolib ketadi; biroq unsurlam ing o ‘zi esa hech 
qayerdan hosil b o ‘lmaydi va hech qayerga y o ‘qolib ketm aydi va abadiy 
o'zgarm ay qoladi. Em pedokl shu tariqa birm uncha boshlang‘ich moddiy 
zarralam ing m avjud-ligini tan olish uchun, o ‘zgarishlam ing tabiiy 
mavjudligi 
daliliga tayanib, Parm enidning m oddiyunchilik nuqtai 
nazarini m urosaga kelurish mumkin deb hisoblaydi.
Ioniya falsafani an'analarini italiya falsafasi yutuqlari bilan q o ‘shgan 
Em pedokl olam ning o‘zgarishi va o ‘zgarm asligi to ‘g ‘risida bir xil 
gapirgan: olam o ‘z ildizlariga k o ‘ra “vaqt aylanasi” chegarasida 
o ‘zgamias, biroq narsalar darajasida va “vaqt aylanasi” ichchida 
o ‘zgaruvchan. Em pedokl eleychilam ing borliqning saqlanishi qonunini 
e ’tiro f etadi.
M uhabbat va nafrat kurashi, Em pedokl fikricha, borliqdagi 
o ‘zgarishlam ing asosiy sababidir. B oshlang‘ich elem entlar, y a ’ni, 
“narsalar ildizlari”, hatto, ular orasidagi olov ham passiv. Dunyodagi 
barcha jarayonlar ikkita o ‘zaro bir-birini istisno qiluvchi m hiy asoslar 
kurashi natijasida m avjud. Birinchisi F iliy a — m uhabbat (boshqa nomlari 
Garm oniya, Quvonch, Afrodit), ikkinchisi - N eykos-nafrat yoki qahr- 
g ‘azab. M uhabbat - birlik va ezgulikning kosm ik sababi. N afrat — 
k o ‘plik va yom onlikning sababi. M uhabbat turli jinslilarni birlashtiradi, 
bir jinslilam i ajratadi.
Em pedoklning ta ’kidlashicha, filil va neykos o ‘zaro kurashlarida 
navbat bilan goh unisi, goh bunisit g ‘olib chiqadi, oxir-oqibatda bu 
kurash m uhabbatning g ‘alabasi va nafratning olamdan tashqariga 
chiqarib yuborilishi bilan yakunlanadi. Bu holatda barcha 4 ta stixiya 
tekis bir xil qatnashadi. Xususan, uchinchi fazada nafrat g ‘alaba 
qozonadi, u bilan hech narsa raqobatlasha olmaydi. 1 va 3 fazalar 
akosm ik (y a’ni, nokosm ik) holatdir. Ikkinchi faza (m uhabbat va 
nafratning m uvozanatda b o ‘lishi) va to ‘rtinchi faza (nafrat va m uhabbat 
m uvozanati) kosm ik holatlaridan iborat. M azkur m uvozanatlar tu rg ‘un 
emas, dinam ik holatda. Ular umumiy y o ‘nalishga ega: birlik va 
egilishdan, k o ‘plik va yovuzlikka (ikkinchi faza) ham da ko‘plik va 
yovuzlikdan birlik va ezgulikka (to ‘rtinchi faza) qarab harakatlanadi.
i l l


Insoniyat to ‘rtinchi fazada yashaydi. T o ‘rtta faza uyirmali harakat 
davom ida muntazam ravishda alm ashib turadi, bu “taqdir irodasi” 
bo ‘yicha am alga oshm aydi. Ana shu sikl b o ‘yicha Kosmos mangu 
takrorlanib turadi129. Biroq Empedokl m azkur tashkillashuv butun 
m avjudotga xosmi yoki Kosmos m ateriyaning abadiy xaotik (tartibsiz) 
holatidan iboratmi, degan savolga aniq javob bermaydi.
Em pedoklning Kosm ik siklning to ‘rt fazasini ajratgan holda borliq 
v a uning sferalarining shakllanishi to ‘g ‘risidagi mulohazalari ham 
e ’tiborga loyiqdir. Uni F.K oplston quyidagicha tushuntiradi. Em pedokl 
fikricha, biz yashayotgan bu olam davr (sikl)ning boshlanishi va 
unsurlam ing to ‘la ajralish bosqichi 
oralig‘idagi o ‘rta bosqichda 
joylashgan: N afrat asta-sekin m uhitga kirib boradi va M uhabbatni surib 
chiqaradi. B orliqda Yer kurrasi shakllana boshlagach, birinchi havo, 
so‘ng olov va undan keyin quruqlik ajralib chiqqan. Suv olam ning 
aylanishida yuzaga kelgan m arkazdan qochirm a kuch bilan chiqarib 
tashlanadi. Dastlabki sfera (davriy jarayondagi 
dastlabki,
mutlaq 
m a’noda em as) Em pedokl tom onidan bir nechta g ‘ayri-oddiy iboralar 
orqali tavsiflanadi. “Bu yerda (ya’ni, sferada) n a quyoshning tezkor 
a ’zolari, na o ‘z qudrati bilan to ‘zg‘igan yer, na dengiz ajratilm aydi, ular 
xudo tom onidan shu qadar m ustahkam bog'langanki. o‘zining doira 
b o ‘ylab yagonaligiga quvongan holda, o ‘z ortidagi sferik va doira
130
u yg‘unligini m ustahkam to ‘shaydi” 
.
Empedokl jonning k o ‘chishi to ‘g ‘risidagi Pifagor ta ’limotini qabul 
qiladi va tirik tabiat birlikda, chunki har bir narsada aqllilik va fikrlash 
elementi bor, deydi. Uningcha, fikrlashning moddiy asosi - qon bo‘lib, 
unda to ‘rt elem ent turli m iqdorda qo ‘shilgan. Empedokl kundalik bilish 
v a dunyoqarashni farq qiladi. Dunyoqarash predmeti yaxlitlik b o ‘lib, uni 
k o ‘z bilan k o ‘rib b o ‘lmaydi, quloq bilan eshitib, tushunib b o ‘lmaydi, aql 
bilan qam rab olib boMmaydi.
Em pedokl biologiya m asalalari bilan ham shug‘ullangan. Xususan, u 
organik m aqsadga m uvofiqlikni tushuntirishga uringan. Empedokl butun 
tirik organizm larning kelib chiqishi bilan emas, balki qismlari, 
a ’zolarining kelib chiqishi bilan qiziqqan. Tabiat haqidagi poemasida 
yozadi: k o ‘p boshlar “o ‘sib chiqqan, ulam ing yelkasi b o ‘lmagan, q o ‘llar

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish